O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi



Yüklə 168,68 Kb.
səhifə24/32
tarix28.09.2023
ölçüsü168,68 Kb.
#150345
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32
Насриддинов М. НамДУ БМИ

2-variant
1. “Jonli dekoratsiya” nima?
A) sahna bezagi B) sahna orti C) sahnani odamlar yordamida bezatish
*D) Komediyalardagi ko‘rinish va buyumlarni statist-ijrochilar tomonidan gavdalantirilishi
2. XVI asrning boshlarida yashagan Zayniddin Vosifiy Hirotda Mir Sarbarahna, Hasan voiz, Muhammad Badaxshiy, Said G‘iyosiddin sharfa singari o‘nlab mohir kasb egalari borligi haqida yozadi. Ayting-chi, ushbu kasb egalari kimlar bo’lishi mumkin?
*A) askiyachilar B) voizlar C) shoirlar D) san’atkorlar
3. Qayerda 1999 yil - "Ayollar yili"ga baqishlab, "To’maris" qizlar o’yinlari festivali o’tkazilgan?
A) Namanganda B) Navoiyda C) Samarqandda *D) Jizzaxda
4. Qaysi viloyatlarda askiyani shirinkorlik degan turi mashxur bo’lgan?
A) Samarqand, Sirdaryo va Jizzax *B) Samarqand, Buxoro va Surxandaryo
C) Farg’ona, Andijon, Toshkent D) Buxoro va Qashqadaryo
5. Qoraqalpoqlar uy-joylari bilan bog‘liq urf-odatlar bo‘yicha tadqiqot olib borgan etnograf olim.
*A) N.A. Tleuberganova B) B.X. Karmisheva C) E.Taylor D) A.Lerua-Guran
6. Inson hayotida moddiy va ma'naviy talab va ehtiyoj orqali yuzaga keladigan ijtimoiy xodisa qanday nomlanadi?
A) urf-odat *B) marosim C) an'ana D) qadriyat
7. "Bolani sotib olish" nomli ramziy marosim qanday vaziyatlarda o‘tkazilgan?
A) Homilador ayolning homilasi surunkasiga turmasa B) tug‘ilgan chaqaloq oz fursatda nobud bo‘lsa
C) farzandsizlarga bola sotib olib berilganda *D) A va B javoblar to’g’ri
8. Qaysi yilda O’zbekiston jismoniy tarbiya va sport davlat qo’mitasi, Jizzax viloyat ijroiya qo’mitasi, Forish tumani raqbarlari yordamida ilk bor Jizzaxda xalq o’yinlariga baqishlangan anjuman va Forishda xalq o’yinlari bayrami o’tkazildi?
A) 1989 y B) 1988-91 yy C) 1992 y *D) 1991 y
9. Sunnat to‘ylari bolaning toq yoshlarida, ya'ni uch, besh, yetti yoshlarida katta to‘y–tomoshalar bilan o‘tkazilgan. Buning sababi nima deb o’ylaysiz?
A) xatna juft yoshlarda qilinsa, bolaga baxtsizlik keltirar emish
B) bolaning umri uzoq bo‘lsin deyilgan
C) farzandni sunnat qildirishdek baxt ota-ona uchun davomli bo‘lishini anglatadi D) barchasi to’g’ri
10. Farg‘ona raqslariga xos xususiyatlar qaysi qatorda keltirilib o’tilgan?
*A) goh sho‘x va tetik, goh mayin oquvchi harakat, gavdani bir oz oldinga egib erkin, nafis tutish
B) tovonni urib-urib, tizzani bukib, ayni chog‘da gavdani g‘oz tutib, viqor bilan, kift titratib, aniq shaklli, puxta qo‘l harakatlari
C) tizzalarni sal-pal bukib, kiftlarni tik tutib, butun tanani harakatga keltirib, bilak va barmoqlardan turli-tuman chiroyli shakllar yasab, o‘ynoqi, sho‘x, otashin o‘ynash D) qayroq bilan o‘ynash
11. Abu Nasr Forobiy o‘zining “Kitob ul-musiqo al-kabir” (“Muzika haqida katta kitob”) traktatida nimani muzika ijrochiligi turlaridan biri sifatida talqin etadi?
*A) qarsakni B) nayni C) ovozni D) xushtakni
12. Alisher Navoiy asarlarida xalq o’yinlarining qaysi tomonlari haqida gap boradi?
A) turkiy xalqlarga oid ko’plab o’yin turlarining bayoni B) o’yinlar zavq-shavqi
*C) pahlavonlik o’yinlarining badiiy ifodasi D) A va B javoblar to’g’ri
13. Cho’ponlar faoliyati bilan bog’liq o’yinlarni belgilang.
A) "Podachi" "Chim to’p", B) "Poda to’p","Chavgon"
C) "Jun to’p", "Tosh o’yin" *D) A va B javoblar to’g’ri
14. "Oq suyak" o’yini asosan qaysi faslda o’ynalgan?
*A) Yozda B) qishda C) bahorda D) kuzda
15. Kim 1909 yilda bolalarning o’nlab harakatli o’yinlarini to’plab, yozib qoldirgan?
A) Hodi Zarif B) Hamza *C) A.Vasilev D) N.Ostromov
16. Namanganning qaysi tumanida “o‘likning orqasi tinch bo‘lsin boshi ostonaga tegib ketsin”, deb uch marta tobutning bosh qismi uy ostonasiga tekkizib ko‘tarilgan?
A) Chust tumani *B) Yangiqo‘rg‘on tumani C) Namangan tumani D) Pop tumani
17. Marhumlarni qabrga qo‘yishda mayit kafanining og‘iz qismi ko‘tarib qo‘yilgan. Chunki mayit kafanini tishlab qolsa ...(javob qaysi variantda to’g’ri ko’rsatilgan)
A) Nariga dunyodan qaytib kelarmish B) Qayta tirilarmish C) tushuga kirarmish *D) Butun avlodi qirilib ketar emish
18. Qadimdan odam uch qismdan tashkil topganligi haqidagi tasavvur mavjud. Bular qaysilar:
A) tana B) jon C) ruh *D) hamma javoblar to’g’ri
19. Ota-onasi vafot etganda (ayniqsa onasi) qizlari qanday kiyim kiyishgan?
A) qizil ko’ylak *B) ko‘k ko‘ylak C) qora ko’ylak D) atlas ko’ylak
20. O‘lim va dafn marosimlari bilan bog’liq marosimlar qaysi din bilan bog’liq?
*A) Zardushtiylik B) Buddaviylik C) Moniylik D) Xiristiyanlik

Yüklə 168,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin