4
BUYUK BRITANIYA SOLIQ TIZIMI VA UNING O’ZIGA XOS
XUSUSIYATLARI
Buyuk Britaniya soliq tizimi o’tgan asrda shakllandi, shunday bo’lsada daromadlarni
soliqqa tortishning o’sha davrdagi xususiyatlari bugungi kun uchun ham xarakterlidir. 1973
yildagi soliq islohoti Buyuk Britaniya soliq tizimi strukturasiga sezilarli o’zgarishlar kiritdi va
uni umumiy bozor mamlakatlari soliq tizimlariga ancha yaqinlashtirdi.
Hozirgi vaqtda davlat
soliq tizimida barcha rivojlangan davlatlarga xos bo’lgan muammolar natijasi o’laroq muhim
o’zgarishlar ro’y bermoqda. Soliq sohasidagi chora-tadbirlar leyboristlarning ham
konservatorlarning ham moliya-iqtisodiy siyosatida katta o’ringa ega. Keyingi o’n yillikda
ko’plab soliq islohotlari o’tkazildi, shu jumladan, daromad solig’i
stavkalarining bosqichma-
bosqich tushirilishi (aholi uchun 30% dan 20% ga, korporatsiyalar uchun 52 % dan 33 % ga),
aholi turli qatlamlari uchun soliq imtiyozlari berish shartlarining o’zgartirilishi amalga oshirildi,
ba’zi turdagi soliqlar bekor qilindi, yangi soliqlar joriy qilindi.
Umuman, soliq qonunchiligidagi islohotlar soliq tizimining murakkab to’zilmasi,
uning
asosiy tamoyillarini takomillashtirish, aholi va korporatsiyalarni to’g’ri soliqqa tortish sohasida
soliq bazasini kamaytirish bilan bog’liq muammolarni hal qilish maqsadida amalga oshirildi.
Mamlakatning soliq islohotlarida ikki asosiy yo’nalishni ajratib ko’rsatish mumkin:
Dostları ilə paylaş: