O'zbekiston respublik asi oliy va o'rta m axsus ta 'lim vazirligi m irzo ulug bek nom idagi o'zbekiston



Yüklə 3,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/112
tarix25.09.2023
ölçüsü3,6 Mb.
#148636
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   112
bekmirzayev. nutq madaniyati va notiqlik san\'ati

45


Abu Homid G' azzoliy
Abu Homid Muhammad ibn Muhammad G'azzoliy 1085 yilda 
Tus viloyatida ipchi Abu Homid oilasida tavallud topdi. G'azzoliy 
uning taxallusidir.
Muhammad G' azzoliy ukasi Ahmad bilan yoshligidan otadan 
etim qoldi. Muhammad va Ahmad otasining yaqin do'sti ko'magida 
chuqur ilm olishga kirishadi. Muhammad G'azzoliy bolalikda mash- 
hur olim Ahmad Roziqoniydan fiqx darslari oladi, o'smirlikda Juijon 
shahriga borib, Abu Nasr Ismoiliydan tavhid ilmidan sabog' oladi. 
So'ng Nishopur shahrida Imom Horamayndan mazhab, rahbarlik, 
bahs, hadis usullari va mantiq ilmlarini o'rganadi, ilm-fan arbob- 
larining ta'limotlarini chuqur o'zlashtiradi. 20 yoshida sevimli va 
zukko shogird sifatida el og'ziga tushadi. Alisher Navoiy hazratlari 
“Saddi Iskandariy” dostoni muqaddimasida G'azzoliyni 
“Ko'k gum-
bazi uzra bezakli qandil”, “Falakdan turib idshilarga baxt va
tole' ulashadi” 
deya ta'riflaydi. (Alisher Navoiy. “Saddi Iskan­
dariy”. Nasriy bayoni bilan. Toshkent: G 'afur G'ulom nomidagi 
nashriyot-matbaa birlashmasi, 1991. 513-bet).
“Nasoyim ul-muhabbat” nomli asarining 439-raqamli maqolatida 
esa Navoiy uni “Hujjat ul-islom Muhammad ibn Muhammad G 'az­
zoliy Tusiy, kuniyati Abu Homid va laqabi Zaynuddindir” deya qayd 
qiladi (Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to'plami.l7-tom.249-bet).
Abu Ibrohim al-Bag'dodiy “Bag'dod tarixi” asarida yozadi: “U 
shunday kimsa ediki, bu dunyodagi ko'zlar uningday 
notiqni, 
uning- 
day zukko va oqilni ko'rmagan edi”.
Ibn Mukriy “Tuhfat ul-Irshod”da: “Uning muborak ismi bilan 
ko'kraklar masrur bo'lib ko'tarilib ketadi, nafaslar quvonchga to'la- 
di”, - deydi.
Bunchalik ko'p va yuksak baholarga sazovor bo'lgan bu inson 
kim edi?
46


Nima uchun hamma tabaqaga oid barcha insonlar uni munchalik 
alqadilar?
G'azzoliy zamondoshlarining buzg'unchilik va gunohlarini, ha- 
yotni chigallashtirgan bid'atchilami, ikkiyuzlama va badnafs zolim- 
larni ayovsiz fosh qilib, oddiy va halol mehnatkashlarning e'tirofi- 
ga etishgan, islom dinining haqiqatlarini butun insoniyatga ochib 
ko'rsatgan, shubhachili bulutlarni tarqatib yuborgan qalbi iymon 
bilan to'la ajoyib bir siymo edi. U uqtirgan ilmlar soyasida butun 
Sharq xalqlari tartibli yashashni o'rgandilar. Uning nomini tilga ol- 
gan olimlar, uning kitoblarini qo'lma-qo'l olib yozib chiqqan, 
ko'paytirgan va tarjima qilib elga tarqatgan insonlar ham hurmatga 
sazovor bo'ldilar. Uning nomi tilga olingan joyda shovqin-suronlar 
pasayib, boshlar egila boshlaydi.
G'azzoliy har sohada adolat sohibi va imomlaming imomidir. 
Uning nozik va daqiq tadqiqotlari sunnat axliga dushman bo'lgan- 
larning niqoblarini olib tashlaydi. Uning kitoblari go'zalligi va 
komilligi jihatidan quyosh nurlariga o'xshaydi. Do'stlar ham, dush- 
manlar ham uning dahosi qarshisida bosh egadilar.
Avvalo “G'azzoliy” kalimasini ko'raylik. Imom Navaviy 
“G'azzoliy" taxallusidagi “Z” ni maddali, ya'ni ikkita degan ekan, 
ammo uning o'zi “at-Tibyon“ asarida bitta “Z” bilan yozib, G'ozol -
Tus viloyatidagi bir qishloqning oti, deya izohlagan. Ibnul-Asir ham 
ikki “Z” bilan yozgan va uning taxallusini otasining kasbi bilan 
bog'lagan. G'azzoliyning otasi “g'azzol” ya'ni ipchi bo'lgan. Ana 
shu sabablarga ko'ra, turli mamlakatlarda taxallus turlicha yoziladi. 
Masalan, Turkiyada, G'azzoliy yozish rasm bo'lgan, O'zbekistonda 
esa ko'pchilik mamlakatlar qatori, qadimdan G'azzoliy yoziladi. 
G'azzoliyning ipchi otasi nihoyatda tadbirkor, uddaburon va aqlli 
kishi bo'lgan. Ammo tirikchilik taqozosi bilan ilm ololmagan, 
“uylansam bolalarimni albatta o'qitaman”, deb niyat qilgan. Ammo 
niyat boshqa, hayot boshqa - u uylanib ikki o 'g 'il ko'rganida o'lim
47


to'shagiga yotib qolgan. Olamdan ko'z yumarkan, do'stlari uni 
ko'rgani kelishganida yum-yum yig'lagan.
Bir yaqin dov sti unga:
- Menga qara, oshna, bu dunyoda faqat sen o'layotganing yo'q. 
Erta-indin biz ham ortingdan etib boramiz, namuncha ko'z yosh? -
deb uni koyigan.
- Men bunga yig'layotganim yo'q. O'g'illarimni o'qitmoqchi 
edim, orzuyim ushalmadi, - degan u.
- Armoning faqat shu bo'lsa, ulami o'qitish menga sendan 
omonat bo'lsin, men o'qitaman ulami, - deydi shunda do'sti. Ota 
olamdan o'tganda ham sadoqatli do'st omonatga xiyonat qilmadi -
bergan vadasining ustidan chiqdi: ikki o 'g 'il- Muhammad va 
Ahmadning yuksak ilm olishlariga imkon yaratdi. Keyinchalik bu 
ikki aka-uka Islom olamining ustun olimlari bo'ldilar. Imom Hora- 
mayn: “G'azzoliy - butun olamni qamragan bir dengiz, Qiyo sahrosi- 
ning telba arsloni, g'avofilni ham yoqib yuboradigan otashdir”, deb 
ta'riflagan edi. 1085 yilda, 27 yoshida Imom Horamayn vafot etgani- 
dan keyin G'azzoliy turk sultoni Alp Arslonning mashhur vaziri 
Nizomulmulk huzuriga boradi va saroyda uyushtirilgan bahslarda 
hamma olimlami engib chiqadi, mamlakatning eng nomdor Nizomi- 
ya madrasasiga bosh mudarrislikka tayinlanadi. O 'n-o'n bir yil 
ichida shuhratning eng yuksak cho'qissiga ko'tariladi, dunyoda eng 
katta muvaffaqiyat qozongan “Ihyo ulum addin” asarini yaratadi. 
Oddiy odamlargina emas, hatto vazirlar, maliklar, amirlar ham uning 
fatvolariga quloq soladilar. Muhammad G'azzoliyning ukasi Ahmad 
G'azzoliy esa uni ilm uchun kam ishlayotganlikda ayblardi. Bir kuni 
Muhammad G'azzoliy xalqqa va'z aytayotganda ukasi ichkari kirib 
keladi va so'z so'rab, shunday she'r o'qiydi:
Men Icuchlinum, xalq za if deb, xalqqa berar
bo lding quvvat,
Xalqni kuchli qilmoq uchun sarf ay lading qancha g'ay rat.
48


qolding o'z.ing,
Hidoyatga boshladingu, o'zing qolding behidoyat.
Nima bo'ldi, og'ajonim, gapim kirmas qulog'ingga,
“Aytsang hamki xalqqa shuncha go'zal o'git,
va'z - nasihat?
Ey, charx toshi! qachongacha temirlami charxlaysanu,
O'zing o'tmas bir matohsan, ko'zlaringda
yo'q basirat.
Shundan keyin Muhammad G'azzoliy o'zi haqida shubhaga 
tushadi, hech kimga hech nima demay, ishini tashlab ketadi. Faqat 
ilm bilan shug'ullanadi. Ammo bosh vazir Nizomulmulk uning qaer- 
daligidan xabar topib, undan zudlik bilan ishga qaytishini talab 
qiladi. Olim Nishopurga qaytib, yana madrasada dars bera boshlaydi. 
Ammo bu ish yana uzoqqa cho'zilmaydi. G' azzoliy qaytadan Tusga 
ketib qoladi. Atrofiga 300 talabani to'plab, xususiy darslar beradi.
Abu Homid Muhammad ibn Muhammad G'azzoliy 1111 yilda 
vafot etadi.
G'azzoliy bor-yo'g'i 53 yil umr ko'rdi. Ammo shu umri davomi- 
da 100 ga yaqin asar yozib qoldirdi. Ular Islom dinining turli tarmoq- 
lariga taaliuqli bo'lib, dalillar qamrovi jihatidan juda katta miqyosga 
ega. Tafsir, hadis, tarix, falsafa, fiqh, tasavvuf olimlari uchungina 
emas, hech qanday ilm bilan shug'ullanmaydigan oddiy insonlar 
uchun ham kerakli asarlari behisobdir. Chunonchi, faqixlar (yurist- 
lar) G'azzoliyning ’’Bosit”, “Vojib” kabi asarlaridan; tafsirchilar, 
kalom ilmining olimlari “Havoid-al-Aqoid“, “Ar-Risolat al-Qudsi- 
ya”, “Al-Iqtisod fil-e'tiqod” singari kitoblaridan; tasav-vufchilar va 
umuman barcha xaqiqat oshiqlari “Ihyo ulum ad-din” nomli buyuk 
asaridan bahramand bo'lib katta ruhiy quvonchni boshdan kechiradi- 
lar. Umuman barcha mo'min-musulmonlarga uning ’’Hujjat ul-Haq”,

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin