185 O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI 185 185 A
YRIM YURIDIK ATAMALARNING IZOHLI LUG‘ATI ADLIYA — arabcha "adolat, to‘g‘rilik, haqqoniylik" ma’nolarini bildiradigan
tushuncha bo‘lib, muayyan o‘rganning huquqini muhofaza qilish bo‘yicha
faoliyatini anglatadi.
ADVOKAT (lotin) — ayblanuvchining himoyachisi, sudda biror shaxsning
ishini olib boruvchi, huquqiy masalalar bo‘yicha maslahatlar beruvchi yurist.
ALIMENT — mehnatga yaroqsiz bo‘lib, alohida ro‘zg‘or yuritayotgan oila
a’zolariga yaqin kishilari tomonidan to‘lab turiladigan nafaqa.
AMNISTIYA — sudlanganlarning bir qismini qonun asosida to‘la yoki qisman
ozodlikka chiqarish.
APELLATSIYA — shikoyat qilish, norozilik bildirish.
AUDITOR — tijorat banklari yoki boshqa kompaniyalarning faoliyatini
tekshirish vakolatiga ega bo‘lgan maxsus shaxs.
AYB — jamoat tartib-qoidalari va axloq normalariga xilof nojo‘ya xatti-harakat.
AYBLANUVCHI — jinoiy javobgarlikka daxldor shaxs.
BEZORILIK — jamoat tartib-qoidalariga qasddan hurmat sizlik bildirib – urish,
do‘pposlash, badanga shikast yetkazish.
BOSQINCHILIK — o‘zganing mulkini talon-toroj qilish maqsadida hujum
uyushtirib, badaniga shikast yetkazish.
DALOLATNOMA — biror voqea, hodisa yoki mavjud holatni tasdiqlash, unga
guvohlik berish maqsadida bir necha kishilar tomonidan tuzilgan hujjat.
DAM OLISH VAQTI — xodim mehnat vazifalarini baja rishdan xoli bo‘lgan va
bundan u o‘z ixtiyoriga ko‘ra foydalanishi mumkin bo‘lgan vaqtdir.
DA’VO — o‘zining fuqarolik huquqini himoya qilish haqida sud orqali qilingan
arznoma.
DEKLARATSIYA (lotin)
— bayonot, daromadi va boylik lari haqida soliq
to‘lashga tortilgan shaxsning arizasi.