Irshod o'z notiqligining. yana bir kuchini namoyish qiladi - u to'satdan shunday kutilmagan burilish yasaydiki, hamma birdaniga ko'z yoshi aralash qah-qah soladi. Shoh Shijo' ham xaloyiq ham buyuk notiq M avlono Irshodni hurmat-ehtirom bilan kuzatib qo'yadilar. O'zbek xalqi orasida M avlono Irshodga o'xshagan notiqlar juda ko'p bo'lgan. Ulardan biri farg'onalik mashhur notiq Q ozi O 'shiy bo'lgan. U O 'sh shahrida qozilik lavozimida ishlagani uchun Qozi O 'shiy taxallusiga ega bo'lgan. U xalq o'rtasida juda katta obro'ga ega edi. Yuqoridagi asarda yozilishicha, Eronning Siiston viloyati xalqi qattiqqo'lligi bilan dong chiqargan bo'lib, hatto gadoyga ham non bermas ekan. Qozi O'shiy esa bu xalq'ning ko'ngil qidfini so'z kaliti bilan ochib yumsha- taman deydi. U Siistonga borib, bir-ikki hafta shu xalq' ichida yuradi, ularning ruhiy holatini o'rganadi. Shahar Qozisidan rux- sat olib, juma kuni masjidi Jomeda katta nutq so'zlaydi, notiq bilan baravar xalqning flg'oni falakka ko'tariladi. Siiston xalqi topgan-tutganini minbar ostiga tashlaydi. Lekin Qozi O'shiy nutqi uchun hech kimdan haq olmasHgini aytadi, buni eshitgan xalq notiqni yanada e'zozlaydi. Notiq bu xalqning xasis emas, aksincha, olijanob ekanligini, xalqning mehr xazinasini ochish uchun munosib kalit topa olish kerakligini isbot etadi. Mutaxassis notiqlarni voizlar deb ataganlar. Ularning va'z matnlari, odatda, chiroyli va badiiy yuksak saviyada bo'lgan. Nutq matnlarining aksariyati nasriy she'r va hatto, she'riy shakllarda yozilgan. O'tmish Sharq notiqlari orasida o 'z zamonasining Dem osfen va Sitseronlari juda ko'p bo'lgan. O'zbek va yunon san'atkor-mutafak-