O'zbekiston respublik asi oliy va o'rta m axsus ta 'lim vazirligi m irzo ulug bek nom idagi o'zbekiston


dek tuyuladi. Bu bayt o'lim bilan yuzma-yuz turgan odam tomonidan



Yüklə 3,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/112
tarix25.09.2023
ölçüsü3,6 Mb.
#148636
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   112
bekmirzayev. nutq madaniyati va notiqlik san\'ati

dek tuyuladi. Bu bayt o'lim bilan yuzma-yuz turgan odam tomonidan
aytilayotgan nasr bilan yozilgan tasvirda yaqqol ko'rsatilganligi
uchun Bobur qalbining o'sha paytdagi nidosi bizni larzaga soladi.
G'azalning oxirgi bayti - maqtasi yanada kuchli taassurotlar
uyg'otadi:
Ey, ko'ngil, gar Bobur ul olamni istar qilma ayb,
Tengri uchun de bu olamning safosi qoldimu?
“Bobumoma”da tasvirlangan o'ta dramatik voqealar, ulug' bir
iste'dod o 'z vatanidan judo bo'lib, o'zga yurtlarga ketishi, atrofidagi
odamlarning xoinliklari va boshqa ming xil salbiy hodisalar bu mard
67


siymoni ham jonidan to'ydirgan paytlar bo'lganligi, so'nggi baytda
yaqqol sezilib turadi.
Ayni paytda, Boburning azob-uqubatiga to'la foniy olamidan
ko'ra “ul olamni”, ya'ni bog'iy dunyoni afzal ko'rishi tasavvuf
ta'limotiga ham mos keladi.
Ko'pgina adabiyotshunoslar Bobur she'riyatida ruboiy janrini
ustun qo'yadilar. Oybek domla Bobumi turkiy ruboiyning Umar
Xayyomi deb atagani ko'pchilikka ma'lum.
Chindan ham, Bobur ruboiylaridagi mazmun va shakl mukam-
malligi: falsafiy fikr teranligi va badiiy til go'zalligi Umar Xayyom -
ning ruboiy lari bilan bemalol musobaqa qila oladi.
Ko ngli tilagan murodiga etsa kishi,
Yo barcha murodlami tark etsa kishi.
Gar bu ikkisi muyassar o'lmasa olamda.
Boshini olib bir sorig'a ketsa kishi (Bobur Tanlangan asarlar.
1958, 138-bet). Qatrada quyosh aks etganidek, bu to'rt satrda “Hind
sorig'a bosh olib ketgan” Boburning o 'z taqdiri aks etib turadi.
To'rttagina satrda ulug' bir shaxs taqdirini bo'rttirib ko'rsata olish,

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin