O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi O’zbekiston respublika oliy va o’rta



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə167/226
tarix22.12.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#190022
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   226
O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi-fayllar.org

Qo’shma tadbirkorlik faoliyati iqtisodiy hamkorlikning muhim shakli sifatida keng
rivoj topib borayapti. Bunday faoliyatning keng tarqalgan turi – bu qo’shma korxonalardir. Ular
ishlab chiqarish, savdo-vositachi yo’nalishida hamda xizmat ko’rsatish va boshqa yo’nalishlarda
tuzilgan.
Qo’shma korxonalarni ochish chet el kapitalini jalb qilishning bir shakli bo’lib, u ishlab
chiqarishning texnologik darajasini oshirishni, mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish va ishchi
kuchining malakasini oshirishni ta’minlaydi.
O’zbekistonda qo’shma korxonalarni tuzish mustaqillikning dastlabki yillaridanoq
boshlangan. «Sovplastital» korxonasi, Asaka shahrida, Janubiy Koreya bilan hamkorlikda
tuzilgan «O’zDEU» avtomobil zavodi, Samarqand shahridagi «SamKochAvto» qo’shma
korxonasi, Muruntov oltin konida O’zbekiston Amerika «Zarafshon-Nьyumont», Amerikaning
Keys firmasi bilan TTZ qo’shma korxonalari tashkil topdi. Andijonda ekskavator ishlab
chiqaradigan o’zbek-rus qo’shma korxonasi, Farg’onada nemis «Salamander» firmasi bilan
birgalikda «O’zsalaman» qo’shma korxonasi, Toshkent viloyatida O’zbek-Koreys «Kabul-
Toytepa-tekstaylz» kabi yirik qo’shma korxonalari tuzildi. Eng yirik qo’shma korxonalardan
yana Kabul-O’zbek, Qizilqum tsement, O’zDEU elektroniks, AY-Selь, Uzdunrobita, DEU
tekstilь va ko’pgina boshqalar faoliyat ko’rsatishgan. Hozirda yangi qo’shma korxonalar,
jumladan “GM – O’zbekistan”, Ucell, Beeline, Korean Air, va xakozolar faoliyat
ko’rsatmoqda.


153
Erkin iqtisodiy zona (EIZ) – bu xo’jalik faoliyatini tashkil qilishning hamda mamlakat


tashqi iqtisodiy aloqalarining yangi shakli hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasining hududida
EIZlar uchun tashqi iqtisodiy faoliyatning alohida tartibi (bojxona, valyuta, soliq va boshqalar)
o’rnatilishi mumkin bo’lib, u erkin iqtisodiy zonalar to’g’risidagi qonun hujjatlari bilan tartibga
solib turiladi.
Erkin iqtisodiy zonalarni belgilash va tuzish qo’yilgan maqsadga bog’liq. Agarda
rivojlangan davlatlarda erkin iqtisodiy zonalarni tuzishdan maqsad faoliyati asosan xalqaro
savdoni rivojlantirish bo’lsa, rivojlanayotgan davlatlarda esa xom ashyoni qayta ishlashni
tashkil qilish ularning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin