603) davrida xorazmiy tilining turklashishi oqibatida shakllanishni boshladi va, asosan, mazkur jarayon XI asrda Saljuqiylar istilosidan keyin jadallashdi. Jarayon 1220-yili Chingizxon jangchilari bosqini oqibatida Xorazmshohlardavlati soʻnganidan keyin yakunlandi.
Plano-Karpini guvohlik berishicha, XIIIasrdanoq xorazmiylar orasida turk nutqi ustun boʻlishni boshladi. XIVasrning 1-yarmi xorazmiytilining toʻliq turkiylashishi yakuniy davri boʻldi5.
Xorazm shevasiga Oʻzbekistonning shimoli-gʻarbiy va janubi-gʻarbiy qismlaridagi, shimoli-sharqiy Eronning Xuroson viloyatidagi baʻzi shevalar va Qozogʻistonning 2 ta shevasi yaqin keladi.
A. N. Samoylovich turkumlashi boʻyicha bu shevalar xiva-oʻzbek va xiva-sart lahjalari deya taʻriflanadi va qipchoq-turkman deb nomlangan alohida guruhga kiritiladi.
XII asrda Xorazmda yashagan MahmudAz-Zamaxshariyning «Muqaddimat ul-adab» asarida XIV—XIX asrlarda xorazm-turkiy tili rivoj topgan 6000dan koʻp soʻz sanaladi6.
XV asrdan boshlab Xorazmda sovet tilshunoslari tomonidan eski oʻzbek tili deb nomlangan chigʻatoy turkiy tili adabiy til boʻladi.
Adabiy Oʻzbektilidan fonetik farqlari:
soʻz boshida „k―, „t― tovushlari oʻrniga mos ravishda „g―, „d― ishlatiladi: til — dil, tish — dish, kel — gal, kerak — garak;
„q―, „k― harflari soʻz oxirida tushirib qoldiriladi: issiq — issi, tirik — diri, xivalik — xivali;
koʻpchilik soʻzlarda „e―dan „a―ga oʻtish hollari uchraydi: men — man, sen — san, kel — gal, kes — kas, kerak — garak;
soʻzlarning oʻrin-payt kelishigi shakllarida III shaxs shaklida kelishik qoʻshimchasidan oldin „-n-― tovushi qoʻshiladi: ichinda (ichida), dishinda (tishida);
„ng― harfi ikki xilda aytiladi, ham „ng―, ham „ŋ― shakllarida: kitopiŋ (kitobing), giyiming (kiyiming).
5IbnBattuta->ПУТЕШЕСТВИЯПОЗОЛОТОЙОРДЕИСРЕДНЕЙАЗИИ->ПУБЛИКАЦИЯ1988Г. 6 Benzing,J.DaschwaresmischeSprachmaterialeinerHandschriftder“Muqaddimatal-Adab”vonZamaxšarīText. Wiesbaden, 1968; with full bibliography to date.Google Scholar