Davlat ta’lim standartlarining maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?
Davlat ta’lim standartlarining joriy etilishi quyidagi maqsadlar amalga oshirilishini
nazarda tutadi: - ta’limning yuksak sifatini hamda mamlakatda amalga
oshirilayotgan chuqur iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni, rivojlangan demokratik
davlat barpo etish talablariga javob beruvchi raqobatbardosh kadrlar tayyorlanishini
ta’minlash; - mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat
ehtiyojlaridan, fan, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqib
26
kadrlar tayyorlash mazmunini tartibga solish; - ta’limning demokratlashuvi,
insonparvarlashuvi va ijtimoiylashuvi, ta’lim oluvchilarning huquqiy va iqtisodiy
bilimlari darajasini, shuningdek ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish; - sifatli
ta’lim xizmatlari ko’rsatish, ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida shaxsning, jamiyat
va davlatning manfaatlarini himoya qilish; - kadrlar tayyorlash sifatini va ta’lim
faoliyatini baholash mezonlarini va tartibini belgilash; - ta’lim jarayonini va kadrlar
tayyorlashning izchilligi va uzluksizligini ta’minlash; - mehnat va ta’lim xizmatlari
bozorida raqobatbardoshlikni ta’minlash.
Davlat ta’lim standartlarining vazifalari: - ta’lim sifatiga va kadrlar
tayyorlashga, ko’rsatiladigan ta’lim xizmatlari turlariga nisbatan qo’yiladigan
maqbul talablarni belgilash; - ta’limga va uning pirovard natijalariga, ta’lim
oluvchilarning bilimi va kasb malakasi darajasini vaqti-vaqti bilan baholash
tartibiga, shuningdek ta’lim faoliyati sifati ustidan nazorat qilishga nisbatan
qo’yiladigan tegishli talablarni belgilovchi meyoriy negizni yaratish; - xalqning boy
aql-zakovat merosi va umuminsoniy qadriyatlar asosida ta’lim oluvchilarni
ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish; -
ta’limning barcha turlarida ular mazmunini hamda olib boriladigan ta’lim va
tarbiyani kelishib olish ularning o’zaro bog’liqligini, uzluksiz ta’lim tizimida va
kadrlar tayyorlashda izchillikni ta’minlash; - o’quv-tarbiya va ta’lim jarayoniga,
pedagogik va axborot texnologiyalari bilan ta’minlashga, ta’lim darajasini nazorat
qilishga, ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilar va ularni bitiruvchilarning
malakasiga nisbatan meyorlar va talablarni belgilash; - ta’lim va kadrlar tayyorlash
sifatiga baho berishning xolis tizimini, ta’lim muassasalarini attestatsiyadan
o’tkazish va akkredetatsiya qilishni joriy qilish; - kadrlarni maqsadli va sifatli
tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini
ta’minlash; - milliy standartlar talabini ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga nisbatan
xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash. 7-moddasida davlat ta’lim standartlari
yoritilgan: Davlat ta’lim standartlari umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-xunar va oliy
ta’lim mazmuniga xamda sifatiga qo’yiladigan talablarni belgilaydi. Davlat ta’lim
27
standartlarini bajarish O’zbekiston Respublikasining barcha ta’lim muassasalari
uchun majburiydir
.
Davlat ta’lim standarti quyidagi maqsadlarni amalga oshirishni ko’zda tutishi
lozim: -ta’lim berishning sifati masalalarida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini
himoya qilish va kadrlar tayyorlash, ta’limiy xizmatlarni tavsiya etish mehnat
bozorini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash; -shaxs, davlat va jamiyat
ehtiyojlariga mos kadrlar tayyorlash va ta’lim berish sifatini oshirish, xalqaro
tajribalar asosida fan va texnikani rivojlantirish; -kadrlar tayyorlash va ta’lim
jarayonida muvofiqlik va uzluksizlikni ta’minlash; -ta’limning barcha shakl va
bo’g’inlarida o’quv tarbiya jarayonini mukammallashtirishga ko’mak berish; -
ta’limiy
xizmat
ko’rsatishda
raqobat
bo’lishini
ta’minlash;
Ta’limni
standartlashtirishning vazifalari: Ta’lim berish va kadrlar tayyorlash, tavsiya
etiluvchi ta’limiy xizmatlar ro’yxati va sifatiga yuqori talablar belgilash. Davlat
shaxs ehtiyoji uchun zarur bo’lgan ta’lim berish va uning oqibat natijasining
28
muayyan talablarni o’rnatuvchi me’yoriy hujjatlar tizimini ishlab chiqish,
shuningdek mazkur xujjatdan to’g’ri foydalanishni nazorat qilish. Milliy standart
talablarini xalqaro mezonlar bilan uyg’unligini ta’minlash. Ta’lim to’g’risidagi
milliy hujjatlarning shu turdagi hujjatlarga mos kelishini ta’minlash. Uzluksiz ta’lim
jarayoning tarkibiy qismlari va tarkibiy unsurlariaro bog’liqlik va muvofiqlik
bo’lishiga erishish. Ta’lim berish va kadrlar tayyorlashda yuqori natijalarga
erishuvda moddiy boyliklar, vaqt va boshqa sarf-xarajatlarni kamaytirish. O’quv-
tarbiya jarayoni va umuman, ta’lim uchun me’yor, qoida, ko’rsatma va talablar
belgilash. Standartlash buyicha xalqaro tajribalarni bevosita qo’llash amaliyotini
kengaytirish, agar ulardagi talablar O’zbekiston Respublikasining ta’limi fani,
madaniyati, texnikasi va texnologiyasi uchun mos tushsa chet el davlatlari milliy
standarlari yo’riqidan foydalanish. Pedagogik texnologiyalar (o’quv-o’qituv va
tarbiya metodikasi o’qitishning texnik vositalari va b.)ga muayyan talablar
belgilash. Ta’lim darajasini, ta’lim olayotganlar va bitiruvchilar malakasini baholash
va nazorat qilishninig me’yoriy-texnik va metodik ta’minotini yuzaga keltirish.
Ta’lim standartlari turli mamlakatlarda turlicha amalga oshiriladi. Lekin ta’limga
nisbatan “standart” atamasidan foydalanish yaqindan ishlatila boshlandi. Bizning
mamlakatimizda ta’limni sandartlashga asosan 1993 yildan kirishildi . Davlat ta’lim
standartlarini ishlab chiqish va uni hozirgi bosqichda amaliyotga tatbiq etishning
imkoniyati yuzaga keldi. Standartni ishlab chiqish “Ta’lim to’g’risida” gi qonunning
7-moddasi va muayyan bandlarida, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da ta’limning
mazmuni haqida bayon etilgan umumiy talablarga ko’ra amalga oshiriladi. Standart
vositasida ta’limning talab etilgan darajasinibir me’yorda saqlash,uni jamiyat
taraqqiyoti istiqboliga ko’ra takomillashtirish amalga oshiriladi. Standart oldiga
quyidagi tallablar quyiladi:
1.Mamlakatningijtimoiy-iqtisodiy rivoji ehtiyojlari va xalqaro tajribalarni
tahlil qilish asosida ta’lim jarayonidagi barcha manfaatdor tomonlarning
imkoniyatlarini hisobga olish.
2.Standartda, avvalo, oqibat natijalarni me’yorlashtirish ko’zda tutiladi.
29
3.Standartlarda ta’limning shakli, bosqichi va sohalari bo’yicha muvofiqlik
tajribalarini saqlash talab etiladi.
4.Standart mazmuni va ichki tuzilishiga ko’ra, shaxs kamolotini ta’minlash
nuqtai nazarida to’laqonli bo’lishi lozim.
5. Standartlardagi har bir band bayoni uning yaxlitligini ta’minlaydigan izchil
va ta’limning maqsadlarini to’la qamrab olganligi nuqtai nazaridan iloji bor qadar
mukammal bo’lishi kerak.
6.O’zining ichki tuzilishi, mazmun-mundarijasiga ko’ra standart davlatning,
mintaqaning va ta’lim muassasining manfaatlari mutanosibligini. Huquqini aks
ettirishi lozim.
7.Mazmunan standart o’quv yuklamalarini me’yorlashtirishi lozim.
8.Standartning mazmun-mundarijasiga undan foydalanuvchilarning barcha
toifalarini hisobga olmog’i darkor.
Davlat standartining maqsadi maktabgacha ta’lim tizimini zamonaviy
talablarga asoslangan holda tashkil etish, bolalarni sog‘lom va har tomonlama yetuk
qilib voyaga yetkazish hisoblanadi. Uning vazifalari qatorida ta’lim-tarbiya
jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etish hamda
ta’lim-tarbiya jarayonining hajmiga, mazmuniga va sifatiga doir majburiy minimum
talablarni
joriy
etish
va
nazoratini
tashkil
etish
ham
bor.
Maktabgacha ta’lim va tarbiya davlat standartida quyidagilar nazarda tutilgan:
davlat standartining maqsadi va asosiy vazifalari;
maktabgacha ta’limning namunaviy o‘quv rejasi;
davlat standartini joriy etish va uning talablariga rioya etilishini nazorat qilish;
davlat standarti komponentlari, xususan:
- ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari;
-
maktabgacha
ta’lim
va
tarbiyaning
davlat
o‘quv
dasturi;
- davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini o‘yinlar to‘plami, o‘yinchoqlar, mebel,
jihozlar va boshqa texnik, reabilitatsiya vositalari bilan jihozlash normalari.
Davlat
standartining
asosiy
prinsiplari
quyidagilar
hisoblanadi:
tarbiyalanuvchining intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligi;
30
har bir bolaning, shu jumladan jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan
bolaning maktabgacha ta’lim va tarbiya olishga bo‘lgan huquqini amalga oshirish
imkoniyatining tengligi;
davlat standartining ta’lim sohasidagi davlat va jamiyat talablariga mosligi;
maktabgacha ta’limning boshqa ta’lim turlari va bosqichlari bilan uzluksizligi
va ta’lim mazmunining uzviyligi;
maktabgacha ta’lim mazmunining respublikadagi barcha hududlarda birligi
va yaxlitligi;
maktabgacha ta’limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda
innovatsiya texnologiyalariga asoslanganligi;
xorijiy mamlakatlarning ta’lim sohasida tajribasidan milliy xususiyatlarni
hisobga olgan holda foydalanish.
Dostları ilə paylaş: |