Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport


REKLAMA BYUDJETINI SHAKLLANTIRISH VA UNING MOLIYAVIY  MANBALARI



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə41/60
tarix07.01.2024
ölçüsü0,99 Mb.
#206427
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   60
brend UMK (2)

 

REKLAMA BYUDJETINI SHAKLLANTIRISH VA UNING MOLIYAVIY 
MANBALARI
 
Reklama boshqaruvining deyarli barcha vazifalarini amalga oshirish reklama byudjetini moliyalash, ishlab chiqish va bajarish masalalari bilan uzviy bog’liq. Byudjetni shakllantirish reklama faoliyati maqsadlarini aniqroq belgilash va ularga erishish dasturlarini ishlab chiqishda yordam beradi. Ishlab chiqilgan byudjet rejalarni amalga oshirish jarayonida resurslarni yanada samaraliroq taqsimlash va asosiy ijrochilarni tayinlash imkonini beradi. U nafaqat reklama mablag’ini sarflash ustidan, balki butun reklama faoliyatining samaradorligi ustidan ham nazorat yuritishni ta’minlaydi. Milliy iqtisodiy nazariyotda reklama xarajatlariga joriy xarajatlar, yoki sarf- xarajatlar sifatida qaraladi. Ayni paytda xarajatning bu turi tovar savdosi hajmini kengaytiruvchi va reklama beruvchining rentabelligini oshiruvchi asosiy 
omillardan biri hisoblanadi. Ba’zida tovar reklamasi uchun uning yashovchanlik davrining birinchi bosqichlarida sarflanadigan pul miqdori reklama qilinayotgan tovardan foyda olishni ancha muddat o’tgach cho’zib yuborishi mumkin. 
Bundan kelib chiqish reklamani asosiy vositalarga tashlanadigan mablag’ kabi ko’p yillar ichida o’zini oqlaydigan investitsiya xarajatlari deb atash mumkin. 
Tajribaning ko’rsatishicha, reklama xarajatlari katta bo’lmagan taqdirda ularning sotish hajmining o’sishida aks etadigan ta’siri nulga teng keladi (Merfi qonuni). Shu bilan birga, Vundt chizmasida ko’rganimizdek, reklama tashuvchilarning reklama oluvchilarga miqdoriy ta’sirning muayyan maksimal chegarasi mavjudki, bundan keyin uning samaradorligi pasayadi. Bu reklama xarajatlarining o’sishi bilan ham bevosita aloqadordir. Agar bunda ta’sirning miqdoriy noaniqligini reklamaning asosiy xususiyati ekanligini esga olsak, Amerikalik biznesmen Dj. Vanameyker fikriga to’la qo’shilish mumkin. Quyidagi gaplar unga tegishli: «Men bilamanki, reklamalarimning yarmi besamar ketadi, lekin qaysi yarmi ekanligini bilmayman. Men reklama ikki million dollar sarflayman, ammo bu kerak narsalarning yarmimimi yoki keragidan ikki hissa ko’pmi».
Varton universitetining bir guruh olimlari tomonidan bu borada olib borilgan 
tadqiqotlar bir qarashda qiziqarli tuyulishi mumkin. Tadqiqot davomida shu narsa 
oydinlashdiki, reklama beruvchining nuqtai nazaridan, reklama keltirayotgan sof foyda hisob-kitobi reklama byudjetning 54 foizi bekorga sarflanayotganini 
ko’rsatarekan.Vanameykerning reklama uchun ketadigan foydasiz xarajatlar borasidagi fikrlari haqiqatdan uncha yiroq emasligi o’z ilmiy tasdig’ini topgan.
1998 yilda dunyoning eng yirik reklama beruvchilari o’nligi quyidagi ko’rinishda 
bo’lgan: № Reklama beruvchining tartib 



Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin