O'zbekiston respublik asi oliy va o'rta m axsus ta 'lim vazirligi m irzo ulug bek nom idagi o'zbekiston



Yüklə 3,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/112
tarix25.09.2023
ölçüsü3,6 Mb.
#148636
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   112
bekmirzayev. nutq madaniyati va notiqlik san\'ati

Xalq kuchlandi
-
olg'a ketdi, horib ortda
49


“Mufassil al-X ilof’, “Qavosim al-Botiniya” kabi asarlari kundalik 
hayotiy muammolami hal qilishda juda asqotadi.
Yuqorida qayd etganimizdek, G'azzoliy hayoti davomida ikki 
marta o'zi haqida shubhaga borgan. Birinchisida, ukasining she'ri 
ta'sirida, o'rgangan ilmlarimning hammasida kamchiliklar ko'p bo'l- 
sa kerak, deb o'ylaydi, o'ziga mutloq haqiqatni izlay boshlaydi, haqi- 
qat yo tuyg'ularda, yo aniq bilimlarda bo'lishi mumkin, har ikka- 
lasida bo'lishi mumkin emas, degan fikrga boradi. Oldiniga haqiqat 
tuyg'ularda deb biladi, ammo tez orada tuyg'ular aldashi mumkinli- 
gini ko'radi va aniq bilimlar haq, degan xulosaga keladi, so'ng “balki 
aql ham aldar” deya taraddudga tushadi. Pirovardida esa Ollohning 
xidoyati-qalbga yorug'lik beruvchi ilmlar kabi, aniq ilmlar ham 
xaqiqat ckanligiga ishonch hosil qiladi.
G'azzoliyning ikkinchi ruxiy iztirobi 38 yoshida yuz berdi. Bir 
kuni u: “Qilayotgan barcha ilmlarim shon-shuhrat, amal-mansab
nufuz va mol-dunyo uchun emasmi?” - degan shubhaga tushadi. 
Haqiqat faqat mutasawiflaming kamtarona yashash tarzida bo'lishi 
mumkin degan xulosaga kelib, tinchini yo'qotadi. Shuning uchun u 
madrasani tark etib, faqirona hayot kechirishga o'tadi. Eyish-ichishni 
ham keskin kamaytirib, jismonan zaiflashadi.
Shunda uning shaxsiy tabiblari nima qilishlarini bilmay dovdirab 
qoladilar. Shu ahvolda u 10 yil darbadar kezadi. Bir d a f a vaziming 
so'zini inobatga olib Nishopirda ishlagan bo'Isa ham, baribir ishga 
qattiq bog'lanmaydi, tuzukkina mutasawifga aylanib, umrining 
oxiriga qadar ko'zga tashlanmay yashaydi.
G'azzoliyning falsafiy ishlari ham talaygina. Ular ichida 
“Taxafut al-falosifa» hamda “Maqosid al-foalosifa” asarlari etakchi 
o'rin egallaydi. Bularda Farobiy, Ibn Sino, Abun Xayyon at- 
Tavhidiy, “Ihvon us-safo” risolalarining ta'sirini ko'rish mumkin.
Ayni chog'da G'azzoliy “Taxafut al-flosifa” asarida Farobiyni va 
Ibn Sinoni tanqid qilib, ulami Arastu va Aflotun ta'sirida bo'lgan-
50


likda ayblagan va umuman faisafachilikka qattiq qarshi chiqqan. 
Holbuki, Farobiyning asarlari ham, G'azzoliyning “Maqosid al-falo- 
sifa” asari ham lotinchaga o'girilgan va g'arbliklarning yunon falsa- 
Fasini o'rganishlariga yordam bergan. Farobiy bilan Ibn Sinoni tan­
qid qilishdan maqsadi esa, aslida, dinning ba'zi mavzulari yanglish 
tushunilishini tuzatish uchun bo'lgan. Bu yaxshi niyatdir.
G'azzoliyning “Mukoshafat-ul qulub” (“Qalblar kashfiyoti”) 
asari haqida turk olimi va taijimoni Yamon Oriyqonning so'zlari 
diqqatga sazovor:
“Mukoshafat-ul qulub” !.. G'azzoliy necha asrlar ilgari yoqqan 
yuzlarcha mash'aladan bir donasi. Hech qachon so'nmaydigan, 
sochgan nur das talari zamon oralab so'ngsizlikka qadar to'ppa- 
to 'g 'ri oqib boradigan mash'ala. Inson nasli to oxiratgacha bor bo'l- 
ganligiga ko'ra, bu asar ham insoniyat uchun bir nur manbai bo'la- 
jak, turli azob-uqubatlar, g'am-tashvishlar va behuzurliklar ichida 
to'lg'anayotgan shaxslar, siymolar, jamiyatlar va millatlarga huzur 
va saodat yo'llarini ko'rsatajak”.
Shu bois, bu asar biz mustaqillikka erishgan sharofatli yillarda 
ham millatimizning o'zini o'zi tuzatishi uchun, boshqacha aytganda, 
o 'z baxtini o'zi yaratishi uchun, “kelajagi buyuk davlati”ni barpo 
etmog'i uchun pok, halol va to 'g 'ri yo'lni tanlashida bebaho ahami- 
yat kasb etadi. (Abu Homid G'azzoliy. “Mukoshafat-ul qulub”, 
Toshkent: “Yangi asr avlodi” nashriyoti. 2004, 3-7-betlar).

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin