98
O’zbekistonda Toshkent telestudiyasidan tashqari Nukus, Urganch, Termiz, Namangan,
Andijon, Samarqand, Qo’qon, Farg’ona, Buxoroda viloyat telestudiyalari ishlaydi. Bundan
tashqari 30 mahalliy va tijorat studiyalari faoliyat ko’rsatadi. Rossiya, Qozog’iston,
Turkiya
teledasturlarini muntazam olib ko’rsatish, Xindiston, AQSH axborot dasturlarini qabul qilish
yo’lga qo’yilgan.
Matbuot tarqatish. Respublikada aloqa organlari matbuot nashrlarini tarqatish va
yetkazib berish ishlarini ham bajaradi. Vaqtli matbuotni tarqatishning asosiy shakli obuna bo’lib,
1991 yilga qadar gazeta va jurnallar tirajining 85% obuna yo’li bilan tarqatilgan. O’zbekistonda
aloqa vazirligi tizimida obuna bo’yicha va chakana savdo yo’li bilan vaqtli matbuot nashrlari
(mahalliy va
chet el gazeta, jurnal, xaftaliklari)ni tarqatish maorif va umuman madaniyatni
rivojlantirishda tarixan katta ahamiyatga ega bo’ldi. 1994 yil sobiq «Soyuzpechatь» respublika
boshqarmasi o’rnida ochiq tipdagi aktsiyadorlik jamiyati bo’lgan
«Matbuot tarqatish
uyushmasi» ish boshladi. Uning 12 viloyat, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahridagi
korxonalari faoliyat ko’rsatadi. Uyushma chakana savdo tarmoqlariga ham ega.
Ular vaqtli
matbuot nashrlari bilan birga kitoblar, taqvimlar,
pochta markalari, nishonlar va boshqa narsalar
ham sotadi.
Respublikada 2010 yilgacha aloqa tizimini ilg’or texnologiyalar va yechimlar bazasida
Dostları ilə paylaş: