24 Mustahkamlash va takrorlash uchun savol va topshiriqlar Ijodiy faoliyat 1. Shartli davlat tuzing. Uni nomlang. 2. Davlatingizni yuqorida keltirilgan 5 ta belgi bo‘yicha tavsifl ang. 3. Agarda ushbu belgilardan bittasi yoki ikkitasi mavjud bo‘lmasa qanday vaziyat yuzaga kelishi mumkinligini modellashtirib ko‘ring va buning oqibatlarini tasavvur qilishga harakat qiling. 1. Davlat va jamiyat tushunchalari qanday umumiy va farqli tomonlarga
ega.
2. Jamiyat davlatsiz mavjud bo‘la oladimi? Jamiyatsiz davlat-chi?
3. Davlatning tashkil topishi insoniyatga nima berdi?
4. Mamlakatimiz hududida davlatchilik qachon paydo bo‘la boshlagan?
5. Dastlabki davlatchilikni tavsifl ab bering.
6. Davlatchilikning rivojlanishiga nimalar ta’sir ko‘rsatadi?
7. Dastlabki bosqichda davlatlar o‘z faoliyatini nimaga asosan yuritgan?
8. Davlatning asosiy belgilarini sanab bering.
Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak. Shavkat Mirziyoyev Prezidentimizning yuqoridagi qisqa va lo‘nda fi krida davlatning
mohiyati, uning mavjudligi sharti, davlat idoralarining maqomi va
vazifalari mujassamlashgan. Siz mana shundan kelib chiqib:
1. Oilangizdagi kattalardan so‘nggi yillargacha oddiy fuqaro davlat
idorasiga murojaat qilmoqchi bo‘lsa qanday qiyinchiliklarga duch
kelganligini so‘rab biling.
2. Yurtimizning barcha hududlarida faoliyat yurita boshlagan
“Xalq qabulxonalari”ning vazifalari xaqida ma'lumot to‘plang.
3. Davlat xizmatlari markazlarining faoliyati Prezidentimizning
yuqoridagi fi krining amaldagi isboti ekanligini asoslang.
Ijodiy faoliyat http:eduportal.uz