115
tog’lik joylardagi aholi uchun uchastka kasalxonalari hamda felьdsher- akusherlik punktlari
saqlandi;
¬
shaharlarda: maslahat – diagnostik poliklinika (yoki diagnostika markazi) - shahar
kasalxonasi.
¬
Tibbiy xizmat sohasida tor mutaxassislik yo’nalishlaridan voz kechib, bosqichma-
bosqich umumiy amaliyotchi vrachlarni tayyorlashga o’tildi. Bundan maqsad, sog’liqni
saqlash tizimining boshlang’ich bo’g’inidan
ko’p sohali malakali tibbiy yordam olishni
ta’minlashdir.
Umumiy amaliyotchi vrach bu terapevt, otolaringolog, ambulatoriya sharoitida
diagnoz qo’yib og’ir bo’lmagan operatsiyalarni bajara oladigan xirurgdir.
Dasturga muvofiq
tibbiy hamshiralarni kollejlarda tayyorlanadi. Ular kollejlarda 3 yil
o’qigandan so’ng Oliy o’quv yurtiga kirishlari va xorijiy davlatlarda bo’lgani kabi oliy
ma’lumotli hamshira kasbini olishlari mumkin.
¬Respublikamizda
pullik tibbiy xizmat ko’rsatish tizimini shakllantirish ham ko’zda
tutilgan.
Bunday tibbiyot muassasalari moliyalashtirishning ikki xili negizida
shakllantiriladi. Birinchisi, xususiy moliyalashtirish. Bunda yuridik va jismoniy shaxslardan
ko’rsatilgan tibbiy xizmatlar uchun pul undiriladi.
Ikkinchisi, aralash moliyalashtirish. Bunda
sarf-xarajatlarning ma’lum qismi davlat byudjetidan ajratiladigan dotatsiyalar hisobiga
qoplanadi.
Aralash moliyalashtirish asosida faoliyat yurituvchi tibbiy muassasalar jumlasiga
kattalar va bolalarga mo’ljallangan ko’p tarmoqli kasalxonalar, ixtisoslashgan markaz va
klinikalar, sog’liqni saqlash, sanitariya, farmakologiya sohasida izlanishlar olib boruvchi, ilmiy-
tadqiqot tashkilotlari, qisman tibbiy kadrlarni tayyorlash bilan band o’quv dargohlari kiradi.
Dostları ilə paylaş: