PENYA — majburiyatni o‘z vaqtida bajarmagani uchun beriladigan sanksiya,
to‘lanadigan summa.
POSHLINA — davlat va boshqa organlar tomonidan bajarilgan muam molar
uchun undiriladigan pul yig‘imi.
QASAMYOD — ont ichish, biror narsani bajarishga rasmiy yoki tanta nali
ravishda va’da berish, sadoqatli bo‘lish.
QASD — aybning shakllaridan biri. Bunda jinoyatchi o‘z qil mishining ijtimoiy
xavfl i ekanligini anglaydi, zararli oqibatlarini ko‘radi va unga ongli ravishda qo‘l
uradi.
QIDIRUV — tergov, surishtiruv organi va ichki ishlar or gan lari tomoni dan
yashirinib yurgan aybdorni, jazodan qochgan mahbusni, bedarak yoqolgan
shaxsni topishga qaratilgan tadbirlar majmuasi.
QONUN — davlat hokimiyati oliy organi tomonidan belgilangan tartibda qabul
qilinadigan normativ akt.
REPLIKA (lotin) — takrorlayman, javob beraman. Luqma, qisqa mulohaza,
e’tiroz, javob. Masalan, sud jarayonida oqlovchi bilan qoralovchi o‘rtasidagi
e’tirozlar.
SANKSIYA — huquqbuzarga nisbatan davlat tomonidan qo‘llanila di gan ehtiyot
chorasi.
SESSIYA (lotin)
— majlis, kengash, vakolatli organlarning tashkiliy-huquqiy
faoliyat shakli.
SUBSIDIYA (lotin. subsidium)
— yordam, davlat budjeti hisobidan mahalliy
hokimiyat organlari, yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan yordam.
SO‘ROQ — tergovda, surishtiruv va sud majlisida shaxsdan ko‘rsatma hamda
tushuntirish olish vositasi.
AYRIM YURIDIK ATAMALARNING IZOHLI LUG‘ATI http:eduportal.uz
188 TA’MAGIRLIK — moddiy manfaatdorlik, ochko‘zlik, dunyo orttirish yo‘lida
qilingan jinoiy harakat.