O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi


An’ana, urf-odat, marosim va udumlar



Yüklə 168,68 Kb.
səhifə27/32
tarix28.09.2023
ölçüsü168,68 Kb.
#150345
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Насриддинов М. НамДУ БМИ

An’ana, urf-odat, marosim va udumlar
Reja:

  1. O’zbek xalq madaniyatida an'ana va urf-odat masalalari.

  2. Marosim va udumlar, ularning mazmun mohiyati.

Qo’llaniladigan pedagogik texnologiyalar:
“Kichik guruhlarda ishlash” metodi - ta'lim oluvchilarni faollashtirish maqsadida ularni kichik guruhlarga ajratgan holda o‘quv materialini o‘rganish yoki berilgan topshiriqni bajarishga qaratilgan darsdagi ijodiy ish. Ushbu metod qo‘llanilganda ta'lim oluvchi kichik guruhlarda ishlab, darsda faol ishtirok etish huquqiga, boshlovchi rolida bo‘lishga, bir-biridan o‘rganishga va turli nuqtai- nazarlarni qadrlash imkoniga ega bo‘ladi.“Kichik guruhlarda ishlash” metodi qo‘llanilganda ta'lim beruvchi boshqa interfaol metodlarga qaraganda vaqtni tejash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Chunki ta'lim beruvchi bir vaqtning o‘zida barcha ta'lim oluvchilarni mavzuga jalb eta oladi va baholay oladi. Quyida “Kichik guruhlarda ishlash” metodining tuzilmasi keltirilgan.
“Kichik guruhlarda ishlash” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:

    1. Faoliyat yo‘nalishi aniqlanadi. Mavzu bo‘yicha bir-biriga bog‘liq bo‘lgan masalalar belgilanadi.

    2. Kichik guruhlar belgilanadi. Ta'lim oluvchilar guruhlarga 3-6 kishidan bo‘linishlari mumkin.

    3. Kichik guruhlar topshiriqni bajarishga kirishadilar.

    4. Ta'lim beruvchi tomonidan aniq ko‘rsatmalar beriladi va yo‘naltirib turiladi.

    5. Kichik guruhlar taqdimot qiladilar.

    6. Bajarilgan topshiriqlar muhokama va tahlil qilinadi.

    7. Kichik guruhlar baholanadi.

«Kichik guruhlarda ishlash» metodining afzalligi:

  • o‘qitish mazmunini yaxshi o‘zlashtirishga olib keladi;

  • muloqotga kirishish ko‘nikmasining takomillashishiga olib keladi;

  • vaqtni tejash imkoniyati mavjud;

  • barcha ta'lim oluvchilar jalb etiladi;

  • o‘z-o‘zini va guruhlararo baholash imkoniyati mavjud bo‘ladi.

«Kichik guruhlarda ishlash» metodining kamchiliklari:

  • ba'zi kichik guruhlarda kuchsiz ta'lim oluvchilar bo‘lganligi sababli kuchli ta'lim oluvchilarning ham past baho olish ehtimoli bor;

  • barcha ta'lim oluvchilarni nazorat qilish imkoniyati past bo‘ladi;

  • guruhlararo o‘zaro salbiy raqobatlar paydo bo‘lib qolishi mumkin;

guruh ichida o‘zaro nizo paydo bo‘lishi mumkin.

Idrok xaritasi –bu metodda mavzuga doir tushunchalar, atama,fakt, dalillar asosli tarzda yoyib o’rganiladi. Quyidagi idrok xaritasida Ijtimoiy-madaniy faoliyatning huquqiy asoslarini qonun turkumini talabalar samarali o’zlashtirishi mukin. Bu ma’lumotni yoyish usulini klasterdan farqi ma’luotlar aniq, sifatli bo’lishi talab etiladi.



Nomoddiy madaniy meros fanida qo’llash mumkin bo’lgan metodlardan biri bu breynrayting metodidir
Ushbu uslubning qo‘llanishi breynstorming uslubiga o‘xshash bo‘lib, faqat unda barcha g‘oya, fikrlar yozma bayon etiladi. Bu esa, o‘z g‘oya va fikrlarini og‘zaki bayon etishga uyaladigan yoki qiynaladigan ba’zi tinglovchilar uchun qulaylik yaratadi. Talabalar tomonidan yozilgan fikrlar, g‘oyalarning imloviy va uslubiy xatolariga e’tibor qaratilmaydi hamda yozilgan fikrlar oralarida keyinchalik xayolga kelgan fikrlarni yozish uchun bo‘sh joylar ham qoldiriladi.
T
Talaba fikrini yozadi
alabalar o‘z fikrlarini erkin, tanqid qilmasdan ifoda etishga chaqiriladi.G‘oyalar tahlili keyinroq o‘tkaziladi.Bu usuldan foydalanganda, muammoni yechish variantlari imkon qadar ortadi.


Talaba fikrini yozadi





Yüklə 168,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin