O’zbekiston aloqa va axbototlashtirish agentligi toshkent axbotot texnologiyalari universiteti



Yüklə 299,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/11
tarix10.05.2023
ölçüsü299,87 Kb.
#110739
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


13 
MAHALLIY SOLIQLAR 
Buyuk Britaniyada mahalliy byudjetlar daromadlariga soliq tushumining manbai bo’lib,
ko’chmas mulklar, er, uy-joy, magazinlar, tashkilotlar, zavodlar va fabrikalardan undiriladigan 
soliq hisoblanadi. Qishloq xo’jaligi erlari va undagi qurilishlar, imoratlar, (uy-joylardan 
tashqari), cherkovlar soliqqa tortilmaydi. Soliq bazasi bo’lib mulkning yillik sof qiymati 
hisoblanadi. Mol-mulklar qiymati muntazam qayta baholab boriladi. 
Angliya va Uelsda mulkning soliqqa tortiladigan qiymati ochiq bozordagi ijara
qiymatiga teng bo’lib, ijara shartlariga ijarachi barcha harajatlarini, shu jumladan, ta’mirlash,
texnik-xizmat ko’rsatish va sug’urta qilish harajatlarini o’z zimmasiga olishi kiritiladi.
Soliqqa tortish maqsadlarida mol-mulkni baholashni ichki daromadlar Boshqarmasi
qoshidagi maxsus baholash komissiyasi amalga oshiradi. Asosiy soliq to’lovchilar ijarachilar va 
kvartiralarni ijaraga oluvchi hisoblanadi.
Soliq stavkasi mulkning funt sterlinglardagi qiymatidan foiz ko’rinishida o’rnatilgan. M:
1 f.st.dan 120 pens stavkada, 500 f.st.lik mulk egasi yiliga 600 f.st.soliqni mahalliy hokimiyat
orgarlariga o’tkazib berishi kerak bo’ladi. Soliqlar yarim yilda, chorakda bir marta yoki 10 marta
teng bo’laklarda to’lanadi.
Sanoat binolari va imoratlaridan undiriladigan soliqlar ulushi (tijorat maqsadlarida
foydalanadigan) 60 foizni qolgan 40 foizi uy-joylardan undiriladigan soliqlar ulushini tashkil
etadi.
Mahalliy soliqqa tortishda kam mulkka ega bo’lganlar uchun bir qancha imtiyozlar 
ko’zda tutilgan (soliq chegirmalari, stavkani 50% kamaytirish). Imtiyozlardan xayriya 
tashkilotlari ham foydalanadilar. 

Yüklə 299,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin