―Dialektika‖ so‗zi ilk bor Sokrat (Suqrot) tomonidan qo‗llanilgan. U Dialektikani bir-biriga zid, qarama-qarshi fikrlar to‗qnashuvi orqali haqiqatni topish san‘ati deb bilgan. Geraklit ijodida Dialektika o‗zining antik davrdagi eng yorqin ko‗rinishiga ega bo‗ldi. Geraklit fikricha, Dialektika — muttasil harakatdagi olam ichki jihatdan ziddiyatli va u doimiy vujudga kelish, rivojlanish hamda tanazzulga yuz tutish — qarama-qarshiliklar birligidan iborat. Mazkur davrda Geraklit va boshqa yunon faylasuflari ta‘limotlari negizida sofistlarning salbiy tusdagi Dialektikasi vujudga keladi. Sofistlar haqiqatni borliq Dialektikasidan emas, bahslar olami, ruhiyatidan axtarib, ziddiyatli inson tafakkurini harakatga keltirdilar, oxir-oqibatda bilish faqat nisbiy, gumoniy, taxmin ekanligini e‘tirof etishgacha borib etdilar. O‗rta asrlardan 18-asrgacha Dialektika oddiy (maktabda o‗qitiladigan) mantiq ilmi sifatida tushunib kelindi. Platon Dialektikani narsalarning ideal mohiyatini bilish maqsadida tushunchalarni bo‗lak-bo‗laklarga ajratish,so‗ngbir-biribilano‗zarobog‗lashuslubidebhisoblagan.KuzalikNikolay,
J. Bruno Dialektikani qarama-qarshiliklarning mos kelishi haqidagi ta‘limot deb ta‘kidlashgan. Kantnit fikricha, Dialektika voqelikni tajriba, hissiy bilimlar orqali emas, balki sof tafakkur asosida bilishga intiladi.
Tilning malum hududdagi og‗zaki qo‗llanishidagi xususiyatlarini o‗zida aks ettirgan shakli sheva yoki dialekt (grekcha dialektas - til, nutq, sheva) deb ataladi. Katta sheva va dialektlarni lahja deb yuritiladi. Til va sheva o‗rtasidagi tafovut shartli bo‗lib, go‗yo milliy til va adabiy til o‗rtasidagi farqqa o‗xshashdir. Bu farqlanish turli hududlardagi bir tilning turli ko‗rinishidek tuyuladi
Sheva atamasi forscha so‗z bo‗lib, ovoz, til, so‗zlashish, holat, yo‗sin, ravish kabi ma‘nolarni anglatadi. Shevalar o‗zbek tilining o‗ziga xos fonetik, grammatik va leksik xususiyatlarga ega bo‗lgan kichik bir qismi bo‗lib, o‗zlarining jug‗rofiy o‗rinlari bilan bir-birlaridan ajralib turadi2.
Turkiy tillarning ilmiy o‗rganilishi o‗zbek tilshunosligi, xususan, o‗zbek dialektologiya sohasining rivoj topishda muhim o‗ringa ega. Qadimdan shevaga e‘tibor qaratilgan bo‗lib, buning ilk tarixini Mahmud Qoshg‗ariyning ―Devonu lug‗otit-turk‖, Yusuf xos Hojibning ―Qutadg‗u bilig‖ asari orqali ko‗rishimiz mumkin. Bundan tashqari, To‗nyuquq bitik toshida shevalarning qadimiy ko‗rinishi saqlanib qolgan. Masalan, ―…uduzug‗ma ulug‗i sid arti. Yig‗il, tadi, yig‗masi ban artim - bilga To‗nyuquq3. Bunday qadimiy ko‗rinishni bugungi kunda ayrim shevalar saqlab qolgan.
2 Rajabov N. O„zbek shevashunosligi. Darslik. Toshkent: O„qituvchi, 1996
3 Darvishov I. Areal tilshunoslik: janubi-g„arbiy Namangan shevalarining fonetik-fonologik xususiyatlari. Monografiya. Toshkent: Navro„z, 2019