O‘zbekiston davlati va huquqi asoslari 1 O. Karimova, N. Ismatova, sh. Sariqov, O. Amanova o‘zbekiston davlati va huquqi asoslari


O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI



Yüklə 3,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/165
tarix02.12.2023
ölçüsü3,87 Kb.
#171163
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   165
ozbekiston davlati va huquqi asoslari 8 uzb

23
O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI
23
23
tizimi yordamida o‘zining barcha fuqarolari uchun majburiy bo‘lgan davlat 
hokimiyatini amalga oshiradi.
3. Davlat hokimiyatni to‘laqonli amalga oshirish uchun qonunlar va 
turli normativ hujjatlar qabul qiladi. Ya’ni, davlat mavjud bo‘lgan joyda 
huquq ham mavjud bo‘ladi.
4. O‘z faoliyatini yuritishga kerak bo‘ladigan zaruriy xarajatlar o‘rnini 
qoplash uchun moliyaviy manbalarga ega bo‘ladi. Soliqlar va boshqa to‘lov-
lar joriy qiladi va ularni yig‘adi. Ya’ni o‘z budjetiga ega bo‘ladi. 
5. Davlat o‘z faoliyatini to‘laqonli tarzda amalga oshirishi uchun o‘z 
suverenitetiga (mustaqilligiga) ega bo‘lishi lozim.
Demak, davlat o‘ziga xos belgilarga ega. Agar ularning birortasi mavjud 
bo‘lmasa, biz bunday tashkilotni davlat deya olmaymiz.
Davlat – majbur qilish kuchiga, ya’ni hokimiyatga ega bo‘lgan, 
o‘z fuqarolari, shuningdek, hududida istiqomat qiluvchi barcha 
insonlarning manfaatlarini himoya qiladigan, boshqa davlatlar bilan 
siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqalarni amalga oshiradigan mustaqil 
siyosiy tashkilotdir.
Bobokalonimiz Amir Temur tomonidan o‘rta asrlarda 
barpo qilingan davlatda uni oddiy jamiyatdan ajratib 
turuvchi barcha belgilar mavjud bo‘lgan.
 Amir Temur Ko‘ragon ibn Amir Tarag‘ay Bahodir – 
yirik davlat arbobi, yengilmas sarkarda, o‘rta asrlarda 
eng katta davlatlardan birining bunyodkori, tashqi 
munosabatlarda eng oqil yo‘llarni topa bilgan rahbar, 
jang san’ati va qonunlarini ishlab chiqqan mashhur 
lashkarboshi.
Amir Temur
(1336-1405) 
Hikmatlar xazinasidan!
Davlatu saltanat uch narsa bilan: mulk, xazina va lashkar bilan tikdir. 
Dono vazir bularning har uchalasini tadbirkorlik bilan yaxshi ahvolda 
saranjom tutadi.
(
Amir Temur
)

Yüklə 3,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin