O’zbekiston-finlandiya pedagogika instituti maktabgacha ta’lim fakulteti maktabgacha ta’lim yo’nalishi maktabgacha ta’lim tarbiyani tashkil etish fanidan mavzu: “


I BOB. MAKTABGACHA TALIMDA DAVLAT STANDARTINI



Yüklə 1,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix15.06.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#130718
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning Davlat standarti mazmun-mohiyati

I BOB. MAKTABGACHA TALIMDA DAVLAT STANDARTINI 
MAZMUN MOHIYATI 
1.1. Maktabgacha talim tashkilotini tashkil etish va meyoriy uslubiy 
hujjatlari 
Bolalar bog‘chasining Nizomiga muvofiq maktabgacha ta’lim muassasasida 
muayyan hujjatlar olib borilishi kerak. 
Buyruqlar daftari bolalar bog‘chasiga tartib raqami berilgandan keyin 
rasmiylashtiriladi. Uning hamma sahifalari raqamlanadi, oxirida uning necha 
varaqligi ko‘rsatiladi.Bolalarni hisobga olish daftari (DP-2-shakli) bolalar va ota- 
onalar haqidagi ma’lumotlarni, bolalarning uy manzili, bog‘chaga kelgan va undan 
(butunlay) ketgan sanalarni o‘z ichiga oladi. 
Har bir gurahda bolalarning har kungi davomati (bog'chaga kelishi) hisobga 
olinadi (DP-3-shakli). Shuningdek, xodimlarning, bolalarning shaxsiy hujjatlari; 
tibbiy kartalari; xodimlarning ish jadvali, ularning ish vaqtini hisobga olish tabeli; 
maktabgacha tar- biya muassasasiga yo‘l-yo‘riq beradigan, uni tekshiradigan va na- 
zorat qiladigan kishilarning mulohaza va takliflarini yozish daftari; sanitariya 
jurnali; pedagogika, ishlab chiqarish yig‘ilishlari va ota- onalar majlislarining 
bayonnomalari; inventar va oziq-ovqat mahsulotlarini hisobga olish daftari; 
muassasaning yillik, oylik ish rejasi va boshqalar olib boriladi. Maktabgacha ta’lim 
va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risidan “Maktabgacha ta’lim va 
tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni ijrosini ta’minlash, 
shuningdek, ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarga samarali ta’lim-tarbiya berish 
hamda qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat 
standarti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin: 
-davlat standartining maqsadi, asosiy vazifalari va prinsiplari; 
-maktabgacha ta’limning namunaviy o‘quv rejasi; 
-davlat standartini joriy etish hamda unga rioya etilishini nazorat qilish;, 
-davlat standartining tarkibiy qismlari, jumladan: 



-ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat 
talablari; maktabgacha ta’lim muassasalarining davlat o‘quv dasturi; 
-maktabgacha ta’lim tashkilotlarini o‘yinlar to‘plami, o‘yinchoqlar, mebel, 
jihozlar va boshqa texnik, reabilitatsiya vositalari bilan jihozlash me’yorlari. 
2. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan 
tizimdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun markazlashtirilgan holda 
jihozlarni xarid qilish bo‘yicha komissiya tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 
3. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Vazirlar 
Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi manfaatdor 
vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy 
hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi 
Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. 
Musayev, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin hamda 
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi 
boshlig‘i U.N. Tashkenbayev zimmasiga yuklansin. 
Maxsus maktabgacha ta`lim muassasasini tashkil etish tartibi, mol-mulki va 
pul mablag’lari, maxsus maktabgacha ta`lim muassasasida o’quv-ta`lim va 
sog’lomlashtirish jarayonini tashkil qilish, ta`lim jarayoni ishtirokchilari va maxsus 
maktabgacha 
ta`lim 
muassasasining 
boshqaruvi 
haqidagi 
to’liq 
ma`lumotlar “Maxsus davlat maktabgacha ta`lim muassasasi to’g’risidagi 
Nizom” da ko’rsatilgan. Maktabgacha ta`lim muassasasi ning asosiy maqsadlari 
maktabgacha ta`lim, olinish shakli va usullaridan qat`iy nazar, quyidagi maqsadlarni 
o’z oldiga qo’yadi: 

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin