O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi O’zbekiston respublika oliy va o’rta


mavjud. Payg’ambarimiz Muhammad Alayhissalom «rizqning o’ndan to’qqiz qismi



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə166/226
tarix22.12.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#190022
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   226
O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi-fayllar.org

mavjud.
Payg’ambarimiz Muhammad Alayhissalom «rizqning o’ndan to’qqiz qismi
tijoratdir», deb, u bilan shug’ullanishni buyurganlar. “Buyuk ipak yo’li”ning anchagina qismi
mamlakat hududidan o’tganligi tufayli tadbirkor ajdodlarimiz xorijiy davlatlar bilan savdo-sotiq
ishlarini yaxshigina rivojlantirganlar va uni xalqaro savdoda jozibador mamlakatlardan biriga
aylantirganlar.


152
Tashqi savdoning mamlakat iqtisodiyotidagi o’rnini yalpi milliy mahsulotda eksport va


importning hajmiga qarab aniqlash mumkin. Umuman olganda mamlakat iqtisodiy ahvoliga
baho berishda eksport va import o’rtasidagi nisbatni aniqlash zarurati yuzaga keladi. Ushbu
nisbat mamlakatning to’lov balansini tuzayotganda aniqlanadi. Savdo balansi to’lov balansining
tarkibiy qismi hisoblanadi. To’lov balansini umumlashtiruvchi ko’rsatkich uning salьdosi
hisoblanadi. U import va eksport orasidagi farqqa teng. Balansda importning eksportdan oshib
ketishi to’lov balansini salbiy salьdoga ega ekanligidan dalolat beradi. U tashqi savdo
defitsitiga olib keladi.
Tashqi savdoning mamlakat iqtisodiyotidagi o’rni va samaradorligiga ta’sir ko’rsatuvchi
eng muhim omil eksport va import mahsulotlarining tarkibi, ya’ni mamlakat nimani chetga
chiqaradi-yu, nimani chetdan olib kelayotganidir. CHetdan sotib olinayotgan tovarlar ichida
qayta ishlashga mo’ljallangan xom ashyoning ulushi qancha katta bo’lsa, shu mamlakat
importdan ko’riladigan naf shuncha yuqori bo’ladi. CHetga chiqarilayotgan tovarlar ichida xom
ashyoning ulushi qancha ko’p bo’lsa, shu mamlakat eksporti shuncha samarasiz bo’ladi. SHu
nuqtai nazardan O’zbekiston Respublikasining eksportida paxta tolasi ulushining yildan-yilga
kamayib borayotgani ijobiy tendentsiyadan dalolat beradi.
Xorijiy mamlakatlar bilan savdo-sotiq ishlarini rivojlantirish, eksport va importning
tarkibini takomillashtirish sohasida respublika hukumatining olib borayotgan say-harakatlari
o’zining ijobiy natijalarini bera boshladi. Bunda oziq-ovqat mahsulotlarining O’zbekiston
importidagi ulushidan ko’rsa bo’ladi.
Eng muhimi, O’zbekistonda xorijiy davlatlardan keltirilayotgan tovarlar ichida
texnologik asbob-uskuna va jihozlarning salmog’i yildan-yilga ortib bormoqda va endilikda u
jami importning yarmidan ko’prog’ini tashkil etmoqda. Gap shundaki, milliy iqtisodiyotning
taraqqiyoti va O’zbekistonning rivojlangan davlatlar qatoriga chiqishi uchun avvalambor moddiy
ishlab chiqarishni yangi texnika va texnologiyalar asosida qayta qurish talab qilinar ekan, import
tarkibining bunday o’zgarishi o’ta ijobiy holdir.
Tashqi savdoning mamlakat iqtisodiy taraqqiyotiga ta’sirini kuchaytirishning muhim
omili eksport bilan import orasidagi ijobiy salьdoga, ya’ni eksport hajmining import hajmidan
ortiqligiga erishishdir. SHuning uchun O’zbekiston davlat mustaqilligining ilk davridan boshlab
respublika hukumati mamlakatning eksport salohiyatini oshirish, eksportni har tomonlama
rag’batlantirishga katta ahamiyat berib kelmoqda. Eksportbop, raqobatbardosh mahsulotlarni
ishlab chiqaruvchilarni rag’batlantirishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar belgilangan va
amalga oshirilayapti.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin