maqsad feʼlining shakli „-ali― qoʻshimchaga ega: galali (kelaylik), borali (boraylik).
Yana shunga qo‗shimcha tariqasida aytishim mumkunki, Xorazm shevasi lugʻat boyligida bir qancha oʻziga xos soʻzlar mavjud masalan:
zangi (narvon), soʻqi (oʻgir), yimirta (tuxum), qumri (musicha), burch (garmdori), qarinja (chumoli), taka (bolish), sipsa (supurgi)7.
Yoqtu
Xorazm shevasida ushbu soʻz ―yorugʻ‖ maʼnosini ifodalaydi. Mumtoz adabiyot namunalarida ham undan keng foydalanilgan. Masalan:
Iki yoqtu guhar olamga bergan, Muhabbat ganjini odamgʻa bergan. (―Muhabbatnoma‖dan).
Digʻiriq
Ushbu soʻz vohaning asosan Urganch, Xiva, Xonqa tumanlarida ―tor koʻcha‖,
―jin koʻcha‖, ―boshi berk koʻcha‖ maʼnolarida keladi. Masalan: ―Digʻiriqdan u yogʻiga yoʻl yoʻq edi‖.
Xaraz
Bu soʻz ―tegirmon‖ maʼnosida qoʻllanilib, vohaning barcha tumanlari uchun xarakterlidir. Masalan: ―Otanazar kun peshinlab un torttirgani xarazga ketdi‖.
Secha
Asosan oʻgʻuz shevasiga xos boʻlib, ―chumchuq‖ maʼnosida keladi. Vohaning Urganch, Xonqa, Xiva, Yangiariq, Qoʻshkoʻpir tumanlarida bu soʻz keng qoʻllaniladi. Masalan: ―Bola qoʻliga tosh olib ulgurmay, shoxdagi sechalar pir etib uchib ketdi‖.
Uchak
Vohada bu soʻz ―tom‖ maʼnosida qoʻllaniladi. Gurlan, Yangibozor tumanlarida esa uning muqobili sifatida ―tambash‖ soʻzidan foydalaniladi. Masalan: ―Dovul ogʻa somon tashlash uchun uchakka chiqdi‖.
Qarinja
Xorazm vohasida hozir ham qoʻllanib kelinadigan bu soʻz ―chumoli‖ maʼnosini ifodalaydi. Masalan: ―U qoʻlida oʻrmalab ketayotgan qarinjani puflab tashladi‖.