O`zbekiston davlatchiligi tarixi” fani bo`yicha O`quv – uslubiy majmuasi tuzuvchi: B. Ismailov



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə66/68
tarix24.10.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#160317
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68
ўзбек давлатчилиги тарихи

shayxulislom – mamlakat va har bir tobe hududlarda islom ahlini nojo‘ya hatti-harakatlardan saqlash, nazorat qilish, ularni savob ishlarga undash bo‘yicha mas’ul shaxs;

  • sadrlar – ular asosan sayyidlardan chiqqan shaxslardan bo‘lib, ularning muhim vazifalaridan biri vaqf mulklarini nazorat qilish bo‘lgan va suyurg‘olni belgilab turganlar. Ular ahli islomga boshchilik qilganlar;

  • mutavalliy – sadrlar tomonidan vaqflarni boshqarish hamda nazorat qilish uchun tayinlangan shaxs;

  • qozi – har bir shahar va viloyatda, devonning turli jabhalarida qonunni nazorat qilgan. Qozilar darajasi va martabasiga ko‘ra bir-birlaridan farqlangan;

  • mudarris – diniy masalalar, shariat, tafsif, hadis va fiqh bo‘yicha dars beruvchi shaxs;

  • muxtasib – bozorlarda tarozi, narx-navoni nazorat qiluvchi mas’ul shaxs.

    YUqoridagi qozilar va sadrlar faqat Sohibqironning o‘ziga hisobot berib turganlar. “Tuzuklar”da Amir Temur tomonidan qat’iy tartiblar va qonunlar bayon etilgan bo‘lib, bunda quyidagicha ma’lumot beriladi: davlat xazinachilari bo‘lmish moliya vaziri o‘z ishiga xiyonat qilib, boylikning bir qismini o‘zlashtirib olgan bo‘lsa, avvalo, tekshirib, agar o‘zlashtirib olingan mablag‘ o‘ziga tegishli ulufa miqdoriga teng bo‘lsa, mazkur mablag‘ unga hadya etilgan. Agar o‘zlashtirilgan mablag‘ maoshdan ikki barobar ortiq bo‘lsa, ortig‘i olingan maoshidan ushlab qolingan. Agar maoshidan uch barobar ko‘p bo‘lsa, saltanat xazinasiga tortiq sifatida olingan.
    Mansabdorlar tomonidan sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar va jinoyatlarga jazo tayinlash alohida nazorat qilingan. Agarda qishloq oqsoqoli va shahar ulug‘lari kichikroq darajadagi shaxsga zulm qilsalar, o‘sha zulmga yarasha, har kimning sharoitiga yarasha jarima solinib, fuqarolarning ijtimoiy holati va turmush tarzi e’tibordan chetda qolmagan. Agar mansabdorlar xalqqa jabr-zulm etsa, ularni xonavayron etsa, bu qilmishiga yarasha ayovsiz jazolangan. Bu jazo oddiy jarimadan tortib, o‘lim jazosigacha borgan. Davlat amaldorlarining sotqinligi, qo‘poruvchiligi, poraxo‘rligi va boshqa jinoyatlari ham eng xavfli hisoblangan. Sohibqiron bunday jinoyatlarni davlatga qarshi qaratilgan jinoyatlar deb hisoblagan va ularga qattiq jazolar tayinlagan. E’tiborli tomoni shundaki, jazolar rayiatdan yashirin holatda emas, balki ochiqchasiga bozor hamda xalq gavjum bo‘lgan joylarda ijro etilgan.
    Amir Temur va temuriylar davrida huquqni muhofaza etish ishlari bilan nafaqat maxsus organlar balki, har bir hududning ma’murlari ham shug‘ullanganlar. Ularning barchasi davlat va fuqarolarning tinchlik hamda xotirjamligini, joylardagi adolat va qonun ustuvorligini ta’minlashga ma’sul bo‘lib, asosan ma’muriy tartibdagi kichik huquqbuzarliklarni jazolash ishlari bilan shug‘ullanganlar. Agar davlatga, shaxsga, jamiyatga va sog‘liqqa qarshi jiddiy jinoyatlar sodir etilsa, ular tegishli qoziliklarda ko‘rilgan hamda yarasha jazolar berilgan.
    Amir Temur va temuriylar davri majburlov funksiyasini tashkil etishdan hukmdorlarning asosiy maqsadi aholini qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash va jinoyatlarni oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarga muqarrar ravishda jazo berish, jinoyat sodir etilgani aniqlangan holatdagina jazo tayinlash, davlat va jamiyatning tinchlik hamda osoyishtaligini saqlash edi. SHu bois ham bu davrdagi huquqiy tizim qat’iy qonuniylik va adolat tamoyiliga asoslangan edi.




    1. Yüklə 0,67 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin