biladi. Kaykovus musiqa ilmini, adabiyot va san'atni, tabiyot fanlari- ni yaxshi egallagan olim kishi bo'lgan. O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi Subutoy Dolim ov hamda adabiyotshunos olim U lug'bek Dolimovlarning yozishicha: “Qobusnoma” asrlar mobaynida G'arb va Sharq mutafakkirlarining e'tiborlarini o 'zig a jalb etib kelgan: 1702-1705 yillarda turk tiliga, 1786-1787 yillarda Muhammad Siddiq Rashidiy tomonidan uyg'ur tiliga, 1881 yilda Qayum Nosiriy tomonidan tatar tiliga hamda XIX asrdayoq ingliz, farang, olmon, rus tillariga tarjima qilindi. 1935 yilda Tehron dorulfununining professori, atoqi adib Said Nasifiy “Qobusnoma”ni Tehronda bosmadan chiqardi. 1860 yilda “Qobusnoma” o'zbek tiliga birinchi marta Muham mad Rizo Ogahiy tomonidan (forschadan o'zbek tiliga-ta'kid bizniki N .B.) tarjima qilindi. Ogahiy tarjimasining qo'lyozm a nusxasi O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutining qo'l- yozmalar fondida va Sankt -Petrburgdagi Saltikov-Shchedrin nomli kutubxonada saqlanmoqda.9 “Qomusnoma”ning Ogahiy tomonidan qilingan tarjimasini ada biyotshunos olim Subutoy D olim ov qayta ishlab nashrga tayyorla- gan. Bu nodir asar Subutoy D olim ov tomonidan 1965, 1973 va 1986 yillarda uch marta nashr qilingan edi. 1992, 2006 yillarda esa adabi yotshunos olim U lug'bek D olim ov (Subutoy Dolim ovning o'g'illari- ta'kid bizniki N .B .) tomonidan qayta to'ldirilgan holda nashrdan chiqarildi. Mana shu so'nggi nashrdan chiqqan *‘Qomusnoma”ning ettinchi bobi “Suxandonlik bila baland martabali bo'lmoq zikri- da” deb nomlangan. Mazkur bobda Kaykovus farzandiga murojaat qilar ekan quyi-