I. Nazariy qism 1.1.Cho’yan ishlab chiqarish. Zamonaviy metallurgiya kombinatlari yirik va murakkab inshoot kompleksi bo’lib, ular rudalarni boyituvchi, koks ishlab chiqaruvchi batareyalar va pechlarni qizdirilgan havo bilan uzluksiz ta'minlovchi qurilmalar, quymalar prokat mahsulotlar ishlab chiqaruvchi bo’linmalar va boshqalardan tashkil topgan. Cho’yanlarni domnalarda ishlab chiqarish texnologiyasi bilan tanishishdan oldin cho’yan ishlab chiqarishda foydalaniladigan materiallar haqida to’htab o’tamiz.
Domnalarda cho’yan ishlab chiqarishda foydalaniladigan asosiy materiallar temir rudalari, yoqilg’ilar va flyuslardan iborat bo’lib, ularning majmuasi shihta deyiladi.
Temir rudalari. Temir rudalarida temir oksidlari bilan birga turli boshqa qo’shimchalar: qum, giltuprok, silikatlar, kal’sit, shuningdek oz miqdorda S, As, va P lar uchraydi.
MDH da ko’proq tarqalgan hamda sanoatda cho’yan ishlab chiqarishda keng foydalaniladigan temir rudalari haqida ma‘lumotlar keltirilgan.
Shuni qayd etish lozimki, ba'zi temir minerallarida Fe dan tashqari oz bo’lsada Cr, Ni, W, V, Cu, Ti, Mo va boshqa metallar uchraydi. Bunday rudalar kompleks rudalar deyiladi. Bu rudalardan cho’yan olishda foydalanilsa, cho’yan xossalari yahshilanadi. Kompleks rudalarning asosiy konlari Ukrainada (Nikolsk), Gruziyada (Chiatura), Orskda va boshqa joylarda bor.
Domnalarning texnika-iqtisodiy ko’rsatkichiga rudaning kimyoviy tarkibi, fizikaviy holati va o’lchamlarining ta‘siri katta. Shu sababli rudani pechga kiritishdan avval u begona jinslardan birmuncha tozalanadi va saralanadi.
Rudalarni boyitishning asosiy usullari bilan tanishib chiqamiz.
Maydalash va saralash. Yirik rudalarni begona jinslardan saralash uchun ularni kar’yerlarni o’zidayoq turli konstruksiyali (jag’li, konusli) maydalash mashinalarida maydalab, mexanik g’alvirlarda elanib, 30 - 80 mm li bo’laklarga saralanadi.
Yuvish. Rudalarni suv bilan yuvib qum va gillardan tozalanadi. Buning uchun maydalangan rudalar tebranuvchi elakli qurilmalarga yuklanib, tagidan suv haydaladi, shunda begona suv bilan yuqoriga ko’tarilib, tashqariga chiqib ketadi, boyigan rudalar esa qurilma tagiga yig’iladi. Keyin u yerdan olinadi.