muallif quyidagilami yozadi: “Sana 475da boshladim”, deydi. Bu
Kaykovusning 63 yoshiga to 'g 'ri keladi. “XI asrning 82-83-yillarida
Harbiy Eron podshohining nabirasi Kaykovus ibn Iskandar o 'z o'g'li
Gilonshohga bag'ishlab “Nasihatnoma”sini yaratadi va o'sha davr
an'anasiga ko'ra, uni bobosi podshoh
Shams ul maoliy Qobus sha-
rafiga “Qobusnoma” deb ataydi (Kaykovus “Qobusnoma” O'qituv-
chi” 2006 y. 5-bet).
Qadimdan ma'lumki, Ulug' zotlar farzand tarbiyasiga jiddiy eti-
bor berganlar. Shu bois Sharqda “Kalilla va Dinrna” nomi ila .mash
hur bo'lgan “To'tinoma” (“Shukasaptati”), “Panchatantra” (“Besh
hikmat”), Yusuf Xos Hojibning “Qutadg'u bilig” (“Baxt-saodatga
boshlovchi bilim”), Muslihiddin Sadiyning “Guliston” va “Bo'ston”,
Nosiriddin Rabg'uziyning “Qissai Rabg'uziy”, Alisher Navoiyning
“Mahbubul-qulub” (“Ko'ngillarning sevgani”) kabi o'nlab
asarlar
borki, ular asrlar davomida tarbiyaviy dastur namunasi bo'lib kel-
moqda. Bunday qimmatli asarlar ajdod-avlodlarimizni halollik,
poklik, to'g'rilik, mardlik, odamiylik kabi hislatlarga chorlab kelgan.
Shular orasida Kaykovusning “Qobusnoma” asarining ham o 'z o'rni
bor. Unda bitilgan
kichik rivoyat va hikoyatlar, kitobning yanada
chiroyiga-chiroy qo'shib, kitobxon ongini charxlashga xizmat qiladi.
“Qobusnoma”ning asosiy yo'nalishi
Quroni karim suralari,
Muhammad (s.a.v) ning faoliyati va ko'rsatmalarini ifodalovchi
hadislar, hikmatli hikoyalar bilan uyg'unlashib ketadi. Aniqrog'i,
“Parvardigori olamni tanimoq zikrida”, “Payg'ambarlaming xilqati
zikrida” boblari bilan boshlanadi.
“Qobusnoma” 44 bobdan iborat bo'lib, unda Kaykovus o'zining
hayotiy tajribalari bilan o 'g 'li Gilonshohni
tarbiyalashni maqsad
qiladi. Kaykovus o'z o 'g 'liga nasihat qilar ekan,
aslo zulm otiga mi-
nmaslikka da'vat etadi (“Qobusnoma” T.O'qituvchi” 2006 y. 13 bet).
Kitobdagi barcha pand-nasihatlarini o 'g 'li uchun bebaho meros deb
Dostları ilə paylaş: