O‘zbekiston maktabgacha ta’lim tizimida xorijiy davlatlar andozasi



Yüklə 25,21 Kb.
tarix02.06.2023
ölçüsü25,21 Kb.
#124077
esse bonu


O‘zbekiston maktabgacha ta’lim tizimida xorijiy davlatlar andozasi
Maktabgacha ta‘lim tizimi uzluksiz ta’limning birlamchi, eng asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi. Ko‘p yillik ilmiy kuzatish va tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, inson o‘z umri davomida oladigan barcha informatsiyaning 70 foizini 5 yoshgacha bo‘lgan davrida olar ekan. Demak, bolalarning sog‘lom va bilimli, yetuk kadr bo‘lib voyaga yetishida maktabgacha ta‘lim va tarbiya muhim o‘rin egallaydi. Shu nuqtai-nazardan mamlakatimizda maktabgacha ta‘lim tizimini isloh qilish borasida bir qancha me‘yoriy-huquqiy asoslar ishlab chiqildi. Maktabgacha ta‘lim va tarbiyaning davlat ta‘lim standartlariga ko‘ra maktabgacha ta‘lim — maktabgacha yoshdagi bolalar qiziqishi, iqtidori, individual ruhiy va jismoniy xususiyatlari, madaniy ehtiyojlarini inobatga olgan holda hamda bolada ma‘naviy me‘yorlarning shakllanishi, hayotiy va ijtimoiy tajriba egallanishini ko‘zda tutgan har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan yaxlit jarayonhisoblanadi
O‘zbekiston Respublikasi ―Maktabgacha ta‘lim va tarbiya to‘g‘risida‖gi qonunning 34-moddasiga binaoan bolalar yoshlariga qarab guruhlarga ajratilgan. Jumladan, ilk rivojlanish guruhi (bir yoshdan uch yoshgacha), kichik guruh (uch yoshdan to‘rt yoshgacha), o‘rta guruh (to‘rt yoshdan besh yoshgacha), katta guruh (besh yoshdan olti yoshgacha), maktabga tayyorlov guruhi (olti yoshdan yetti yoshgacha). Germaniyada esa bolalarga ―nafaqa chiqqan bobo, buvilar nabiralarga qarashi kerak‖- degan tushuncha mavjud emas. Shuning uchun ota-onalar farzandlarini 4 oylikdan boshlab bog‘chaga berishga majburdirlar. Ko‘pgina nemis oilalari farzandlarini ancha erta bog‘chaga beradilar. Germaniyada maktabgacha ta‘limning 6 xil turi mavjud bo‘lib, ular bir-biridan tubdan farq qiladi va rang-barangligi bilan boshqa davlatlarnikidan ajralib turadi. Yaponiya, Italiya va Xitoy davlatida bolalar asosan 3 yoshdan bog‘chaga qabul qilinadi. Faqatgina juda majbur bo‘lgan oilalar farzandlarini bolalarga qarash markazlariga berishlari mumkin. Masalan, Yaponiyada bolalar yaslisiga (bolaga qarash markazi) bolani uch oyligidan berish mumkin, lekin bunday holat yaponlar orasida keng tarqalgan emas, chunki bunday yoshda bolani yasliga joylashtirish uchun onada juda jiddiy sabab bo‘lishi kerak. Shuningdek bunday ayol jamiyat tomonidan yaxshi ona deb baholanmaydi. Atrofdagilarning fikri esa yaponlar uchun ―eng asosiy‖ deb hisoblanadi. Yaponiyada bolalar yaslisiga faqat ota-onasi ishlaydigan bolalar qabul qilinadi. Buning uchun munitsipalitetga ota-ona ish joyidan ma‘lumotnoma va oilada boshqa bolaga qarab turuvchi oila a‘zosi yo‘qligi haqida hujjatlar taqdim etilishi kerak bo‘ladi. Mamlakatimizda esa bolalar bog‘chaga bir yoshdan qabul qilinadi. Farzandi uch yoshga to‘lmagan onalarga mehnat qonunchiligida imtiyozlar belgilangan. Davlatimiz maktabgacha ta‘lim tashkilotlariga qamrov masalasini oshirish hamda maktabgacha tayyorlovni to‘liq amalga oshirish maqsadida yangi tahrirdagi qonun hujjatlariga tegishli normalar kiritildi. Bu jarayon rivojlangan mamlakatlarda esa ancha ilgari boshlanadi. Masalan, Italiyada bolalar 3 yoshdan-6 yoshgacha maktabga tayyorlanadilar. Bu jarayon davlat bog‘chalarida va xususiy katolik bog‘chalarida amalga oshiriladi. Buyuk Britaniyada esa 1988 yilda «Ta‘lim to‘g‘risida»gi qonuni kuchga kirgan. Unda nafaqat ta‘lim standartlari, balki bolalarni maktabga qabul qilish vaqtida ruhiy rivojlanish darajasiga bazaviy baho berish ham belgilangan. Angliya, Shotlandiya va Uelsda majburiy ta‘lim 5 yoshdan, Shimoliy Irlandiyada esa 4 yoshdan boshlanadi. Shuning uchun ham majburiy ta‘limda o‘qitishni boshlash muddati Yevropada eng erta deb hisoblanadi. Singapurda ham maktabgacha ta‘lim ta‘limning boshlang‘ich bo‘g‘ini hisoblanadi. Bog‘chaga bolalar 3 yoshdan qabul qilinadi. Ikki-uch yil davomida ularga ona tili va ingliz tili, o‘qish, sanash, kuylash, rasm chizish, raqs tushish kabilar o‘rgatiladi. Singapurda davlatga qarashli bog‘chalar yo‘q. Maktabgacha ta‘lim muassasalarining barchasi xususiy bo‘lib, ayrimlarigina diniy tashkilot yoki jamg‘armalar tomonidan boshqariladi.
Uzluksiz ta‘lim tizimida xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalarini o‘rganar ekanmiz, har bir davlat o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlariga ega ekanligiga ishonch hosil qilamiz. Bu xosliklar qaysidir jihatdan o‘sha mamlakatlarning rivojlanishiga, taraqqiy etishiga ham xizmat qilganligini ko‘rishimiz mumkin. Bunga hattoki tarixning ham o‘zi guvohdir. Masalan, yaponlardagi bolalar bog‘chalarida ta‘lim dasturlari ham inobatga olingan, yozish va o‘qishdan tashqari bolalarga qo‘shiq aytish o‘rgatiladi, sport musobaqalari o‘tkazilib, muntazam sayrlarga chiqib turiladi. Ammo bular bilan bir qatorda bu tadbirlarni o‘tkazilishidan maqsad - bolada xamjihatlik, jamoada yashash hislarini rivojlantirishdan iborat. Qo‘shiq aytilsa, xor (jamoada) aytilishi kerak, yakkaxon qo‘shiqchi qo‘llanilmaydi, musobaqa o‘tkazilayotganda yoki hamma yoki guruh g‘oliblikka erishiladi, mutlaqo yakka g‘olib bo‘lmaydi. Bu yapon jamiyatini modernizatsiya qilishda qo‘lni qo‘lga berishga yo‘naltiradi. Davlat va jamiyat taraqqiyoti uchun yapon sidqi dildan xizmat qiladi. Dunyo bozorini egallagan Xitoy ham bu natijaga ta‘limni isloh qiltish bilan erishdi. Xitoy xalqi butun dunyoga o‘zining mehnatsevarligi bilan mashhur. Ikkinchi jahon urishidan so‘ng qisqa muddat ichida Xitoy mahsulotlari dunyo bozorini to‘ldirganligi buning yaqqol isbotidir. Xitoyliklar juda ham intizomli va sportsevar xalq. Albatta, farzand tarbiyasida ham bu o‘z aksini topgan. Agarda Yevropa mamlakatlarida bola tarbiyasiga asosan ota-ona mas‘ul bo‘lsa, Xitoyda bu narsa davlat zimmasidadir. Uch oydan boshlab chaqaloq bog‘chaga topshiriladi. Bir yarim yoshdan boshlab kichik xitoyliklar raqsga tushish, ashula aytish, rasm chizish, sanash va harflarni tanishga o‘rgatila boshlanadi. Bog‘chalarda tarbiya bilan birgalikda jismoniy rivojlanishga katta e‘tibor beriladi. Bolaning qiziqishlari inobatga olinib, uning iqtidorini namoyish qilishga harakat qilinadi. Boshlang‘ich sinfdanoq intizomli bo‘lish, injiqlik qilmaslik va yaxshi o‘qish talab etiladi. Itoatkorlik va «men»ni yuzaga chiqarmaslik xitoy tarbiyasining asosidir. Xitoylik bolalarda bolaligidanoq uchta asosiy fazilat: mehnat qobiliyati, intizom va kattalarga hurmat shakllantiriladi. Ularga yoshligidanoq, nima bo‘lishidan qat‘i nazar, ular eng yaxshi bo‘lishi kerakligi o‘rgatiladi. Ehtimol shuning uchun xitoyliklar fan, madaniyat va san‘atning barcha sohalarida yetakchi o‘rinlarni egallab kelmoqdalar Buyuk Britaniyadagi maktabgacha ta‘lim o‘quv rejasida nafaqat umumiy ta‘lim jarayoniga urg‘u beriladi, balki boladagi o‘qish va hisoblash kabi ko‘nikmalarga alohida ahamiyat beriladi. Bunda 4-5 yoshdagi bolalar rivojlanishning olti yo‘nalishidagi aniq ko‘nikma va bilimlari belgilandi: shaxsiyatlik; ijtimoiy-emotsional; kommunikativ; xabardorlik; matematik; jismonan; ijodiy. Maktabgacha yoshdagi bolalar ko‘p o‘ynashlari kerak, lekin adabiyot va matematikani bilish doirasidagi talablar shunchali yuqoriki, o‘yin uchun vaqt qolmaydi.
Xulosa qilib aytganda, xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalari ularning davlatlarini rivojlanishiga katta xizmat qilib kelmoqda. Xitoyliklarning ―Bir yilni ko‘zlasangiz sholi eking, ellik yilni ko‘zlasangiz daraxt eking, yuz yilni ko‘zlasangiz farzand tarbiyalang‖ degan hikmatidan bugungi kunda zamonaviy davlatlarning deyarli barchasi samarali foydalanmoqda. Shu nuqtai-nazardan, bizning mamlakat ham unib-o‘sib kelayotgan barkamol avlod ta‘lim-tarbiyasiga katta e‘tibor qaratmoqda. Bu borada kerak bo‘lsa, xorijiy davlatning ilg‘or tajribalaridan unumli foydalanish orqali milliy ta‘lim va tarbiya tizimini yanada takomillashtirish davr talabi hisoblanadi. Zero, mamlakatimiz ezgu maqsad-uchinchi Renesans davrini barpo etishni rejalashtirgan. Ana shunday ezgu maqsadlarni esa albatta bugungi kunda voyaga yetayotgan avlod amalga oshiradi. Maktabgacha ta‘lim va tarbiya esa ana shu avlodni ta‘limning birinchi bo‘g‘inidan savodli va tarbiyali bo‘lishini ta‘minlashga xizmat qilishi kerak.
Yüklə 25,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin