3-variant 1. “Mayda qarsak” uch bo‘limga bo‘linadi. Ular...
A) “Yakka”, “Qo‘sh”, “Mayda” B) “Yakka qarsak”, “Qo‘sh qarsak”, “Bir qarsak”
C) “Yakka qarsak”, “Ikki qarsak”, “Tez qarsak” *D) “Yakka qarsak”, “Qo‘sh qarsak”, “Tez”
2. Farg‘ona vodiysi qipchoqlarida o‘z davrida sovchilik qiluvchi shaxs qanday rangdagi ot mingan holda qiz yashaydigan xonadonga borgan?
*A) oq yoki qizil B) faqat oq C) faqat qizil D) oq yoki qora
3. Maddohlarning asosiy mashg‘uloti nimalardan iborat
A) tobut ko’tarish *B) marhumlarni yuvish C) go’rkovlik D) duo o’qish
4. To’y kuni kelinning kichik yoshli o‘g‘il ukasi yoki jiyani tomonidan "pichoq" yoki "pichoq puli" talab qilingan. Bu odat Chortoq tumani Qoramurt, Yangiqo‘rg‘on tumani Poromon qishloqlari o‘zbeklarida qanday nomlangan?
A) "pichoq puli" B) "pichoq qini" *C) shop berish D) " shap berish " 5. Marg‘ilonda kelin-kuyov chimildig‘iga nimani osib qo‘yish odati bo‘lgan?
A) turli tumorlar B) turli shirinliklar C) do’ppi va ro’mol *D) oshiq (qo‘yning oshig‘i)
6. Turli vositali o’yinlar oynashda qanday vositalardan foydalaniladi?
A) ovunchoq, qo’qirchoq, o’yinchoq B) tayoq, tosh, to’p, yonqoq kabilar
C) fikr, so’z, qo’shiq, raqs, teatr kabilar *D) barcha javoblar to’g’ri
7. Taniqli etnograf olim K. Shoniyozovning yozishicha, o‘zbeklarda qizlar an'anaga ko‘ra sochlarini maydalab, kelinchaklar esa juft qilib o‘rganlar. Juvonlar-chi?
A) yoniga toq qilib tashlab B) tepasiga qilib C) maydalab
*D) juft qilib
8. Erkak mayit uchun necha metrgacha surp ishlatilgan.
A) o‘n metrdan yigirma metrgacha B) o‘n olti metrdan yigirma besh metrgacha
C) o‘n metrdan yigirma ikki metrgacha *D) o‘n olti metrdan yigirma metrgacha
9. “Qon chiqdi- jon chiqdi”, degan iboraning ma’nosi?
A) qonni behudaga to’kmaslik B) qonni bemorga ko’rsatmaslik C) kishining qoni to’kilishi o’lim bo’lishi to‘g‘risidagi xalqona qarash *D) kishi joni uni qonida bo‘lishi to‘g‘risidagi xalqona qarash
10. O’zbeklarda bolaning qorin sochlari ko‘p farzandli, keksa yoshli onaxonlarga oldirilib, soch asrab-avaylab mevali daraxt tagiga ko‘milgan. Tojiklarda-chi?
*A) bolaning dastlabki olingan sochi asrab-avaylab matoga o‘ralib, mevali daraxt shoxiga osib qo‘yilgan
B) bolaning beshigiga osib qo’yilgan
C) bolaning dastlabki olingan sochi ostonaga ko’mib qo’yilgan D) Barcha javoblar to’g’ri
11. Qaysi etnolog olim “Uyga ramziy ma'no-mazmun berish orqaligina makonni o‘zlashtirishdagi insoniyatga xos bo‘lgan xususiyat to‘g‘risida mulohaza yuritish mumkin», degan qarashni ilgari suradi?
A) V.V.Radlov B) B.X. Karmisheva C) E.Taylor *D) A.Lerua-Guran
12. Nima sababdan Xorazmning ayrim tumanlarida xonadagi tomning ikki to‘sini yoki tomning to‘g‘ri kelgan joyidan ikkita to‘sin, ayrim tumanlarda esa shiftning barcha to‘sinlari butunlay almashtirilgan?
A) uy kichik o’g’ilga meros bo’lib qoldirilganda
*B) biror xonadonda ketma-ket o‘lim yuz berganda, shu oila a'zolaridan qolganlarining umrini saqlab qolish niyatida
C) uy katta o’g’ilga meros bo’lib qoldirilganda D) uy o’g’il bo’lmagan taqdirda qizga meros bo’lib qoldirilganda
13. Namanganning Chortoq tumani Oqsuv G‘ovozon qishlog‘i o‘zbeklarida yangi uyga ko‘chilganda «ushbu uyda yashovchilarning kelgusidagi hayotlari mustahkam bo‘lsin», degan niyatda uyning to‘rt burchagiga qaysi daraxt shoxini qoqib qo‘yish odati bo‘lgan?
A) tut B) jiyda C) yongoq *D) do‘lana
14. Qaysi olim Marg’ilonda dokadan kafan tayyorlagan.
A) V.V.Radlov *B) B.X. Karmisheva C) E.Taylor D) A.Ashirov
15. O‘zbeklarda chaqaloq tug‘ilganiga 3, 5, 7 kun bo‘lganda unga ilk marta ko‘ylak, ya'ni «chilla ko‘ylak» kiydirish odati mavjud. Ushbu ko‘ylak Toshkent, Samarqand, Buxoroda qanday nomlangan?
A) «chilla ko‘ylak» B) «chilla sarpo» *C) «it ko‘ylak» D) «chillali ko‘ylak»
16. O‘zbekistonda hududiy belgilarga ko‘ra sirg‘alar Toshkentda «zirak», Samarqandda sirg‘a «bargak» deb ataladi. Buxoroda qanday nomlanadi?
*A) «shibirma» B) «oy boldoq» yoki “oy sirg‘a” C) «qashqarbaldoq» D) «bargak»
17. Respublikamizning boshqa yerlarida uchramaydigan arg‘uvongul yoki mahalliy aholi tilida guli armug‘on deb ataluvchi sayl qaysi viloyat hududida o‘tkaziladi?
*A) Farg‘ona viloyati B) Buxoro viloyati C) Toshkent viloyati D) Surxondaryo viloyati
18. Kishilarning turmushiga singib ketgan, ma'lum muddat takrorlanib turuvchi xatti-harakat, ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan xulq-atvor qoidalari ko‘nikmasi nima deyiladi?
*A) urf-odat B) marosim C) an'ana D) qadriyat
19. Qaysi san’at turida shaxslar bilan moddiy olamdagi buyumlarning munosabatlari, o‘xshashlari, ravviyalari kutilmagan mahorat bilan bayon qilinadi?
A) sirkda B) raqsda *C) askiyada D) masxarabozlikda
20. Voqeband o’yinlar tarkibiga kirgan o’yinlarni belgilang.
A) podsho vazir, ov o’yin B) urish o’yin, asir olish C) echki-cho’pon, bo’ri-qo’ylar *D) barcha javoblar to’g’ri