O‘zbеkiston r



Yüklə 132,15 Kb.
səhifə2/18
tarix14.09.2023
ölçüsü132,15 Kb.
#143416
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
TJA ISHCHI TJICHAB YANGI

II. O‘quv fanning maqsadi va vazifalari.


Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarda mustaqil ravishda ishlab chiqarishiing ma'lum tarmoqlaridagi kimyoviy - texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning nazariy va amaliy masalalarini yechish, ularga tegishli turli hisob-kitob ishlarini bajara olish va ularni to‘g‘ri tanlash bo‘yicha yo‘nalish profiliga mos bilim, ko‘nikma va malakani shakllantirishdir.
Fanning vazifasi - uni o’rganuvchilarga :
-avtomatik boshqarish tizimlarining asosini belgilovchi texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishga qo‘yilgan talab darajasidan kelib chiqib avtomatik boshqarish sistemalarini (ABS) rostlagichlarni va ularning ularning parametrlarini hisob-kitob qilish;
-texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarini va ularning parametrlarini
to‘g‘ri tanlash;
-texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarining loyiha hujjatlarini
tayyorlashni o‘rgatishdan iborat.
«Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish» o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning rivojlanish tendensiyasi;
- texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarining turli ko‘rinishlari;
-texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish sohasidagi respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy isloxotlar natijalari, xududiy muammolar va fan yutuqlari haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
- texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish tizimlarining asosiy tavsiflarini hisoblashning umumiy tamoyillarini;
- rostlanuvchi ob’yektlar va ularning asosiy xossalarini;
- avtomatik rostlagichlarning optimal sozlanish parametrlarini hisoblashni;
- rostlash qonunlarini;
- texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarining statistiq va dinamik ish rejimlarini aniqlash va baxolashni;
-tizimlarning o‘tish jarayoni tavsiflarini va uzatish funksiyalarini olish va ularning sifat ko‘rsatkichlarini baxolash usullarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
-ko‘p konturli avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarini hisoblash usullaridan foydalanish;
-taklif qilinayotgan avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarini ishonchli va turg‘un ishlashiga bo‘lgan tashqi ta'sirlarni aniqlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
-tanlangan nazorat o‘lchash asboblari va avtomatlashtirishning texnik vositalari asosida funksional sxemalarini tuzish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;

Yüklə 132,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin