4.3. Tuproqdagi oziq elementlarining miqdori va ularni o‘simliklar oziqlanishi uchun layoqatliligi Turli tuproq tiplari tarkibidagi organik moddalar va mineral qismining miqdori hamda tarkibi jihatidan bir-biridan farq qiladi.
4- jadval
Ayrim tuproqlarning xaydalma qatlamidagi umumiy azot, fosfor va kaliyning miqdori
Tuproqlar
N
P2O5
K2O
%
t/ ga
%
t/ga
%
t/ga
Chimli podzol qumli
0.02-0.05
0.6-1.5
0.03-0.06
0.9-1.8
0.5-0.7
15-21
Chimli podzol qumoq
0.05-0.13
1.5-4.0
0.04-0.12
1.2-3.6
1.35-2.5
45-75
Qora tuproqlar
0.2-0.5
6.0-15
0.1- 0.3
3.0-9.0
2.0-3.5
60-75
Bo‘z tuproqlar
0.05-0.15
1.5-4.5
0.08-0.2
1.6-6.0
2.5-3.0
75-90
Tuproqdagi umumiy azotning miqdori bevosita chirindi miqdoriga bog‘liq, shuningdek, kaliy miqdori asosan tuproq mineral qismining granulometrik tarkibiga bog‘liq bo‘ladi.
Ko‘pchilik tuproqlarda azot, fosfor va kaliyning umumiy zahirasi anchagina katta miqdorni tashkil qiladi. Bu ekin turi tomonidan o‘zlashtiriladigan ana shu xildagi elementlar miqdoridan bir necha o‘n baravar ko‘pdir, lekin tuproqdagi oziq moddalarning asosiy qismi o‘simliklar bevosita o‘zlashtira olmaydigan birikmalar holatida bo‘ladi. Masalan, azot chirindilar, fosfor qiyin eriydigan mineral tuzlar, kaliy erimaydigan alyumosilikatli minerallar tarkibida bo‘ladi. SHunga ko‘ra tuproqdagi oziq moddalar zahirasining samaradorligi tuproqning potensial unumdorligi bilan tavsiflanadi. Tuproqning samarali unumdorligini baholashda ya’ni ekinlardan yuqori hosil olishni ta’minlashdagi haqiqiy imkoniyatini aniqlashda, o‘simliklar tomonidan o‘zlashtirishga layoqatli oziq moddalarining miqdori muhim ahamiyatga ega.
Oziq moddalari suv va kuchsiz kislotalarda eriydigan va almashinuvchan singdirilgan holatdagina o‘simliklar oziqlanishi uchun layoqatli hisoblanadi. Tuproqdagi oziq moddalarning o‘simliklar o‘zlashtira oladigan holatga o‘tishi unda kechadigan biologik, fizikaviy- kimyoviy va kimyoviy jarayonlar ta’sirida amalga oshadi.
Turli tuproqlarda oziq moddalarni o‘simliklar o‘zlashtira oladigan holatga o‘tishi oziq moddalarini tutuvchi birikmalarning xarakteriga, iqlim sharoitlari, qo‘llaniladigan agrotexnikaviy tadbirlarning darajasiga va boshqa sabablarga bog‘liq bo‘lib, bir xil jadallikda ketmaydi. Odatda bu xildagi jarayonlar juda sust boradi va o‘zlashtirilishi mumkin bo‘lgan moddalar bilan o‘simliklarni butun vegetatsiya davrida ta’minlash hosildorlikni oshirish uchun albatta o‘g‘itlardan foydalanishga to‘g‘ri keladi.
Tuproqdagi o‘simliklar o‘zlashtira oladigan oziq moddalarning miqdori tuproq tipiga, uning madaniylashganlik darajasiga, yetishtirilayotgan ekin turiga va qo‘llaniladigan o‘g‘it miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Oziq moddalarning miqdori turli xo‘jaliklarning ekin maydonlaridagina emas, hattoki bitta xo‘jalikning turli dalalarida ham turlicha bo‘lishi mumkin. Shuning uchun tuproq tarkibidagi azot, fosfor va kaliyning xarakatchan shakllari miqdorini aniqlash tuproq unumdorligini oshirish hamda o‘g‘itlardan differensial va oqilona foydalanishda muhim ahamiyat kasb etadi.