199
Bozor iqtisodiyotini o’sishda davlat alohida rolь o’ynaydi va quyidagi vazifalarni bajaradi:
- Oqilona soliq siyosatini yuritish;
- Aholini ijtimoiy himoya tizimini rivojlantirish;
- Infratuzilma tarmoqlarining rivojlantirish.
Bozor munosabatlariga o’tishda mamlakatning o’ziga xos xususiyatlarini maksimal darajada
hisobga olish bilan iqtisodiyotni isloh qilishning xorij tajribasidan, o’zgarishlarning barcha
foydali iqtisodiy vositalaridan samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
14.2. Markaziy va SHarqiy Yevropa mamlakatlari.
Markaziy va SHarqiy Yevropa ittifoqiga a’zo 10 ta Markaziy Yevropa (Vengriya, Pol’sha,
CHexiya, Slovakiya ) va Janubiy SHarqiy Yevropa (Sloveniya, Bolgariya, Ruminiya), Boltiq
bo’yi (Litva, Latviya, Estoniya) hamda Yevropa ittifoqiga a’zo bo’lmagan Janubi- SHarqiy
Yevropaning 6 ta (Albaniya, Xorvatiya, Bosniya, Gertsogoviniya, Makedoniya, Serbiya va
CHernogoriya) mamlakatlari kiritiladi. Ushbu mamlakatlar iqtisodiy islohotlar jadal sur’atlarda
markazlashgan rejali, samarasiz iqtisodiy tizimdan turli mulk shakllariga, tadbirkorlik
tashabbuskorligiga erkin bozor va demokratik institutlarida asoslangan samarali bozor tizimiga
o’tish maqsadida amalga oshiriladi.
Markaziy va SHarqiy Yevropa mamlakatlaridagi iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga
quyidagi omillar ta’sir ko’rsatdi:
- islohotlarni amalga oshirishning ratsionalligi va ketma-ketligi;
- iqtisodiyot tarkibining shartlari va xarakteriga mosligi;
- rivojlangan mamlakatlarning tashqi iqtisodiy texnik yordami;
- xorijiy kapitalning roli.
Markaziy va SHarqiy Yevropa mamlakatlari ushbu omillar ta’siriga bog’liq holda
iqtisodiy jihatdan turli natijalarga erishishdi. Vengriya, Polьsha, CHexiya va Slovakiya intensiv
isloh etishga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida Bolgariya, sobiq Yugoslaviya respublikalari va
Ruminiyaga nisbatan yuqori iqtisodiy o’sishga erishdi.
Markaziy va SHarqiy Yevropa mamlakatlari Xalqaro Valyuta Fondi tomonidan taklif
etilgan quyidagi tuzilmaviy elementlarga ega islohotlar modeliga amal qilishmoqda:
Dostları ilə paylaş: