xonlar to'g'risida” shunday yozadilar: “V oiz haq so'zini targ'ib qilishi, payg'ambar so'zidan chetga chiqmasligi kerak, eng avval uning o'zi haq va payg'ambar yo'liga kirishi, so'ngra esa nasihat bilan elni ham shu yo'lga solishi lozim. O 'zi yurmagan yo'lga elni boshlamoq - musofim i yo'ldan adash- tirib, biyobonga tashlamoq va sahroda uni yo'qotmoqdir. O'zi mast- ning elni xushyorlikka chaqirishi - uyquchi kishining odamlami bedorlikka da'vat etganiga o'xshash bir narsadir. Uyqusida so 'zlagan kasal odamdir, Unga quloq osgcm esa tentakdir. V a'z - murshidlar, pirlar, hushyor kishilaming ishidir va ulaming nasihatini qabul etgan maqbul kishidir. Avvalo, uning o 'zi bir yo'lga tushib olgan bo'lishi, keyin esa boshqa odamlarni o'sha tomon bosh- lab borishi kerak. Y o'lga bilmay kirgan yo'qoladi va maqsadidan boshqa erga etadi. Va'zxon shunday bo'lishi kerakki, uning majlisiga bo'sh kirgan odam to'lib chiqsin; to'la kirgan odam esa engil tortib chiqsin, xoli qaytsin. V oiz olim va halol ish ko'ruvchi bo'lsa, uning nasihatidan chetga chiqqanlar gunohkor bo'ladi. Agar u boshqalarga buyursa-yu, o 'zi qilmasa, uning so'zlari hech kimga ta'sir etmaydi va foyda keltirmaydi. O 'z yordamchilari orqali nasihat qiluvchi voiz - o 'zi qolib, shogirdini kuylatuvchi qo'shiqchi- dir (Mahub ul-qulub. 31-32-betlar). Alisher N avoiy ijodini dengizga qiyos qilish mumkin. Unda duru gavharlar behisob, biz ulug' mutafakkirlaming so'zga, nutqqa va 63
Notiqlik san'atiga qaratilgan fikrlarini yortishga harakat qildik. Bu hali hammasi emas. Mazkur mavzu katta ilmiy ishlarga manba,