128
Mustahkamlash va takrorlash uchun savol va topshiriqlar
Sharhlang!
Qariyb har doim inson oldida huquqqa mos yoki huquqqa zid tarzda
hara kat qilishni tanlash imkoni bo‘ladi. Agar u ikkinchi yo‘lni tanlasa,
bu birinchi navbatda uning o‘ziga, qolaversa, jamiyatga zarar yetkazadi.
Sharhlang!
1. Huquqbuzarlik tushunchasiga ta’rif bering.
2. Huquqbuzarlikning qanday belgilari mavjud?
3. Ijtimoiy xavfl ilik qanday holatlarda vujudga kelishi mumkin?
4. Huquqqa zidlik atamasini qanday tushunasiz?
5. Ayblilik nima degani?
6. Jazolanish, javobgarlik va jazo tushunchalariga oydinlik kiriting.
7. Huquqbuzarlikning qanday turlari mavjud?
8. Intizomiy huquqbuzarlik bilan fuqarolik huquqbuzarligi, ma’muriy hu-
quq buzarlik bilan jinoiy huquqbuzarlik o‘rtasidagi farqlarni bayon qiling.
9. Sizning fi kringizcha, huquqbuzarlikning qaysi turlari eng og‘ir hisob-
lanadi? Nima uchun?
10. Huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik uchun qanday choralar ko‘rilishi
kerak deb hisoblaysiz?
Ijodiy faoliyat
Kichik bir hikoya tuzing. Bu hikoyangizda huquqbuzarlik tushun-
cha sini, huquqbuzarlikning asosiy belgilarini, huquqbuzarlik turlarini
ifo da lovchi holatlarni tasvirlang.
Bunda sinfi ngizdagi o‘rtoqlaringiz bilan to‘rt guruhga bo‘linib, bir
guru hingiz intizomiy, ikkinchi guruh fuqarolik, uchinchi guruh jinoiy,
to‘r tinchi guruh ma’muriy huquqbuzarlikka oid holatlarni tasvirlasin.
Hikoyalaringizni sinfdoshlaringizga o‘qib bering. Boshqa guruhlar
hiko yasini taqdim qilgan guruhga savollar berib munozara qilsin.
Dostları ilə paylaş: