Bobur hayoti va sulolasini chuqur bilgan, romanlar yozgan taniqli yozuvchi Primqul Qodirovning (“Til va el” T:, G'.G 'ulom nashriyoti, 2005 y.) yozishicha: “Bobur Mirzo so'z bilan jonli tasvir yaratish mahoratini mukammal egallagan adib edi. Buni o'zi ham sezardi. Shuning uchun umrining oxirida o'g 'li Humoyunga “Bobur- noma”ni tugallab taqdim etganda unga bir ruboiy ilova qiladi: Bu olam aro ajib alamlar ko'rdum, Olam elidin turfa sitamlar ko'rdim. Har kim bu vaqoyi'ni o'qir, hilgaykim, Ne ranju, ne mashaqqatu, ne g'am lar ko'rdim ” (Bobur Tanlangan asarlar. Toshkent, 1958, 153-bet. “V oq e'” - “Bobum om a”ning dastlabki nomi edi. Bobur o'z zamonida boshdan kechirgan barcha ko'rguliklarni haqqoniy tasvir- lashga
intilganining sababi bu ruboyida aniq ko'rsatilgan. U ning eng
zo'r istagi “V oq e'”ni o'qiganlar haqiqatni bilsinlar, u qilgan xatolar- ni takrorlamasinlar. “Boburnoma” ham “Temur tuzuklari” kabi avlodlarga ulkan hayotiy tajriba, sabog' va qisman vasiyat tarzida yozilgan edi. Adibning Hindistonda tartib bergan so'nggi devonida uning dastxati saqlanib qolgan. Bu dastxat bilan ikki satr she'r yozilgan: Har vaqtki ко'rgaysen mening so'zimni, So'zumni o'qib sog'ingaysan o'zumni. Ushbu satrlar bitilgan sahifa chetiga Bobur Mirzoning chevarasi Shohjahon tomonidan quyidagi sharh bitilgan: “Ushbu turkiy bayt jannatmakon Hazrat Bobur podshohning o'z qo'llari bilan bitilgan dastxatdir. Shohjahon binni Jahongir, binni Akbar, binni Humoyun, binni Bobur podshoh (S.Azimjonova. Boburning hind devoni, 1966, 38-bet.) Bu noyob sahifada biz ham Bobur Mirzoning ham Shohjahon-