JISMONIY TARBIYA VA SPORT REKLAMA DASTURINI ISHLAB CHIQISH
Reklama strategiyasining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardir: 1) mo’ljaldagi
auditoriya: 2) reklama predmeti, tovar konsepsiyasi; 3) reklama kommunikatsiyasi
kanallarini ishlab chiqish; 4) reklama murojaati.
Mo’ljaldagi auditoriya reklama kommunikatsiyasi adresatini tashkil etadi.
Reklama strategiyasini shakllantirishda boshqaruvchi reklama predmeti haqida
aniq tasavvurga ega bo’lishi bilan birga uning konsepsiyasini ham ishlab chiqishi
kerak. Reklama qilinayotgan tovar konsepsiyasi ushbu holatda reklama tovarni
mo’ljaldagi auditoriyaga qay tarzda taqdim etishining sodda bayonidan iborat
bo’ladi. Bu reklama strategiyasining boshqa barcha elementlarga katta ta’sir
ko’rsatadigan eng murakkab elementlaridan biridir. Sodda bayon ko’pgina
savollarga javob topishni talab qiladi: *tovar bozorda qanday joylashtiriladi?
Uning muayyan xos bozorga aloqadorligi va asosiy raqobatchilardan ajratib
turadigan asosiy belgilari qanday? Uning marketing kompleksidagi o’rni qanday?
Tovar yashovchanlik davrining qaysi bosqichida? U qaysi tovarlar guruhiga
mansub? Qadoqlanishi, sifati, markasi/tamg’asi qanday?
Reklama faoliyatini tashkil etish. «Tashkil etish» degan boshqaruv kategoriyasi
yetarlicha keng va ko’pma’noli tushunchadir. Agar u boshqaruv vazifasi nuqtai
nazaridan ko’rib chiqilsa, ikki asosiy yondashuvni farqlash mumkin. Birinchi
yondashuv ancha tor bo’lib, u tashkil etishni «odamlarga birgalikda maqsadlariga
erishish yo’lida samarali mehnat qilish imkoniyatini beradigan korxona
strukturasini yaratish jarayoni» sifatida talqin etadi. Ikkinchi yondashuv tashkil
etishni firma rejalarini amalga oshirishga qaratilgan vazifalar, jarayonlar va turli
tuman strukturalar yig’indisi sifatida ta’riflaydi.
Boshqaruvchilar amalga oshiradigan asosiy tashkiliy vazifalar quyidagilardan
iborat:
1.Xodimlarga rahbarlik.
2.Ishni xodimlar orasida taqsimlash.
3.Mas’uliyatlarni topshirish, ya’ni vazifa va vakolatlarni ularni bajarilishi
uchun javobgarlikni qo’l ostidagi xodimga berish.
4.Ishni muvofiqlashtirish, ya’ni xodimlar, bo’linmalar va tashqi strukturalararo
firma oldidagi vazifalarini to’la bajarish va ichki ziddiyatlarni bartaraf qilish
imkoniyatlarini yaratuvchi samarali munosabatlarni ta’minlash.
5.Byudjetni ishlab chiqish muayyan turdagi faoliyatni amalga oshirish uchun
zarur.
Reklama faoliyatini tashkillashtirishning o’ziga xos xususiyatlari.
Agar uning ishtirokchilari haqida gapiradigan bo’lsak, reklama faoliyati
subyektlarining quyidagi turlarini ko’rsatish mumkin: 1) reklama beruvchilar —
o’zini, o’z tovarlari va xizmatlarini reklama qiluvchi tashkilot va firmalar; 2)
reklama agentliklari – buyurtma bo’yicha maxsus reklama ishlarini bajaruvchi
mustaqil firmalar. Ularning vazifalari: reklama tadqiqotlarini olib borish, reklama
kampaniyalarini ishlab chiqish va o’tkazish, reklama materiallarini tayyorlash va
joylashtirish va boshqalar; 3) reklama murojaatlari uchun ularni xos
auditoriyalarga yetkazish maqsadida o’rin va vaqt ajratib beruvchi ommaviy
axborot vositalari; 4) reklama faoliyatini ta’minlovchi yordamchi ishtirokchilar:
tadqiqot (o’tkazuvchi) kompaniyalari, foto va kinostudiyalar, rassomlar,
bosmaxona hamda reklama beruvchilar va reklama agentliklariga reklama
materiallarini tayyorlashga yordam beradigan barcha ishtirokchilar.
Reklama beruvchining tashkilotchiligi. Xuddi ikkita aynan bir xil firma mavjud
bo’lmagani kabi, hech qachon reklama beruvchi firmalar tomonidan reklama
faoliyatini tashkil qilish masalasiga bir xilda yondoshilmaydi. Ayni paytda barcha
reklama beruvchilar o’z reklama xizmatlari tomonidan quyidagi tashkiliy
vazifalarning bajarilishi ta’minlanmog’i lozim: 1) reklama xizmatini boshqarish va
xodimlarga rahbarlik qilish; 2) firmaning reklama faoliyatini rejalash. 3) faoliyatini
boshqa xizmatlar (ishlab chiqarish, sotish, moliyaviy) bilan muvofiqlashtirish; 4)
faoliyatni tashqi hamkorlar bilan hamda reklamani o’tkazish masalalari bo’yicha
muvofiqlashtirish; 5) yuqori turuvchi rahbariyat va moliya xizmatiga taqdim etish
uchun reklama byudjeti borasida takliflar ishlab chiqish.
Uncha katta bo’lmagan firmada yuqorida bayon qilingan vazifalarni bajarishni
bir kishiga topshirish mumkin. Ba’zi hollarda esa, reklama xizmatiga bir necha yuz
kishi jalb etilishi mumkin.
Reklama xizmatining tashkiliy tuzilishi. Reklama xizmatining tashkiliy tuzilishi
ko’pgina omillarga bog’liq va ularning asosiylari quyidagilar:
1. Firmaning hajmi, zahiralarning mavjudligi, xodimlar orasida mehnat
taqsimotiga bo’lgan zaruriyat darajasi.
2. Firma faoliyat ko’rsatayotgan soha (ishlab chiqarish, sotish, xizmat
ko’rsatish va boshqalar).
3. Xos bozorning alohida xususiyatlari va ishlab chiqarilayotgan tovar tavsifi.
4. Firmaning marketing va marketing strategiyasi kompleksida reklamaning
o’rni va ahamiyati.
5. Firma rahbariyatining reklama faoliyatini amalga oshirishga jalb etishi
darajasi.
Bundan tashqari, reklama xizmati firmadagi marketing xizmatining bir qismi
hisoblanishini unutmaslik kerak. Shu munosabat bilan uning firma tashkilotidagi
o’rni firmaning yuqori rahbariyati tanlagan marketing xizmatini tashkil etish
sxemasi bilan belgilanadi.
Odatda marketingni tashkil etish sxemalarining quyidagi turlari farqlanadi: a)
vazifalar sxemasi; b) tovar sxemasi; v) hududiy sxema; g) bozor (yoki segmentlar)
sxemasi.
Marketing xizmatini tashkil etishda mo’ljaldagi vazifalarini belgilab olish
uning tarkibiy bo’linmalari tomonidan bir turdagi marketing ishlarining bajarilishi
mezon qilib olinadi.
Marketing strukturasini shakllantirishning bunday usuli nisbatan bir turdagi
tovar assortimentiga ega bo’lgan uncha katta bo’lmagan firmalar uchun o’zini
oqlagan.
Vazifalar tizimini tashkil etishning afzalligi uning soddaligi va marketing
xizmati bo’limlari o’rtasidagi vazifalar taqsimotining aniqligidadir.
Ayni paytda, tovar nomenklaturasining ancha kengayishi bilan, bir turga
mansub bo’lmay, har xil tovar assortimentlariga mansub mahsulotlarni ishlab
chiqarishda marketing xizmatini tashkil etish uchun tovar mo’ljalidan foydalanish
maqsadga muvofiq.
Bunday yondashuvda eng muhim tovar markalari ustidan bevosita tovarlar
segmenti bo’yicha boshqaruvchiga bo’ysunuvchi boshqaruvchi biriktiriladi.
Boshqa xizmatlar rahbarlari unga nisbatan maslahat yoki shtab ishlarini
bajaradilar. Ba’zan bu firmadagi ichki nomuvofiqlik va nizolarga olib keladi.
Marketing xizmatining hududiy va bozor mo’ljallari tvar mo’ljali bilan deyarli
bir xil. Oradagi farq shundan iboratki, muayyan jug’rofiy bozorlarning
boshqaruvchilari va muayyan segmentlarni boshqaruvchilar bevosita mol sotish
reklama
xizmati
boshqaruvchisiga
bo’ysunadilar.
Reklama
xizmati
boshqaruvchisining roli uning tovarni tashkil qilishdagi roli bilan aynan bir xil.
Yuqorida aytilgan fikrlardan reklama faoliyatini tashkil etishni moliyalashning
nechog’lik muhim ekanligi ma’lum bo’ladi.
1. «Tashkil etish» degan boshqaruv atamasining ikki asosiy talqini mavjud: 1)
firma rejalarini amalga oshirishga qaratilgan vazifalar, jarayonlar va turli tuman
strukturalar yig’indisi; 2) maqsadlarga erishish yo’lida birga samarali ishlash
imkoniyatini beradigan korxona tuzilmasini yaratish jarayoni
2. Reklama faoliyatini tashkil qilish subyektlarini quyidagi asosiy turlarga
bo’lish mumkin: reklama beruvchilar; reklama agentliklari; ommaviy axborot
vositalari; reklama faoliyatini ta’minlovchi yordamchi subyektlar
3. Rejalash jarayoni butun firma ierarxiyasi mantiqiga bo’ysundirilgan.
4. Reklama strategiyasi firma marketing strategiyasining tarkibiy qismi
hisoblanadi. Ularning asosiylari: mo’ljaldagi auditoriya, reklama predmeti, tovar
konstepstiyasi, reklama kommunikatsiyalari kanallarini ishlab chiqish, reklama
murojaati.
Tayanch so‘z va iboralar: Reklama strategiyasi, vazifalar sxemasi; tovar
sxemasi; hududiy sxema; bozor (yoki segmentlar) sxemasi.
Nazorat savollari
1. Nima uchun reklama maqsadlari tizimini firma marketingi maqsadlarining
yanada murakkabroq boshqa tizimining elementi sifatida ko’rib chiqish muhim
hisoblanadi?
2. Marketing va reklamani rejalashning asosiy bosqichlarini sanab bering.
3. O’z javobingizni aniq misol yordamida izohlab bering.
4. Kommunikatsiya siyosati, reklama strategiyasi, va reklama taktikasi
o’rtasida qanday bog’lanish bor?
5. Siz bir firma reklama xizmatining rahbarisiz. Qaday tashkiliy vazifalarni
amalga oshirasiz, qaysi vazifalarni xodimlarga yuklaysiz.
6. Reklama faoliyatini tashkil etish sub’ektlari turli guruhlarga mansub
bo’lgan tashkilotlarga misollar keltiring.
7. O’z korxonangiz uchun reklama xizmatini tashkil etishning qaysi sxemasini
tanlagan bo’lardingiz? Javobingizni asoslab bering.
Dostları ilə paylaş: |