1. Shaxsiy daromad solig’iga tortish tizimini takomillashtirish (rejalashtirilgan chora-
tadbirlar 1987 yilda tugallangan);
2. Korporatsiyalarni daromad solig’iga tortish sohasidagi o’zgarishlar (1987-88 yillar
mo’ljallangan chora-tadbirlarni tugallash uchun o’tish davri sifatida belgilandi).
Soliq islohotlari tizimida asosiy voqea moliya ministri N.Louson tomonidan 1988 yil
martda parlament muhokamasiga qo’yilgan 1988-89 moliya yili uchun to’zilgan davlat byudjeti
bo’ldi. Moliya ministri fikricha, bu byudjet loyihasi soliq islohotlarining qat’iy dasturini o’zida
aks ettiradi. N. Louson mamlakatda dunyodagi eng sodda soliq tizimini yaratishni va’da qildi.
Buyuk Britaniya soliq tizimida amalga oshirilgan islohotlarning asosiy tadbirlari quyidagilardan iborat bo’ldi: shaxsiy daromad solig’ining eng past stavkasini 27% dan 20%ga pasaytirish;
aholi daromadlarini ko’p tabaqalarga bo’lish va ularga qo’llaniladigan progressiv stavkalarni
bekor qilish, ilgari amal qilgan shkalalar o’rniga daromad solig’ining faqat 3 stavkasi
qoldirish: 20, 24 va 40%;
er-xotin daromadlarini alohida soliqqa tortishni joriy qilish;
shaxsiy soliq stavkalarini sezilarli oshirish, shu bilan birgalikda soliq tizimini
soddalashtirish. (Bu hali uning eng adolatli bo’lishini bildirmaydi).
Ingliz iqtisodchilarining baholashlaricha, soliq islohotlari natijasida o’rta hol britaniyalik
soliq to’lovchi daromadining soliqlar va ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar ko’rinishidagi to’laydigan
ulushi deyarli o’zgarmaydi, ayni paytda o’rtacha daromadga ega bo’lgan ishchi uchun o’rtacha
soliq stavkasi 14% dan 16% ga o’sdi. Shu bilan birga daromadlari o’rtacha darajadan 5 marta
ko’p bo’lgan shaxslar uchun o’rtacha soliq stavkalari 52% dan 35% gacha tushdi. Natijada
yuqori ish haqi oladigan Britaniyaliklar rivojlangan davlatlar aholisi orasida eng kam soliq
to’laydigan, kam ish haqi oladiganlari esa aksincha eng ko’p soliq to’laydigan bo’ldilar.
Shunday qilib, o’rtacha ish haqiga ega bo’lgan, oilali va ikki bolasi bo’lgan shaxs o’z ish
haqining 34 % ini soliqlar ko’rinishida (ijtimoiy sug’urta ajratmalarini o’z ichiga olgan
holda) to’laydi, bu ko’rsatkich AQSh da 26% ni tashkil etadi.
5
Buyuk Britaniyaning zamonaviy soliq tizimi quyidagilarni o’z ichiga oladi: