O’zbekiston aloqa va axbototlashtirish agentligi toshkent axbotot texnologiyalari universiteti



Yüklə 299,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/11
tarix10.05.2023
ölçüsü299,87 Kb.
#110739
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1. Markaziy soliqlar: aholidan olinadigan daromad solig’i, korporatsiyalardan olinadigan
daromad solig’i (korporatsiya solig’i), neftdan olinadigan daromadga soliq, merosdan
olinadigan soliq va egri soliqlar (QQS, aktsizlar, bojlar va gerb yig’imlari);
2. Mahalliy soliqlar ( mulk soliqlari).
Soliqlar Angliya davlat byudjeti daromadlar qismini shakllantirishda asosiy rolni (qariyib
90% atrofida) o’ynaydi. 
Domitsiliy – doimiy yashash joyi joylashgan mamlakatda turadigan shaxsdir. Domitsiliy
tushunchasi fuqorolik va rezidentlik tushunchalaridan farq qiladi. Shaxs bir mamlakatdan
ko’proq joyda rezident bo’lishi mumkin, lekin aniq vaqt davomida faqat bitta davlatning
domitsiliysi bo’lishi mumkin. Buyuk Britaniyada yollanib ishlayotgan chet ellik shaxslar
(rezident yoki norezident) bu mamlakatning domitsiylisi deb qaralmaydi va bir qancha
imtiyozlarga egalik xuquqi mavjud bo’ladi. Buyuk Britaniyadan chetda domitsiliy bo’lgan va 
xorijiy ish beruvchilarda yollanib ishlaydigan shaxs bu mamlakatda ko’rsatilgan ish
beruvchilardan olingan daramadlarining 50% qismidan soliq to’laydilar. Agar bu shaxs yilning
9/10 qismida Buyuk Britaniyada rezident bo’lsa, uning 75% daromadi soliqqa tortiladi. Boshqa
chet eldagi manbalardan keladigan daromadlarning faqat Buyuk Britaniyaga o’tkazib
kelinadigan qismi soliqqa tortiladi.
JISMONIY SHAXSLARNI SOLIQQA TORTISH 
 
Jismoniy shaxslar daromad solig’i jami daromad bo’yicha emas, balki alohida qismlar -
shedullar bo’yicha undiriladi. Soliqqa tortish 6 xil shedul bo’yicha amalga oshiriladi:
- A shedul bo’yicha er, binolar va h.k lardan olinadigan daromadlar soliqqa tortiladi;
- V shedul bo’yicha tijorat maqsadlarida foydalanadigan o’rmon massivlaridan olinadigan
daromadlar agar ular D shedul bo’yicha soliqqa tortilmasa;
- S shedul bo’yicha Buyuk Britaniyada chiqariladigan hukumat qimmatli qog’ozlari va 
Buyuk Britaniyada foizlar to’lanadigan xorijiy hukumatning qimmatli qog’ozlari bo’yicha
daromadlar soliqqa tortiladi;
- D shedul bo’yicha ishlab chiqarish tijorat faoliyatida olinadigan foyda (savdoda,
sanoatda, qishloq xo’jaligida, transportda), erkin kasb egalarining daromadlari, S shedul
bo’yicha soliqqa tortilmaydigan qimmatli qog’ozlardan daromadlar, qarzlar bo’yicha foizlar
ko’rinishida olingan, xorijda olingan va Buyuk Britaniyaga olib kelingan daromadlar soliqqa
tortiladi.; 

Yüklə 299,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin