O'zbekiston respublik asi oliy va o'rta m axsus ta 'lim vazirligi m irzo ulug bek nom idagi o'zbekiston


Ulug' vatandoshimiz Abu Nasr Farobiy



Yüklə 3,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/112
tarix25.09.2023
ölçüsü3,6 Mb.
#148636
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   112
bekmirzayev. nutq madaniyati va notiqlik san\'ati

Ulug' vatandoshimiz Abu Nasr Farobiy 
(870-950) to'g'ri 
so'zlash, to 'g'ri mantiqiy xulosalar chiqarish, mazmundor va go'zal 
nutq tuzishda leksikologiya, grammatika va mantiqning naqadar 
ahamiyati zo'rligi haqida shunday deydi: “Qanday qilib ta'lim berish 
va ta'lim olish, fikmi qanday ifodalash, bayon etish, qanday so'rash 
va qanday javob berish (masalasi)ga kelganimizda, bu haqda bilim- 
larning eng birinchisi - jismlarga va hodisalarga ism beruvchi til 
haqidagi ilmdir deb tasdiqlayman”.
Ikkinchi ilm grammatikadir: u jismlarga berilgan nomlami qan­
day tartibga solishni hamda narsalar (substantsiya) va hodisalarning 
(aktsidentsiya) joylashishini va bundan chiqadigan natijalami ifoda- 
lovchi hikmatli so'zlami va nutqni qanday tuzishni o'rgatadi.
Uchinchi ilm mantiqdir: “ma'lum xulosalar keltirib chiqarish 
uchun logik figuralarga binoan qanday qilib darak gaplarni joylash- 
tirishni o'rgatadi. Bu xulosalar yordamida biz bilmagan narsalami 
bilib olamiz hamda nima to'g'ri, nima yolg'on ekanligi haqida hukm 
chiqaramiz” (Abu Nasr Farobiy. Risolalar. Toshkent: 1975. 54-bet).
43


Ко' rinadiki, grammatika va mantiq fanlarining nutq tuzishdagi 
ahamiyatini ikki buyuk olim ham yuksak darajada anglaganlar va 
ularga katta ahamiyat berganlar. Beruniy ham, Farobiy ham Qadimgi 
grek falsafasiga va boshqa fanlarga oid asarlardan oziqlanibgina 
qolmay, ulami to'ldirdilar, qalat o'rinlarga izoh berdilar.
Beruniy bilan zamondosh bo'lgan Abu Abdulloh al-Xoraz-
miy 
(vafoti 997 y.) ham o'zining “Mafotix-ul-ulum (Ilmiar kaiitiari) 
asarida o'sha davr notiqligining ba'zi bir masalalari, adabiyotshu- 
noslik fani istilohlari, ulaming ta'rifi haqida, shuningdek, devonxona 
ish qog'ozlari va ulaming shakllari, ishlatiladigan tlerminlar (atama- 
lar) haqida ma'lumot beradi. Asaming beshinchi bobida aruz va qofi- 
ya ilmi hamda she'riyatda ishlatiladigan badiiy tasvir vositalari, ular- 
ning fazilatlari va nuqsonlari ustida so'z boradi. Asarda aruz ilmi, 
undagi 15 bahr ko'rninishlari she'riy misollar bilan beriladi. Aruz 
ilmiga tutash qofiya ilmi, uning istilohlari ta'rif va izohlar bilan qayd 
etiladi. Asaming beshinchi bobi besh bo'linmadan tashkil topgan. 
Beshinchi bo'linma X asr O 'rta Osiyo she'riyatiga bag'ishlangan. Bu 
shuni ko'rsatadiki, X asrdayoq o'lkamizda badiiy nutq yuksak dara­
jada rivojlangan, uning nazariyasi mukammal ishlangan edi”. 
(X.Xaymllaev, R.M.Bahodirov. Abu Abdullo-al-Xorazmiy. М., 
1988. 58-bet; “O'zbek. Adabiyoti va san'ati”. 1989, 18 avgust).
So'zning qadri, undan foydalanish, kam so'zlab, ko'p ma'no 
yuklash, ravshan fikrlash kabi masalalar ustida ХП-ХШ asr mutafak- 
kirlari Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiylar ham ibratli fikrlar 
bildirganlar.
Ulug' shoir 

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin