Kim degaylar dahr am qoldi falondin yaxshilik. G'azalning xulosaviy bayti kishini chuqur o'yga toldiradi: Yaxshilik ahli jahondan istama Bobur kibi Kim ko'ribdir, ey ko'ngil, ahli jahondin yaxshilik (O'sha kitob. 125-bet). “Jahonda yaxshilik istmaydigan odam yo'q. Nega Boburga o'x- shab yaxshilik istamaslik kerak?” Mana shu erda yana tasavvuf falsa fasi esga tushadi. Tasavvuf doim beg'araz yaxshilik qilishga unday - di. Yaxshilik qilib qo'yib, unga javoban yaxshilik kutish tasavvuf nazariyasi bo'yicha tamagirlik hisoblanadi. Demak, Bobuming ushbu g'azali chin musulmonlarcha beg'araz yaxshilik qilishga undaydi. Ayni vaqtda, “Kim ko'ribdir, ey ko'ngil, ahli jahondin yaxshilik” degan satr g'azal xulosasida takrorlanishi Bobuming ilk g'azalida shakllana boshlagan e'tiqodiga mos keladi. “Jonimdin o'zga yori vafodor topmadim. Bobur o'zingni o'rgatako'r, yorsizki, men istab jahonni. Shuncha qilib, yor topmadim” degan falsafiy xulosa umr bo'yi Bobuming esidan chiqmaydi. Chunki u o 'z davridan juda oldinga ketgan, o'z muhitidan beqiyos darajada baland turgan siymo 69
ekanligini ich-ichidan his qiladi. Shu sababli, najotni faqat tashqari- dan kutmasdan, o 'z kuchiga ham ishonishni, xudo bergan uJkan iste'- dodga suyanib yashashni doim iy e'tiqodga aylantiradi. Bu e'tiqod uning ijodini yangi bir yuksaklikka ko'targan eng zo'r omillardan biriga aylanadi. Javohirla'l Neru “Bobur dilbar shaxs, U yg'onish davrining tipik hukmdori, mard va tadbirkor siym o bo'lgan” (Javoharla'l Neru. Hindistonning kashf etilishi. M. 1955y. 272-bet) degan dono fikrini jahonda birinchi bo'lib aytgan. Bu fikm ing yangiligi shundaki, 1950