O’zbekiston-finlandiya pedagogika instituti maktabgacha ta’lim fakulteti maktabgacha ta’lim yo’nalishi maktabgacha ta’lim tarbiyani tashkil etish fanidan mavzu: “


-bob. Davlat standartining asosiy prinsiplari



Yüklə 1,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix15.06.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#130718
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning Davlat standarti mazmun-mohiyati

3-bob. Davlat standartining asosiy prinsiplari 
7. Davlat standartining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: 
tarbiyalanuvchining intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligi; 
har bir bolaning, shu jumladan, jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni 
bo‘lgan bolaning maktabgacha ta’lim va tarbiya olishga bo‘lgan huquqini amalga 
oshirish imkoniyatining tengligi; 
davlat standartining ta’lim sohasidagi davlat va jamiyat talablariga mosligi; 
maktabgacha ta’limning boshqa ta’lim turlari va bosqichlari bilan uzluksizligi 
va ta’lim mazmunining uzviyligi; 
maktabgacha ta’lim mazmunining respublikadagi barcha hududlarda birligi 
va yaxlitligi; 
maktabgacha ta’limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda 
innovatsiya texnologiyalariga asoslanilganligi; 



xorijiy mamlakatlarning ta’lim sohasida me’yorlarni belgilash tajribasidan 
milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish. 
4-bob. Davlat standartining tarkibiy qismlari 
8. Davlat standartining tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: 
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat 
talablari (1-ilova); 
Maktabgacha ta’lim muassasalarining davlat o‘quv dasturi (2-ilova); 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini o‘yinlar to‘plami, o‘yinchoqlar, mebel, 
jihozlar va boshqa texnik, reabilitatsiya vositalari bilan jihozlash me’yorlari (3-
ilova). 
O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida to‘laqonli va 
xavfsiz ovqatlantirishni tashkil etishdagi gigiyenik talablar, maktabgacha ta’lim 
tashkilotlarida qurilish-loyihalash ishlari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 
yong‘in xavfsizligini ta’minlashga qo‘yiladigan talablar tegishli qonun hujjatlari 
asosida amalga oshiriladi. 
9. Maktabgacha ta’limning namunaviy o‘quv rejasi (keyingi o‘rinlarda — 
namunaviy o‘quv reja) maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘tkaziladigan 
mashg‘ulotlarning nomi, eng kam (minimal) hajmi va ularning yoshi bo‘yicha 
taqsimoti belgilangan hujjat hisoblanadi. 
10. Namunaviy o‘quv reja maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mashg‘ulotlarni 
o‘tkazish uchun asos hisoblanadi. 
Maktabgacha ta`lim muassasasi da bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza 
qilish maktabgacha ta`lim muassasasi hamda shtatdagi tibbiyot xodimlari, 
shuningdek maktabgacha ta`lim muassasasiga biriktirilgan sog’liqni saqlash 
organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. 

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin