O’zbekiston aloqa va axbototlashtirish agentligi toshkent axbotot texnologiyalari universiteti



Yüklə 299,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/11
tarix10.05.2023
ölçüsü299,87 Kb.
#110739
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
KOMPANIYALARNI SOLIQQA TORTISH 
Korporatsiya solig’i, ya’ni kompaniyalarning daromad solig’i Buyuk Britaniyada 1965 
yilda joriy qilingan. 1965 yilgacha ular jismoniy shaxslar bilan teng soliqqa tortilgan va bunga 
qo’shimcha 15% li foyda solig’ini to’laganlar.
Buyuk Britaniyada 1965 yildan 1973 yilgacha amal qilgan korporatsiya solig’ining 
klassik tizimi o’rniga imputatsion tizimi deb ataladigan (imputation system) korporatsiya 
solig’ini undirish tizimi vujudga keldi.
Korporatsiya solig’i rezident kompaniyalarning butun soliq yili davomida olgan 
foydalariga qo’llaniladi. Angliya soliq qonunchiligi “kompaniya” tushunchasiga quyidagilarni 
kiritadi: korporativ organlar, korporativ assotsiatsiyalar (o’rtoqliklardan tashqari).
Korporativ organ, agar uning faoliyati shu mamlakatda amalga oshirilsa va nazorat 
qilinsa, ya’ni shu erda kompaniyaning bosh ofisi joylashgan bo’lsa, rezident kompaniya 
hisoblanadi.
Korporatsiya solig’i kompaniyalar daromadidan barcha ruhsat etilgan chegirmalarni 
ayirib tashlangandan so’ng undiriladi. Soliq stavkasi davlat byudjeti bilan birgalikda har yili
tasdiqlanadi va kelgusi moliya yili daromadlariga qo’llaniladi. Hozirgi vaqtda 33% va 24%
(kichik biznes uchun) stavkalari amal qilmoqda. Korporatsiya solig’iga tortish 12 oydan
oshmaydigan hisobot davridan kelib chiqib amalga oshiriladi. Agar hisobot davri 2 moliya yiliga
to’g’ri kelsa, kompaniya daromadlari 2 qismga bo’linadi va har biriga mos moliya yilidagi soliq
stavkasi qo’llaniladi. Odatda soliq hisobot davri tugagandan keyin 9 oy o’tgandan so’ng 
to’lanadi.
Imputatsion tizimga muvofiq, kompaniya olgan barcha foyda summasidan korporatsiya
solig’ini to’laydi. Agar bu foyda aktsionerlar o’rtasida taqsimlansa, u holda kompaniya
tomonidan to’langan soliqning unga mos qismi aktsionerlardan daromad solig’ini undirishda 
hisobga olinadi.
Imputatsion tizim 5 asosiy xususiyat bilan harakterlanadi:
* Kompaniya (korporatsiya) solig’ini o’zining hamma foydasi (taqsimlangan va 
taqsimlanmagan)
dan so’ng yagona stavkada to’laydi:
* Dividendlar bo’yicha daromad solig’i manbada undirilmaydi.
* Agar kompaniya dividend to’lasa, u holda u korporatsiya solig’i hisobiga oldindan
to’lovni amalga oshirishi, ya’ni aktsiyadorlar o’rtasida taqsimlanadigan foyda summasiga
hisoblangan korporatsiya solig’i bo’yicha bo’nak to’lovlarini to’lashi kerak.
* Buyuk Britaniyada dividend oluvchi rezidentlarga daromad solig’ini to’lashda bo’nak
to’lov summasiga chegirma qilishga ruhsat etiladi. Chegirma stavkasi shaxsiy daromad 
solig’ining
asosiy stavkasiga bog’liq.
* Hisobot davri tugaganda kompaniya tomonidan korporatsiya solig’i bo’yicha to’langan
bo’nak to’lovlari korporatsiya solig’i hisobiga, majburiyatlardan chegirib tashlanadi. 
Norezident korporatsiyalar, agar ular o’z filiallari yoki bo’limlari orqali Buyuk
Britaniyada savdo-sotiqni amalga oshirsa, korporatsiya solig’iga tortiladilar. Bunda “savdo- 
sotiq qilish” tushunchasini aniqlashda tovarning oldi-sotdi qilinishi etarli emas, balki ingliz
is’temolchilariga ko’rsatish yoki sotish bo’yicha shartnomalar tuziladigan joy muhim omil
hisoblanadi.



Norezident kompaniyalar (Buyuk Britaniyada o’z bo’limlari orqali savdo-sotiq bilan
shug’ullanadigan) quyidagilar bo’yicha korporatsiya solig’iga tortiladi:

Yüklə 299,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin