13
MAHALLIY SOLIQLAR
Buyuk Britaniyada mahalliy byudjetlar daromadlariga soliq tushumining manbai bo’lib,
ko’chmas mulklar, er, uy-joy,
magazinlar, tashkilotlar, zavodlar va fabrikalardan
undiriladigan
soliq hisoblanadi. Qishloq xo’jaligi erlari va undagi qurilishlar,
imoratlar, (uy-joylardan
tashqari), cherkovlar soliqqa tortilmaydi. Soliq bazasi bo’lib mulkning yillik sof qiymati
hisoblanadi. Mol-mulklar qiymati muntazam qayta baholab boriladi.
Angliya va Uelsda mulkning soliqqa tortiladigan qiymati
ochiq bozordagi ijara
qiymatiga teng bo’lib, ijara shartlariga ijarachi barcha harajatlarini,
shu jumladan, ta’mirlash,
texnik-xizmat ko’rsatish va sug’urta qilish harajatlarini o’z zimmasiga olishi kiritiladi.
Soliqqa tortish maqsadlarida mol-mulkni baholashni ichki daromadlar Boshqarmasi
qoshidagi maxsus baholash komissiyasi amalga oshiradi. Asosiy soliq to’lovchilar ijarachilar va
kvartiralarni ijaraga oluvchi hisoblanadi.
Soliq stavkasi mulkning funt sterlinglardagi qiymatidan foiz ko’rinishida o’rnatilgan. M:
1 f.st.dan 120
pens stavkada, 500 f.st.lik mulk egasi yiliga 600 f.st.soliqni mahalliy hokimiyat
orgarlariga o’tkazib berishi kerak bo’ladi. Soliqlar yarim yilda, chorakda bir marta yoki 10
marta
teng bo’laklarda to’lanadi.
Sanoat binolari va imoratlaridan undiriladigan soliqlar ulushi (tijorat maqsadlarida
foydalanadigan) 60 foizni qolgan 40 foizi uy-joylardan undiriladigan
soliqlar ulushini tashkil
etadi.
Mahalliy soliqqa tortishda kam mulkka ega bo’lganlar uchun bir qancha imtiyozlar
ko’zda tutilgan (soliq chegirmalari, stavkani 50% kamaytirish). Imtiyozlardan
xayriya
tashkilotlari ham foydalanadilar.
Dostları ilə paylaş: