O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi O’zbekiston respublika oliy va o’rta



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə178/226
tarix22.12.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#190022
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   226
O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi-fayllar.org

axborot tizimlari, internet, uyali aloqa orqali yanada uzviy integratsiyalashishini


ham ta’minladi.
Globallashuv dunyodagi barcha mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish
sur’atlari va yo’nalishlariga sezilarli ta’sir ko’rsatdi. Bu ishchi kuchidan
foydalanish, tovar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish, inson omiliga kapital
sarflash sohalarini keng qamrab oladi, natijada ishlab chiqarish samaradorligi
oshadi, mehnat unumdorligi o’sadi, raqobatning keskinlashish tendentsiyalari
kuchayadi.
Globallashuvning iqtisodiy jihatlari bir qancha yo’nalishlarda, xususan,
xalqaro savdo, investitsiyalar moliyaviy va texnologik globallashuvda yaqqol
namoyon bo’ladi. Aytish mumkinki, iqtisodiyotni erkinlashtirish har qanday
mamlakatning globallashuv jarayonida faol ishtirok etishi va undan yuqori
darajada manfaat ko’rishining asosiy shartlaridan biridir. Iqtisodiy erkinlik,
jamiyatning yuqori darajada demokratik fuqarolik jamiyatiga aylanishi
globallashuvning muhim ijobiy natijalaridan hisoblanadi.
Jahon iqtisodiyotidagi globallashuv O’zbekistonning xalqaro mehnat
taqsimotida qatnashishi va mintaqaviy integratsiya jarayonlarida faol bo’lishini
taqozo yetadi. CHunki, yangi shart-sharoitlar milliy iqtisodiyotning tashqi omillari
imkoniyatlaridan samarali foydalanishni, iqtisodiy o’sishning dinamiklagini
ta’minlashni, xalqaro bozor resurslarini (moliyaviy, texnologik, boshqaruv
kabilaroqilona jalb yetishni shart qilib qo’ymoqda.
Globallashuv milliy xo’jaligini qisqa davrlarda shakllantirgan va
rivojlantirayotgan O’zbekistonning istiqboldagi taraqqiyoti oldiga dolzarb va keng
qamrovli vazifalarni qo’yadi. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda jahon
iqtisodiyotining kapital va ilg’or texnologiyalar sohasidagi salohiyatidan unumli
foydalanish hamda sifatli, raqobatbardosh tovar va xizmatlarni dunyo bozoriga
taklif qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin