O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi O’zbekiston respublika oliy va o’rta



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə181/226
tarix22.12.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#190022
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   226
O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi-fayllar.org

Xalqaro iqtisodiy integratsiya jahon iqtisodiyotining uzoq tarixiy
taraqqiyoti natijasi bo’lib, bir nechta bosqichlarda rivojlandi:
Birinchi bosqichda turli mamlakatlar o’rtasida erkin savdo munosabatlari
shakllangan va bojxona cheklovlari, eksport kvotalari bekor qilingan bo’lsa;
Ikkinchi bosqichda erkin iqtisodiy zonalar shakllantirilib, bunga bir nechta
davlatlar a’zo bo’lganlar. Erkin iqtisodiy zonalarda nafaqat tovar va xizmatlar,
balki sanoat ishlab chiqarishi, bank, sug’urta xizmati va texnologiyalar savdo
sotig’ida ham erkin munosabatlarga shart-sharoit yaratilgan.
Uchinchi bosqichda a’zo mamlakatlar hududida umumiy bozor
shakllantirilib, bu amalda milliy bozorlarning o’zaro qo’shilishini bildirdi.
Umumiy bozor qoidalariga ko’ra, ishchi kuchi, kapital, tovar va xizmatlarning
milliy bozorlar o’rtasida erkin harakatlanishi ta’minlandi, davlatlar o’rtasidagi
iqtisodiy chegaralarga barham berildi. Umumiy bozor tarixan birinchi marta
Yevropada shakllantirilgan bo’lib, rasman bu bozorning barpo etilganligi 1957
yilda tasdiqlangan.
To’rtinchi bosqichda iqtisodiy va valyuta ittifoqi doirasida rivojlangan
bo’lib, bu tizimda davlatlar o’rtasida moliya, pul muomalasi va bank xizmati
sohasida integratsiyalashuv ro’y bergan. Jumladan, Yevropa Ittifoqiga a’zo 15
davlatdan 12 tasida yagona pul birligi yevro 2001 yildan to’la amal qila boshladi
va milliy pul birliklari muomaladan chiqmoqda. Hozirda Yevropa Ittifoqida
yagona soliq tizimi, milliy byudjetlar bilan yonma-yon yagona byudjet tizimi ham
joriy qilingan.
Beshinchi bosqichda davlatlar o’rtasida siyosiy butunlikni ta’minlash
tendentsiyalari kuchayib, integratsion birlashmaga a’zo davlatlar xalqaro ijtimoiy-
iqtisodiy va siyosiy jarayonlarga nisbatan yagona yondashuvini ishlab chiqadilar.
Bu keyingi o’n yillikda Yevropa Ittifoqining siyosiy tashkiliy tuzilmalari (Evropa


165
parlamenti, Yevropa komissiyasi, YeXHT kabilar) faoliyatida yaqqol namoyon


bo’layapti.
Xalqaro integratsion aloqalarning yo’lga qo’yilishi a’zo mamlakatlarning
xo’jalik yurituvchi sub’ektlari uchun moddiy, moliyaviy, mehnat, ilmiy-texnik va
innovatsion resurslardan yanada kengroq va samaraliroq foydalanish
imkoniyatlarini ham yaratadi. Bundan tashqari, milliy bozorlarning yaqinlashishi
va qo’shilib ketishi natijasida tovar ishlab chiqaruvchilari miqyos samarasidan
foydalanadilar, ijtimoiy va ekologik muammolarni birgalikda hal etish
imkoniyatlari yuzaga keladi.
Jahon iqtisodiyoti rivojidagi keyingi davrda mehnat taqsimotining yanada
chuqurlashishi, axborot almashish tezligining ortishi va ko’lamining kengayishi,
aloqa va transport xizmatlarining baynalminallashuvi integratsion aloqalarni yangi,
sifat bosqichiga olib chiqmoqda.
Hozirgi davrga kelib, jahon iqtisodiyoti milliy xo’jaliklar va mintaqaviy
integratsion birlashmalarning ma’lum ma’noda xalqaro iqtisodiy tashkilotlar,
transmilliy kompaniyalar, moliya-sanoat guruhlari hamda milliy hukumatlar
tomonidan tartibga solinadigan munosabatlari tizimidan iborat bo’lmoqda.
Iqtisodiyotning baynalminallashuvi, jahon bozorlarining shakllanishi, milliy
xo’jaliklarning bir-biriga yaqinlashishi va qo’shilib ketishi ob’ektiv tarixiy
mazmun kasb etayapti.
O’tgan asrda xalqaro iqtisodiy munosabatlar jadal rivojlandi va milliy
xo’jaliklarning taraqqiyot yo’nalishlariga jiddiy ta’sir ko’rsata boshladi. Tovar va
xizmatlar savdosi, kapital chiqarish va kiritish, ishlab chiqarish kooperatsiyasi,
ilmiy-texnika hamkorligi va ishchi kuchi migratsiyasi kabi yo’nalishlarni qamrab
olgan tashqi iqtisodiy aloqalar miqdor va sifat jihatidan keskin o’sdi, ishlab
chiqarishning mujassamlashuvi va baynalminallashuvi doirasi kengaydi. Ayniqsa,

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin