Birinchidan, G’arbiy Yevropa bozorlarining ochilishi bu mamlakatlar YaIMning barqaror
sur’atlarda o’sishini ta’minlaydi. Yevropa Ittifoqiga a’zo bo’lishga tayyorgarlik davri va undan
keyingi davrlarda Markaziy va SHarqiy Yevropa mamlakatlarida iqtisodiy o’sish sur’atlari
Yevropa Ittifoqi 15 mamlakatlari ko’rsatkichlaridan 1,7 marta yuqori bo’ldi.
Ikkinchidan, Yevropa Ittifoqiga a’zolik Markaziy va SHarqiy Yevropa mamlakatlarida
ishsizlik darajasining pasayishiga olib keldi, jumladan, ishsizlik darajasi 2003-2007 yillarda
11,3% dan 7,8%gacha pasaydi. Ushbu holatning asosiy sababi Markaziy va SHarqiy Yevropa
mamlakatlaridan G’arbiy Yevropa mamlakatlariga ishchi kuchining oqib o’tishi (3 mln. kishi)
hisoblanadi. Markaziy va SHarqiy Yevropaning ba’zi mamlakatlarida migrantlar tomonidan
jo’natiladigan pul o’tkazmalari tashqi moliyalashtirishning xorijiy investitsiyalardan keyingi
salmoqli manbasiga aylandi. Misol uchun, 2010 yilda Polьshaga 9,1 mlrd. dollar, Serbiyaga 5,5
mlrd.dollar, Ruminiyaga 4,5 mlrd,dollar miqdorida pul o’tkazmalari kirib kelgan.
27
Jahon
moliyaviy-iqtisodiy inqirozi bu mamlakatlarda ishsizlik darajasining oshishiga olib keldi. Misol
uchun, ishsizlik darajasi 2010 yilda Serbiyada 19,6%ni, Slovakiyada 14,4 %ni, Vengriyada
11,2%ni, Bolgariyada 10,3% ni tashkil etdi.
28
Uchinchidan, ushbu hududga G’arbiy Yevropa kapitalining kirib kelishi rag’batlantirildi va
Markaziy va SHarqiy Yevropa mamlakatlarida investitsiyalarning jamg’armalardan sezilarli
darajada ortib borish jarayoni yuz berdi.
To’rtinchidan, rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti bilan birlashish bu mamlakatlarda
mehnat unumdorligining jadal sur’atlarda o’sishiga olib keldi. Markaziy va SHarqiy Yevropa
mamlakatlarida ushbu Markaziy va SHarqiy Yevropa mamlakatlarida ko’rsatkichning yillik
o’sishi o’rtacha 2-3% ni tashkil etgani holda, Yevropa Ittifoqi – 15 ta mamlakatlarida bor-yo’g’i
0,75% ga teng bo’ldi.
Evropa Ittifoqiga barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlariga ega, raqobatbardosh bo’lmagan,
to’ldiruvchi xarakteridagi iqtisodiyotga ega mamlakatlarning a’zo bo’lishi Yevropa Ittifoqi – 15
mamlakatlari iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Bu holat G’arbiy Yevropaga mahsulotlar,
xizmatlar, yuqori texnologiyalarni sotish uchun yangi bozorlarning vujudga kelishi, arzon ishchi
kuchidan foydalanish imkonini yaratdi.
Hozirda Markaziy va SHarqiy Yevropa mamlakatlari dunyoning jadal sur’atlarda
rivojlanayotgan mintaqalaridan hisoblanadi. Iqtisodiy o’sish 2010 yilda 4,5%ga teng bo’ldi.
Iqtisodiy o’sish omillari tarkibida ichki iste’molning kengayishi, jumladan, sanoatda
investitsiyalarga bo’lgan talabning ortishini alohida qayd etish mumkin. Sanoatning jadal
sur’atlarda o’sishi milliy valyutalarning yevroga nisbatan past kursi bilan qo’llab –
quvvatlanayotgan eksport hajmining ortishiga olib keldi.
Markaziy va SHarqiy Yevropa mamlakatlari iqtisodiyotining tarkibi asta – sekin
postindustrial tarkibga ega bo’lib bormoqda. Jumladan, xizmatlarning ulushi YaIMga nisbatan
52-58% dan (Albaniya, Ruminiya, Makedoniya) 75% ga teng bo’ldi.
Markaziy va SHarqiy Yevropa mamlakatlari YaIMda sanoat va qurilishning ulushi hozirgi
davrda past (Janubi – SHarqiy Yevropa mamlakatlarida 20 – 30%) yoki juda yuqoriligi
(Markaziy va SHarqiy Yevropa mamlakatlarida 30 – 40%) bilan ajralib turadi. Bu holat ayrim
27
Migration and Remittances Factbook 2011. Second edition. The World Bank –
Washington, 2011.P.13.
28
Перспективы развития мировой экономики. Замедление роста, увеличение рисков. Обзор.
Сентябрь 2011. МВФ. Вашингтон, 2011 С. 82.
201
mamlakatlarda sanoatlashish jarayonining tugallanmaganligi yoki ayrimlarida esa industrial
tarkibdan postindustrial tarkibga o’tilganligidan dalolat beradi. Sanoat tarkibida an’anaviy
tarmoqlar (engil, oziq – ovqat, yoqilg’i) ulushi qisqarib, elektrotexnika, avtomobilsozlik, yuqori
texnologik tarmoqlar jadal rivojlanib, hissasi ortib bormoqda.
Evropa Ittifoqiga a’zo bo’lishdagi ijobiy omillardan biri - Markaziy va SHarqiy Yevropa
mamlakatlari bank va kredit tizimiga xorijiy kapitalni jalb etish sur’atlarining keskin ortishi
hisoblanadi.
Markaziy va SHarqiy Yevropa mamlakatlari moliya tizimi davlat xarajatlarining yuqoriligi
bilan ajralib turadi. Davlat xarajatlarining ulushi YaIMga nisbatan Ruminiya va Estoniyada
taxminan 26% ni, Bolgariya, CHexiya, Slovakiya, Polьshada 35 – 40% ni tashkil etsa, Vengriya,
Sloveniya va Xorvatiyada 40% dan oshdi