167
tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro Moliya Korporatsiyasi kabi xalqaro iqtisodiy
tashkilotlarning funktsiyalari kengaydi, ularning milliy iqtisodiyotlar
rivojlanishidagi roli oshdi.
Globallashuv jarayonining
keyigi bosqichida jahon bozori va uning
segmentlarining ahamiyati ortmoqda. Bular jahon
tovar va xizmatlar bozori,
kapital, qimmatli qog’ozlar, mehnat, axborot va texnologiyalar, ilmiy
ishlanmalar(patent va litsenziyalar), valyuta va pul-kredit bozorlaridir. Qayd
etilgan bozorlar o’zaro bog’langan va mintaqaviy hamda kontinental doirada
murakkab amal qilish tizimini tashkil etadi. Natijada ishlab chiqarish va iqtisodiy
sohadagi mehnat taqsimoti ana shu bozorlarning amal qilish
xususiyatlari va
yo’nalishlari ta’sirida chuqurlashdi.
Globallashuv jarayonidagi jadal rivojlanish tendetsiyasiga ega
yo’nalishlardan biri bu –
transmilliy kompaniyalar faoliyatining kengayishi va
milliy iqtisodiyotlar taraqqiyotidagi ta’siri kuchayganligidir.
Transmilliylanish –
bu xususiy firmalar doirasida amalga oshayotgan davlatlararo integratsiyalashish
hisoblanadi.
BMT yondoshuviga ko’ra, transmilliy
kompaniyalar maqomi quyidagi
Dostları ilə paylaş: