O’zbekiston-finlandiya pedagogika instituti maktabgacha ta’lim fakulteti maktabgacha ta’lim yo’nalishi maktabgacha ta’lim tarbiyani tashkil etish fanidan mavzu: “


Maktabgacha ta’lim: kecha, bugun, ertaga



Yüklə 1,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix15.06.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#130718
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning Davlat standarti mazmun-mohiyati

Maktabgacha ta’lim: kecha, bugun, ertaga 
.
KECHA Maktabgacha ta’lim sohasida misli ko‘rilmagan o‘zgarishlarni 
bugun har bir yurtdoshimiz sezib, kuzatib turibdi. Ta’limning poydevori 
hisoblangan maktabgacha ta’lim tizimiga davlat tomonidan bu qadar tizimli va bir-
birini to‘ldiruvchi e’tibor hamda amaliy yordam kuzatilmagan, desak mubolag‘a 
bo‘lmaydi. Sohada yig‘ilib qolgan muammolarni hal etish va 3 yoshdan 7 
yoshgacha bo‘lgan bolalarning to‘laqonli ta’lim-tarbiya olishini ta’minlash masalasi 
davlatimiz rahbari tomonidan kechiktirib bo‘lmas vazifa sifatida ilgari surildi. 


15 
Sababi bog‘chalar ta’lim muassasasi vazifasini bajarish o‘rniga ota-ona ishda 
bo‘lgan vaqtda bolaga qarab turadigan muassasaga aylanib qolgani, qamrovning 
pastligi, binolarning ta’mirtalabligi, boshqa maqsadlarda ishlatilgani, metodik 
jihatdan to‘liq ta’minlanmagani, pedagoglar ijtimoiy himoyasi va maoshining 
pastligi kabi kompleks muammolarni hal etish kechiktirib bo‘lmas masala edi. 
Keyingi 20 yil davomida davlat tasarrufidagi maktabgacha ta’lim muassasalari soni 
45 foizga kamaygani, 2,45 million boladan 818 ming nafarigina bog‘chalarga 
qamrab olingani bu fikrlar isboti bo‘la oladi. Maktabgacha ta’lim muassasalari 
infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasining yaroqsiz holati bolalarni maktabgacha 
ta’lim bilan to‘liq qamrab olishni ta’minlashga imkon bermasdi. Ayrim 
mutasaddilarning sustkashligi tufayli sohani rivojlantirish bo‘yicha belgilangan 
ishlar vaqtida bajarilmagani, nodavlat bolalar bog‘chasini ochish borasidagi 
harakatlar paysalga solingani, joylardagi bog‘chalarda qurilish ishlari to‘liq 
yakuniga yetkazilmagani kabi kamchiliklar o‘z ortidan uzluksiz xatoliklarni 
ergashtirib kelardi. O‘rganish shuni ko‘rsatdiki, maktabgacha ta’limni 
boshqarishning amaldagi tizimi mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va 
bartaraf etish, shuningdek, mazkur sohani yanada rivojlantirish uchun innovatsion 
qarorlarni ishlab chiqish va joriy etish imkonini bermay qolgan edi. 
2017-yil 16-avgust kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilish maktabgacha ta’lim tizimi 
tarixida qoladigan yig‘ilish bo‘ldi. Shu kuni mamlakatimiz Prezidenti davlat milliy 
genofondini mustahkamlash borasida gapirib, ta’limning ilk bosqichini 
rivojlantirishning ko‘plab yo‘nalishlarini belgilab berdi. Xususan, maktabgacha 
ta’lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, mazkur muassasalarga bolalarni 
to‘la qamrab olish bo‘yicha muhim vazifalar qo‘yildi. 
Hayotimizda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan ta’lim-tarbiya tizimi 
haqida gapirganda, Abdulla Avloniy bobomizning dono fikrlarini takror va takror 
aytishga to‘g‘ri keladi: ta’lim-tarbiya — biz uchun hayot-mamot masalasidir, — 
dedi Prezident. — Qaysi sohani olmaylik, biz zamonaviy yetuk kadrlarni 
tarbiyalamasdan turib biror-bir o‘zgarishga, farovon hayotga erisha olmaymiz. 


16 
Bunday kadrlarni, millatning sog‘lom genofondini tayyorlash, avvalo, maktabgacha 
ta’lim tizimidan boshlanadi.
Bog‘cha tarbiyasini olgan bola bilan bog‘chaga bormagan bolani 
solishtirganda, ularning fikrlash darajasi o‘rtasida yer bilan osmoncha farq borligini 
sezish 
qiyin 
emas. 

Shuning uchun ham biz maktabgacha ta’lim tizimini qayta ko‘rib chiqish masalasini 
davlat siyosati darajasiga ko‘tarib, bu borada katta ishlarni boshladik. Agar shu ishni 
har tomonlama puxta o‘ylab amalga oshirmasak, butun ta’lim tizimida sifat 
o‘zgarishiga erishishimiz, ta’limning uzluksizligini ta’minlashimiz qiyin bo‘ladi, — 
deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev. 
BUGUN Yuqoridagi ayrimlarinigina sanaganimiz boshi bor-u oxiri 
ko‘rinmay qolgan muammolarni bartaraf etish uchun birinchi qadam sifatida 
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi. Maktabgacha 
ta’lim tizimini isloh qilishdagi mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida qabul 
qilingan Prezident qarorida keng ko‘lamli tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutildi. 
Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini 
amalga oshirish, tizimni tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, boshqaruv tuzilmasini 
tashkil etish choralari belgilandi. “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim 
vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorga muvofiq bu sohada yangi 
tizim yaratildi.
Yangi vazirlik oldiga maktabgacha ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini 
ishlab chiqish va amalga oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalari davlat va 
nodavlat tarmog‘ini kengaytirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni 
malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, maktabgacha ta’lim muassasalariga 
bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta’lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy 
ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni intellektual, 
ma’naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini 
tubdan yaxshilash vazifalari qo‘yildi, — deydi Maktabgacha ta’lim vaziri Agrepina 
Shin. 
Metodik ko‘mak qanchalik zarur? 


17 
Har qanday ta’limning asosi — metodika, jumladan, maktabgacha ta’limniki 
ham. Maktabgacha ta’limni sifat bosqichiga ko‘tarishda yangi ta’lim metodlari, 
innovatsion texnologiyalarning ahamiyati katta. Sababi MTTning moddiy-texnik 
bazasi yuqori bo‘lsa-yu, tarbiyachi bola bilan ishlamasa, unga har kuni yangi 
ma’lumotlarni o‘rgatmasa, hamma qilingan harakatlar natijasi nolga tenglashib 
qoladi. Sohadagi mutaxassislar mahoratini oshirish, ularga zaruriy metodik ko‘mak 
berish maqsadida Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta 
tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti tashkil etildi. Maktabgacha 
ta’lim sohasiga ixtisoslashgan kadrlar tayyorlash masalasiga alohida e’tibor 
qaratildi. Qabul qilinayotgan barcha-barcha qarorlarni amalga oshiradigan, 
farzandlarimizga eng zarur hayotiy tushuncha va ko‘nikmalarni o‘rgatadigan yuqori 
malakali tarbiyachilarni tayyorlash masalasi kun tartibiga chiqdi. Bu sohada 
zamonaviy talablarga javob beradigan ilg‘or pedagogik usul va uslublarni ishlab 
chiqish, o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini yaratish va nashr 
etish ham g‘oyat dolzarb vazifa edi. O‘zbekiston Respublikasining ilk va 
maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari va 
“Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat o‘quv dasturi qabul qilindi. 
Endilikda zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasalarining tarbiyachilari bolalarni 
erkin qo‘ygan holda faollik markazlarida o‘yin mashg‘ulotlari orqali yangi 
ma’lumotlarni o‘rgatmoqda. Maktabgacha ta’lim tizimida oliy ma’lumotli 
mutaxassislarga ehtiyoj esa pedagogika universitetlarida maktabgacha ta’lim 
yo‘nalishiga qabul kvotalarining oshirilishi va nomutaxassis kadrlarni qayta 
tayyorlovdan o‘tkazish evaziga to‘ldirilmoqda. Ilg‘or xorijiy tajribalar asosida 
maktabgacha ta’lim tizimidagi pedagog kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv-
reja va dasturlarni takomillashtirish, oliy ta’lim muassasalari maxsus sirtqi 
bo‘limlarining “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishi bo‘yicha 2018—2023-yillar uchun 
kvotalar ajratish masalasiga e’tibor qaratildi. — Hozirgi zamon tarbiyachisi kasbiy 
mahoratini doimiy tarzda oshirib borishi, ilg‘or pedagogik texnologiyalarning izchil 
metodlari mohiyatini to‘liq anglashi va ulardan mashg‘ulotlarida mohirona 
foydalanishi zarur. Ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni faol 
17 


18 
qo‘llash, ta’lim samaradorligini oshirish, tahlil qilish va amaliyotga joriy etish 
bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir, — deydi Maktabgacha ta’lim 
muassasalari rahbar xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish 
instituti katta o‘qituvchisi Mavluda Rustamova. — Tarbiyalanuvchilarning ongi, 
dunyoqarashini o‘stirish, ularni mashg‘ulotlarda erkin fikrlaydigan erkin 
ishtirokchiga 
aylantirish 
nihoyatda 
muhimdir. Tarbiyachi mashg‘ulotda 
boshqaruvchi, bolalar esa ishtirokchiga aylanmog‘i lozim. Ana shu vazifani 
uddalashda innovatsion faoliyat ustunligi ko‘p qirrali samara keltiradi. Maktabgacha 
ta’limda ko‘proq bolalarning yoshi, fiziologik holatini hisobga olish lozimligini 
unutmaslik kerak. Oddiy, oson va kam vaqt sarflanadigan o‘yin mashqlaridan 
foydalanib, faollik markazlarida ish olib borish yaxshi samara beradi. Ko‘proq atrof-
muhit bilan bog‘lab o‘tilgan mashg‘ulotlar bolalar ongi, dunyoqarashini, erkin 
fikrlash, bayon etish qobiliyatlarini, mustaqil ishlash ko‘nikmasini, ya’ni hayotiy 
kompetensiyasini rivojlantiradi. 
Nodavlat maktabgacha ta’lim: nimasi afzal? Ochig‘i, avvallari xususiy 
bog‘cha degan nomning o‘zi odamlarni biroz o‘zidan itarardi. Chunki davlat 
bog‘chasi bilan xususiy bog‘cha narxi o‘rtasidagi tafovut keskin farqlanar, bunday 
ta’lim muassasasiga moddiy jihatdan baquvvat oilalar farzandlari borishi kerak 
degan tushuncha shakllangan edi. Bu qarash bugun biroz bo‘lsa-da o‘zgardi. Sababi 
nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish borasida olib 
borilayotgan sa’y-harakatlar evaziga bugun yurtimizda nodavlat maktabgacha ta’lim 
tashkilotlari soni keskin ortdi. Bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalari 
tarmog‘ini kengaytirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi 
bog‘chalar qurish bo‘yicha davlat dasturi qabul qilinib, amalga oshirilmoqda. Bu esa 
tizimda sog‘lom raqobatni shakllantirish hamda ta’lim xizmatlari turini 
ko‘paytirishga xizmat qiladi. Investorlar tashkil etilayotgan maktabgacha ta’lim 
muassasalarida davlat ta’lim talablariga, sanitariya-gigiyena va boshqa normalarga 
rioya qilish, kelishuv amal qilishining butun muddati davomida faoliyat yo‘nalishini 
saqlab qolish, shuningdek, maktabgacha ta’lim xizmatini ko‘rsatish narxining 
maqbulligi va arzonligini ta’minlash uchun mas’ul bo‘lishi nazarda tutilmoqda. 


19 
Bunda investorlarga preferensiyalar, shuningdek, imtiyozli kreditlar taqdim 
etilmoqda. Nega NMTT narxida o‘zgarish ro‘y berdi? 
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim 
vazirligi va uning tizimidagi muassasalarning moddiy-texnika bazasini 
mustahkamlash hamda nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini 
qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra bo‘sh turgan binolar nol qiymatda 
tadbirkorlarga berildi, davlat-xususiy sheriklik (DXSh) shartlarida tashkil etilgan 
nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari uchun qator soliq imtiyozlari nazarda 
tutildi. Xususan, nodavlat MTM faoliyat ko‘rsatishni boshlagan paytdan boshlab 10 
yil muddatga barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy 
ajratmalardan, DXSh to‘g‘risida bitim tuzilgan kundan boshlab 2 yil muddatga — 
tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kelinadigan asbob-uskunalar, inventar, 
o‘quv qo‘llanmalari va o‘yin zonalari uchun bojxona to‘lovlaridan ozod etildi. 
Davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida faoliyat yuritadigan nodavlat 
maktabgacha ta’lim muassasalariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti 
mablag‘laridan subsidiyalar ajratilishi belgilandi. Bular narx siyosatiga ta’sir 
etmasdan qolmaydi, albatta. — Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari 
tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha qabul qilingan qator me’yoriy hujjatlar asosida 
hududda 12 ta nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi foydalanishga topshirilgan 
bo‘lsa, 115 ta davlat-xususiy sherikchilik asosidagi bog‘cha ishga tushirildi, — 
deydi Surxondaryo viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Robiya 
Kattayeva. — Shuningdek, aholiga qulaylik yaratish maqsadida tashkil etilgan 200 
dan oshiq xonadon bog‘chalar ham bolalarni maktabga tayyorlash borasidagi 
maqsadlarimizni amalga oshirishda ko‘makchi bo‘lyapti. Ayniqsa, viloyatning 
chekka hududlaridagi maktabgacha ta’lim muassasasida bolasi tarbiyalanishni 
istagan ota-onalar orzusi amalga oshyapti. Qayerga bormang: yig‘ilishgami, 
to‘ygami, ma’rakagami barcha bog‘chalar haqida gapiradi, bolalari yozish-chizishni 
o‘rganayotganini aytadi. Maktabgacha ta’limning muqobil shakllari Shu o‘rinda 
savol tug‘iladi: davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari quvvati bolalar soniga 
nisbatan kam bo‘lganda, yechimni nimada ko‘rish mumkin? Vazirlar 


20 
Mahkamasining “Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlashga 
bosqichma-bosqich o‘tish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida 2018-2019- 
o‘quv yilidan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona viloyati va 
poytaxtimizning ayrim tumanlarida bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bepul 
bir yillik tayyorlashni joriy etish tajriba loyihasi amalga oshirildi. Loyihani amalga 
oshirish uchun jami 494 ta guruh tashkil etildi. Tajriba guruhlari maktabgacha ta’lim 
muassasalariga bormaydigan bolalarga maktabgacha ta’lim va tarbiya olishda 
yordam berish, buning uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etildi. 
Guruhlar davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari, maktabgacha ta’lim 
sohasida nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarning negizida 
ochildi. — Tajriba guruhlarida 3-4 soat davomida bir yoki ikki smenada ta’lim-
tarbiya jarayoni tashkil etiladi. Bitta guruhdagi bolalar soni 30 nafardan oshmasligi 
kerak, — deydi Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi bo‘lim 
boshlig‘i Jamila Javlonova. — Tajriba guruhlari maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan 
davlat tomonidan belgilangan talablarga muvofiq bolalarni tarbiyalaydi va maktabga 
tayyorlaydi. Bunda bolalarning o‘ziga xos xususiyatlari, albatta, hisobga olinadi.
Tajriba guruhlariga 5 yoshdan oshgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga borma-
yotgan bolalar qabul qilinadi. Boshlang‘ich ta’limga majburiy yillik tayyorgarlikdan 
o‘tgan bolalarga davlat namunasidagi sertifikat beriladi. 
Maktabgacha ta’limning ushbu muqobil shakli bog‘chaga bormagan 
bolani birinchi sinfga borganida tengdoshlaridan kam bo‘lmagan darajada 
faollashtirishni ko‘zlaydigan dastur asosida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlaydi. 
Demak, bu barcha ota-onalar uchun qulay va davlat tomonidan himoyalangan ta’lim 
shaklidir. Iligi to‘q bola Tizimdagi eng og‘riqli masalalardan biri bu ovqatlanish 
bilan bog‘liqligi hech kimga sir emas. Bu yo‘nalishda Maktabgacha ta’lim vazirligi 
tomonidan bolalar haqiga xiyonat qiladiganlarga qarshi keskin chora-tadbirlar rejasi 
ishlab chiqilgani ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali kunda-
kunora tasdig‘ini topmoqda. Bunday munofiqlarni nafaqat qonun oldida jazolash, 
balki aholi o‘rtasida ham obro‘sizlantirish, bunday maqsaddagi rahbarlar sonini 
keskin kamaytirishga xizmat qiladi. Maktabgacha ta’lim muassasalariga 


21 
tadbirkorlik subyektlari bilan tegishli talablarga javob beradigan oziq-ovqat 
mahsulotlari va tayyor ovqatlarni yetkazib berish to‘g‘risida to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
shartnomalar tuzishga eksperiment tariqasida ruxsat berildi. Mazkur eksperiment 
yakunlari bo‘yicha respublikaning boshqa hududlarida davlat-xususiy sheriklik 
mexanizmlarini va maktabgacha ta’lim muassasalarida ovqatlanishni tashkil etish 
tartibi joriy etildi. — Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tadbirkorlik subyektlari 
bilan sifat talablariga va sanitariya-gigiyena me’yorlariga javob beradigan oziq-
ovqat mahsulotlari va tayyor ovqatlarni yetkazib berish bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri 
shartnomalar tuzish ishlari sinov tariqasida amalga oshirish belgilangan, — deydi 
Samarqand viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Dilfuza 
Azizova. — Hududdagi MTTlarda autsorsing xizmati asosida tarbiyalanuvchilarni 
ovqatlantirishni yo‘lga qo‘yganimizda tadbirkor muassasa oshxonasini ijaraga olib, 
sifatli va xavfsizligi ta’minlangan oziq-ovqat mahsulotlaridan sanitariya-gigiyena 
qoidalariga to‘liq rioya qilgan holda taomlar tayyorlayotgani, yarimtayyor va tayyor 
mahsulotlarni yetkazib berayotganiga guvoh bo‘ldik. Shuningdek, har bir bolaga 
individual yondashuv ularning jamoat joyida ovqatlanish madaniyatini 
shakllantiradi. Alohida oshxonalarni tashkil etish guruh xonalarining tozaligini 
saqlaydi. Tashkilot xodimlarining e’tibori bolalarning ta’lim-tarbiyasiga qaratiladi.
Maoshingiz qancha? Maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini moddiy 
rag‘batlantirishning past darajasi bolalarni tarbiyalash va har tomonlama 
rivojlantirish masalalarini professional darajada hal etishga qodir malakali muta-
xassislar bilan ta’minlay olmaslik holatiga sabab bo‘lar edi. Masalan, 1993-yilga 
qadar maktabgacha ta’lim muassasalarining tarbiyachisi va umumta’lim 
maktablarining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi mehnatiga haq to‘lash miqdori bir xil 
bo‘lgan bo‘lsa, hukumatning alohida qarorlari bilan hozirga qadar umumta’lim 
maktablari pedagog xodimlari mehnatiga haq to‘lash miqdorlari bir necha marta 
oshirilgani holda maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarining ish haqi miq-
dorlari o‘zgarishsiz qoldirilganligi hisobiga ularning o‘rtacha ish haqi miqdori 
umumta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiga nisbatan 60 foizni tashkil 
etgan, xolos. 


22 
Bu esa, o‘z navbatida, maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlari 
iste’dodi, kasb mahorati va ish faoliyatida shaxsiy hissasi namoyon bo‘lmasligiga 
hamda muassasaning pedagogik salohiyatini pasaytirishga olib kelgan.
Shu sabab maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, xodimlarning 
mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirishning munosib shart-sharoitlarini 
yaratish, yuqori malakali kadrlarni, shu jumladan, yosh bitiruvchilarni jalb etish, 
jamiyatda maktabgacha ta’lim muassasalari pedagoglarining nufuzini oshirish 
ustida ish olib borilmoqda. 
2018-yil-sentabr oyidan boshlab oliy ma’lumotga ega bo‘lgan tayyorlov 
guruhi (5 yoshdan 6-7 yoshgacha) tarbiyachisi mehnatiga haq to‘lashning bazaviy 
tarif stavkalari miqdori umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining 
bazaviy tarif stavkalari miqdoriga tenglashtirilishi belgilab qo‘yildi.
Bundan tashqari, qaror bilan maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim 
bilan qamrab olish darajasini oshirish maqsadida hamda qishloq joylardagi aholi 
turmush darajasini inobatga olib, Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod, Kasbi, 
Mirishkor, Qamashi, Chiroqchi, Nishon, Yakkabog‘ va G‘uzor tumanlarida, Buxoro 
viloyatining Olot, Shofirkon, Qorako‘l, Peshku va Romitan tumanlarida, 
Surxondaryo viloyatining Qiziriq, Muzrabot, Oltinsoy, Boysun, Qumqo‘rg‘on, 
Uzun, Sariosiyo tumanlarida joylashgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida 
2023-yilning 1-yanvarigacha ota-onalar badal to‘lovi miqdorini 50 foizga 
kamaytirish nazarda tutildi. Hukumatimiz tomonidan maktabgacha ta’lim tizimida 
mehnat qilayotgan xodimlarning moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlanishi hamda 
qishloq hududlarda bog‘chalar uchun ota-onalar to‘lovining keskin pasaytirilishi 
maktabgacha yoshdagi bolalarni bog‘chalarga qamrab olish darajasini oshirishga 
hamda maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini 
ta’minlashga xizmat qiladi. .
ERTAGA Qaror bilan belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi natijasida, 
maktabgacha ta’lim tizimi va uni rivojlantirish uchun alohida e’tibor qaratiladi, 
o‘quv-tarbiya jarayoniga o‘qitishning zamonaviy ilg‘or shakllari, yangi pedagogik 
va axborot texnologiyalari, ta’lim-tarbiyaning samarali shakl va usullari joriy etiladi, 


23 
maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi yaxshilanadi, 5-6 yoshli 
bolalarni maktabgacha ta’limga 100 foiz qamrab olish imkoniyati yaratiladi. 
Ta’limning poydevor qatlamida bunday ta’lim muhitining yaratilishi pirovardida 
erkin fikrlovchi SHAXS kamoli diqqat markazda turibdi. Zero, bugungi kunda 
MTTlarda tarbiyalanayotgan bolalarga 93 555 mingdan ziyod pedagog xodimlar 
ta’lim-tarbiya beradi. Bolaning dunyoqarashi, didi shakllanadigan davr 
maktabgacha ta’lim yoshiga to‘g‘ri keladi. Demak, bu yoshdagi barcha bolalar 
maktabgacha ta’limga qamrab olinadi. Dunyo mamlakatlarining maktabgacha 
ta’lim sohasidagi tajribalarini o‘rganish va ulardan milliy mentalitetimizni hisobga 
olgan holda foydalanish natijasida xalqaro standartlar darajasidagi maktabgacha 
ta’lim tizimi yaratiladi.

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin