O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi O’zbekiston respublika oliy va o’rta


 Tashqi iqtisodiy faoliyat va uni boshqarishni tashkil qilish



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə170/226
tarix22.12.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#190022
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   226
O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi-fayllar.org

10.3. Tashqi iqtisodiy faoliyat va uni boshqarishni tashkil qilish.


Mustaqil O’zbekistonni Tashqi bozorga chiqishi tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida 1991
yil 14 iyunda qabul qilingan qonun bilan bog’liqdir. Bu qonunda tashqi iqtisodiy faoliyatni
tashkil qilish tartibi va asosiy printsiplari belgilangan. Bu qonun tashqi iqtisodiy faoliyatni
amalga oshirishda ata rolь o’ynadi. O’zbekistonda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar
va savdo vazirligi, Respublika tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Bojxona qo’mitasi
tashkil etilishi bilan O’zbekistonda tashqi iqtisodiy kompleksni boshqarish tizimi yaratildi.
Hozirgi paytda respublikada tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish tizimi asosan
shakllangan va uning tarkibiga kirgan tashkilotlar faoliyatlari takomillashtirilmoqda.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish tizimining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
1. Respublika milliy manfaatlariga jabob beruvchi va uning jahon hamjamiyatidagi
o’rnini ta’minlovchi tashqi iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish;
2. Tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etishning qonuniy asoslarini o’rganish;
3. Mulkchilik ko’rinishining turli shakllaridan qat’iy nazar, tashqi iqtisodiy faoliyatning
barcha ishtirokchilari uchun eng yuqori samaradorlikni ta’minlash, ularning faoliyati
va manfaatlarini himoya qilish;
4. Milliy iqtisodiyotni muvaffaqiyatli isloh etish uchun tashqi iqtisodiy omildan to’liq
foydalanish.
Hozirgi kunga kelib, tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish Respublika Prezidenti, Oliy
Majlis va Respublika Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi. Ular O’zbekiston tashqi
iqtisodiy faoliyatining rivojlanish strategiyasini aniqlaydi, uning normativ bazasini ishlab chiqadi
va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning barcha ishtirokchilari harakatiga umumiy rahbarlikni va
ular ustidan nazoratni amalga oshiradi;

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin