O‘zbekiston milliy universiteti z. Z. Abdushukurova, S. Q. Zakirova, S. Sidiqov, S. Abdullaev O‘zbekiston tuproqlarining agrokimyoviy tavsifi



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə33/52
tarix19.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#185859
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   52
Ozbekistontuproq.agr.tavsifi-09.12.16

Sinov savollari:

  1. Tuproq tarkibida uchraydigan asosiy elementlar va ularning miqdori.

  2. Tuproq tarkibidagi makro va mikroelmentlar.

  3. Tuproq gumusining tarkibi nimalardan iborat?

  4. Tuproqdagi oziq elementlari va ularning roli.


5 BOB. TUPROQNING SINGDIRISH QOBILIYATI
VA SINGDIRISH SIG‘IMI
Tuproqning singdirish qobiliyati deganda uning eritmadan turli moddalarning ion va molekulalarini yutish va ushlab qolish xususiyatiga tushuniladi. Tuproq tomonidan turli tuzlarni yutilishini bir tizim tarzda o‘rganish 1850-1854 yillarda D.Ueyning ishlarida o‘z ifodasini topgan bo‘lib, keyinchalik bu masalani o‘rganishga K.K.Gedroys, G.Vigner, S.Mattsonlar o‘zlarining katta hissalarini qo‘shdilar.
K.K.Gedroys ko‘p yillik o‘tkazgan tadqiqotlarining natijalarini 1922 yilda nashr qilingan “Tuproqning singdirish qobiliyati haqida ta’limot” nomli risolasida bayon qiladi. U tuproqning singdirish qobiliyati bilan bog‘liq o‘g‘it qo‘llash masalalari, o‘simliklarning oziqlanishi va tuproqlarni kimyoviy melioratsiyalash o‘rtasida uzviy bog‘liqlik mavjudligini ilmiy asoslab beradi.


5.1. Tuproqning singdirish qobiliyati
K.K.Gedroys tuproqning singdirish qobiliyatini beshta turga bo‘lib: mexanikaviy, fizikaviy, kimyoviy, fizikaviy-kimyoviy va biologik singdirish mavjudligini uqtiradi.
1. Tuproqning mexanikaviy singdirish qobiliyati. Bu singdirishning ancha sodda ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, tuproqda mayda g‘ovaklik va nozik kapilyarlarning mavjudligi sababli sodir bo‘ladi. Tuproq ham har qanday g‘ovak jinslar kabi o‘zidan shimilib o‘tayotgan suv tarkibidagi mayda, qattiq zarrachalarni tutib qolish xususiyatiga ega. Masalan, tuproq orqali o‘tkazilgan loyqa suv tiniqlashib qoladi, bunda ilsimon zarrachalar tuproq tomonidan mexanikaviy yo‘l bilan singdiriladi.
Tuproqning mexanikaviy singdirish qobiliyati o‘g‘itlarni qo‘llashda ham o‘ziga xos ahamiyatga ega. Masalan, tuproqqa solingan suvda erimaydigan o‘g‘itlar (fosfat talqoniga o‘xshash) mexanikaviy singdirish tufayli tuproqning yuza qatlamlarida ushlanib qoladi va pastki qatlamlarga yuvilib ketishining oldi olinadi.

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin