3c41fd8ed3ee62afcf35db36143ad8a5 Tilshunoslik nazariyasiga kirish.
So'z o'zlashtirish. Turli qabila va xalqlar qadimdan o'zaro iqtisodiy va madaniy aloqada bo'lib kelganlar. Buning natijasida bir tildan ikkinchi bir tilga ayrim so'zlar kirib o'zlashib ketgan. Dunyoda boshqa til vositalarini o'zlashtirmagan birorta "sof" til yo'q. Rus tilining lug'at tarkibidagi so'zlarning taxminan 10 foizi boshqa tillardan o'zlashtirilgan deb taxmin qilinadi. O'zbek tili lug'at tarkibida arabcha, forscha, tojikcha va internatsional so'zlarning salmog'i kattaginadir.
Boshqa tillardan qabul qilingan so'zlar tilning grammatik-lug'aviy tarkibiga hech qanday ta'sir qilmasdan o'zlashtiriladi. Ular odatda, ko'proq narsalik tushunchasini ifoda qiluvchi so'zlar bo'ladi: yangi narsalar o'zlariga xos nomlar bilan o'zlashtiriladi.
Masalan, Futbol o'yini Angliyada ko'proq tarqalgani uchun bunga xos nomlar ham inglizchadir: futbol ("oyoq o'yini" degan ma'noda), golkipr (darvozabon ma'nosida) va boshqalar. Rus tilidagi kemachilikka xos terminlarning ko'pchiligi gollandchadir: kreyser (harbiy kema ma'nosida), gazan (kemalar to'xtaydigan joy ma'nosida), grotmarsell (katta tikka turuvchi yelkan ma'nosida) va boshqalar.
Boshqa tillardan ehtiyoj natijasida qabul qilingan so'zlar tilning lug'at boyligini kengaytirib, nutq vositalarini boyitadi. Masalan, rus tilidagi велвет so'zi inglizchadan olinib, baxmalning bir turini ifoda qiladi. Inglizchada esa – bu so’z barxit (baxmal) ma'nosini bildiradi. Lekin barxit so'zi asli arabcha bo'lib, bamazin ma'nosini ifoda qiladi. “Boti” so'zi fransuz tilida etik ma'nosida ishlatilsa, fransuzchadan olingan bu so'z rus tilida ayollar kiyadigan qo'njli “etik” ma'nosini anglatadi.
Odatda, boshqa tillardan zaruriyat tufayli o'zlashtirilgan so'zlar "begona so'zlar" deb ajratilmasdan nutqda qo'llanaveradi. Masalan, paxta so'zining asli forscha-tojikcha, kanal so'zining asli lotincha ekanligini faqat tilshunoslargina tadqiqot ishlarida ajratadilar. Boshqa vaqtlarda bu so'zlar o'z so'zidek ishlatilaveradi.
Xalqlarning iqtisodiy va madaniy aloqalari fan va texnika sohasida umumiylik yuzaga kelishi natijasida tillarning lug'at boyligida internatsional elementlar vujudga kela boshladi. Keyingi davrlarda, ayniqsa XIX asrda fan va texnikaga oid terminlar qadimgi grek va lotin tillaridan o'zlashtirildi. Masalan, botanika, zoologiya, geografiya, akvarium va boshqalar.
Internatsional so'zlar boshqa tillardan ham olindi. Masalan, algebra, arsenal, almanax so'zlari arab tilidan; artist, ansambl, armiya, artilleriya so'zlari fransuz tilidan; ariya, gazeta, bank, valyuta, gvardiya so'zlari italyan tilidan; boks, miting so'zlari ingliz tilidan olingandir. Bu so'zlar hozirgi zamon tillarining hammasida umumiy internatsional fond sifatida qo'llanmoqda.
Internatsional so'zlarning ba'zilari turli tillardan olingan so'zlardan iborat. Masalan, byurokrat so'zi fransuzcha bureau (muassasa) va grekcha kratos (hokimiyat) so'zlarining qo'shilishidan hosil bo'lgan. Shu yo'l bilan troleybus so'zi ham yuzaga kelgan. Inglizcha trolley – kontaktli sim va yuqoridagi bus elementining qo'shilishidan hosil bo'lib, elektr toki bilan yuradigan shahar transporti ma'nosida qo'llanadi.
Internatsional so'zlarning bir qismi ular ifoda qilgan narsani ixtiro qilgan odamlar nomi bilan bog'liq. Masalan, amper so'zi (elektr tokining quvvatini o'lchaydigan birlik ma'nosida) italyan olimi Volt nomi bilan bog'langan.
Dunyodagi tillarning deyarli hammasida umumiy morfologik belgilari ham mavjud. Bular grekcha, lotincha -ist, -izm ka